Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi suratlarini, ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o’sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari iqtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
· tabiiy resurslar soni va sifati;
· mehnat resurslari soni va sifati;
· asosiy kapital xajmi;
· texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
· jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruxga jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
· bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
· iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
· kredit-bank tizimi samaradorligi;
· iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o’sishi;
· eksport xajmining o’sishi;
· iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
· daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni ta`minlashdagi ekstensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo`lishi mumkin.
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni ta`minlashdagi ekstensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |