Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1
Qadimgi Xitoy iqtisodiy goyalari
Download 175.5 Kb.
|
Mustaqil ish iqtisod
2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy goyalari.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy goyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 479 y.) alohida orin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») toplamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini kopaytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini koproq qollaydi. Bu erda u xususiy mulkni xojalik yuritishda ustun qoyadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini korsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bolgan «oddiy» kishilar shugullanadi, deb qayd qilib otadi. Konfutsiy talimotiga kora, bilimdon hukmdor u «xalqning otasi», va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir1. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni manaviy yuksalishga davat etgan, kattalarga bolgan hurmat qoidalari togrisida, farzandlik burchi togrisida, aka-ukalar ortasidagi dostlik togrisida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy talimotidan shu narsani korish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xojalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo boladi» deb takidlangan. Xitoyda miloddan oldingi IVIII asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» goyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan bazi masalalar, garchi ular ziddiyatli bolsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid alohida boylik sifatida korilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, moddiy nematlar (tovar) etirof etiladi. Asarda korsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash olchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bolib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi togrisida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, osha erda tinchlik, osoyishtalik boladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, er egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bolgan togri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, yani ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bolgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guan-Tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda korishni xohlaganlar. Asarda er va suvlarni davlat ixtiyoriga otkazish, ulardan daromad olish yolida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham etiborga molik iqtisodiy goyalar ilgari surilgan. Guan Tszining asarlari shuni korsatadiki, vaqt va makondan otadigan taklif va talab goyalari umumiy xarakterga ega. Ular boshqa madaniyatlarga kiritilgan harbiy goyalar emas, balki hammasi institutsiya tuzumlarida korinadigan haqiqatdir. Iqtisodiy goyalarning umumiy tuzimi umuminsoniydir. Lekin, masala siyosatga kelganida Guan Tszida ham aks ettirilgan fikrlar iqtisodiy zakovotlar institutsional tizimdan mustaqil tarzda bevosita siyosiy oqibatlarga ega emas. Institutsional tizim ozgarganda siyosiy oqibatlar ham ozgaradi. Guan Tszi faol tarzda siyosatni oz zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tuzumlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va Garb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish boyicha fikrlar olish uchun murojat qilmoqdalar. Xitoy ananalariga kora, Guan Tszini organish Garbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan kora Xitoy iqtisodiyotiga yuzlanish joiz.2 Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling