Mustaqil ish mavzu: Аhlоqiy qаdriyatlаrning jаmiyat mа’nаviy hаyotidаgi oʻrni


Download 37.59 Kb.
bet2/3
Sana02.04.2023
Hajmi37.59 Kb.
#1320774
1   2   3
Bog'liq
Avazxonov Tohir falsafadan

2.Asosiy axloqiy qadriyatlar.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda
keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bogliq holda yuzaga keladi.
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruwatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik
va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik,
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1.Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga koʻra burch, or-nomus,
vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik,
rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy,
ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
- shaxsiy axloqiy qadriyatlar - kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish;
- milliy axloqiy qadriyatlar - mehmondo‘stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolar;
- mintaqaviy axloqiy qadriyatlar - do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar;
- umuminsoniy axloqiy qadriyatlar - insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bolish mumkin.
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
- axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
- axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar;
- axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyatlari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi
va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bogliq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy
merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo‘l ochdi.

Download 37.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling