Mustaqil ish mavzu: Аhlоqiy qаdriyatlаrning jаmiyat mа’nаviy hаyotidаgi oʻrni


Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi


Download 37.59 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi37.59 Kb.
#1320774
1   2   3
Bog'liq
Avazxonov Tohir falsafadan

3.Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
Kasb etikasi (odob-axloqi) - odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odobining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy talablari qadimgi Misrda paydo boʻlgan «Pxatotep o‘gitlarida» uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda paydo bolgan Gjppokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati, unga ehtiyoj avvaldan bo‘lganligi, birinchi navbatda, u kasbiy faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, ma’lum qoidalar doirasida ish yuritish, turli murakkab holat va vaziyatlarda kasbiy-insoniy nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yaratish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salohiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bolganidan dalolat beradi.Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Husayn Voiz Koshiflyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga baglshlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kоr va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin; rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, olchovdan, ya’ni tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib oladi. Sotib olish odobida esa molni halol pulga sotib olish, qalbaki, soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bolgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi» atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bogliq munosabatlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir».
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o‘z kasbiga bolgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me’yorlar majmuyi bolib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi. Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda»,
deya ta’kidlagani bejiz emas. Zero, kasbiy omilkorlik, o‘z ishini
yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’i nazar axloqiy me’yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me’yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi
u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Nazarov Q. va boshqalar Falsafa asoslari: Oʻquv qo’llanma. – Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. – 380 B.
2. Raxmatov J. Xayotga falsafiy nigoh, - Toshkent: “ITA-press”, 2017. – 380 B.

1 Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai Suite niy Axloqiy Muhsiniy. 0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. - T. 2011, - В 83.

2 Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai Suite niy Axloqiy Muhsiniy. 0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. - T. 2011, - B. 84

Download 37.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling