Mustaqil ish “Kitob ul idrok li-lison ul-atrok”


Download 18.5 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi18.5 Kb.
#137340
Bog'liq
Obloqulova Zilola. must.2


MUSTAQIL ISH

“Kitob ul idrok li-lison ul-atrok”da turkiy tillar leksikasiga doir malumotlarning ifodalanishi

Bajarish tartibi: “Kitob ul idrok li-lison ul-atrok” asarini o‘rganish. Lug‘atning arab va turkiy tillar xususiyatlarini o‘zida aks ettirish holatlari. So‘zlarning joylashtirilish va izohlanish usullari tahlili. Lug‘atda turkiy tillar leksikasiga doir malumotlarning ifodalanishi.

Hayyonning "Kitob ul-idrok lilison ul-atrok" ("Turkiy tillarni oʻrganish kitobi", 1313), Jamoliddin Turkiyning "Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq" ("Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob", 14— 1 5-asrlar), nomaʼlum muallifning "Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lugʻat it-turkiyya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa", 14-asr) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda "Kodeks Kumanikus" deb nom olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, "Yangi ahd"dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294 yil yaratilgan bu asarni 1880 yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan.Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors, grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.

Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na polonetskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.

Qipchoq tili — qipchoq qabilalari tili. Turkiy tillarga mansub. Umumiy dashti-qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan Yevroosiyo mintaqalarida tarqalgan boʻlgan. XIII asrdan boshlab Oltin Oʻrdada xalqaro muloqot tili boʻlgan; keyinchalik qozoq, tatar, boshqird, qorachoy-bolqor, qoʻmiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan. Qipchiq tilida Oʻrta asrlarda Kavkaz va Azovoldidan boʻlgan asir-qipchoqlarning avlodlari hisoblangan Misr mamluklari muloqot qilishni davom ettirdilar. Hozirgi paytda qipchoq qabilalari qozoq qabilalaridan biridir.
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling