Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1
Download 175.5 Kb.
|
Mustaqil ish iqtisod
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
Q adimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan malumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589512 y.) bolganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat korsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bolgan. «Avesto» boshidan oxirigacha er yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qati nazar ularning roshnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash goyasi bilan sugorilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam togrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, manaviy madaniyatlari oz aksini topgan. «Avesto»da er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan oralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi korsatilgan bolib, ulardan toqqiztasi (masalan, Sugdiyona, Margiyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan. «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Kochmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi ornini otroq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bolishi otroq yashash turmush tarzining afzalliklarini korsata bordi. Ana shu otroqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan kochmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini korsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir. «Avesto»da: « erga yaxshi, soglom uruglar sepishdan ortiq savob ish yoq » deyilib, xalq xojaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi korsatib beriladi. «Olam gozalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yolgina haqiqat bolib, qolgani sarobdir», deyiladi unda. Qoriq va boz erlarni ozlashtirish, uni jamoa ortasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini kopaytirishga ham alohida etibor berilgan. «Avesto»da er, suv, havoni bulgash, ifloslantirish ogir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vaxshiyona munosabatda bolmaslikka chorlaydi. Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na soglom baquvvat bolalarga ega boladi Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mol-kol bolsa, muqaddas sozlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu erda biz soglom avlod togrisida, iqtisodiy va madaniy, manaviy yuksalish ortasida ozaro bogliqlik mavjudligi togrisida fikr yuritilganligini koramiz. Osha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda patriarxal urug jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli malumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IXVII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, manaviy hayoti haqida goyat muhim malumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling