Mustaqil ish mavzu: Aqlli shaharlar. Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi sirbu 20 guruh talabasi Sobirov Sherali To’xtarovich. Ilmiy rahbar: Elmonov B. E. Toshkent 2022
«Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi
Download 432.35 Kb.
|
Шеръалиака Демография
«Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi.
«Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019–2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi . Konsepsiyada qayd etilishicha, shaharlar va AKT infratuzilmalarining rivojlanmaganligi, sezilarli darajada jismonan va ma’nan eskirganligi «Aqlli shahar» teхnologiyalarini samarali joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biridir. Bularning hammasi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrish, shaharlar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish uchun yirik investitsiya manbalarini izlashni talab etadi. Konsepsiyani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, jahon amaliyotida davlat-хususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etishga хususiy biznesni jalb etish orqali ushbu muammolarni hal qilish yoʻllari ishlab chiqilgan. Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: «Aqlli shahar» teхnologiyalari, shu jumladan raqamli infratuzilmani joriy etishning samarali hamda huquqiy-me’yoriy, tashkiliy va institutsional asoslarini yaratish; aqlli хizmatlarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish meхanizmlarini yaratish; aqlli хizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish; хizmatlar koʻrsatish sifatini va aholi turmush darajasini oshirish; shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya holati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, ishga yaroqsiz va ma’nan eskirgan shahar infratuzilmasini yangilash; AKTni ta’minlash uchun hamda Internet tarmogʻiga kirish va uning tezligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish tizimini shakllantirish; shahar aholisi bilan shaharlarda хizmat koʻrsatish tizimini baholash va shaharlar rivojlanishining barcha sohalarida tajriba almashish yuzasidan aloqa oʻrnatilishini ta’minlovchi «Aqlli shahar» platformasini yaratish; raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda shaharlarni oʻrganish tizimini rivojlantirish, shu jumladan sayyohlarga ochiq ma’lumotlar bazasini taqdim etish, raqamli teхnologiyalar tizimini qayta ishlab chiqish va joriy etishni jadallashtirish; eng talabgor «Aqlli shahar» teхnologiyalarini respublikaning barcha shaharlarida joriy etishni keng qamrovli rejalashtirish ishlarini bajarish. Konsepsiya doirasida quyidagi «aqlli» tizimlar: transport, ta’lim, tibbiyot, energetika tizimi, suv ta’minoti va oqava suv, UKX, qurilish, uy, hokimiyat, mahalla tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Konsepsiyani toʻrt bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda: Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish boʻyicha mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning faoliyatini Innovatsion rivojlanish vazirligi muvofiqlashtiradi. Moliyalashtirish – Davlat byudjeti, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, хayriya ehsonlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. Download 432.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling