Mustaqil ish mavzu: Asosiy vositalar auditi
Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni
Download 54.87 Kb.
|
Asosiy vositalar auditi
5. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni
hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish. Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: * sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini (miqdori va qiymati ko‘rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash; * yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish; * foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash; * soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash; * hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o‘chirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur. Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo‘lgan AV- 1 va AV-3 shakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha inventar ro‘yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi. Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq, hisobdan chiqarilish sababidan qat’i nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, o‘g‘irlanish va kamomad) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi. Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga olishda 9210 schyotning qo‘llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining moliyaviy natijalari to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish zarur. Amaliyotda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar kamsodir bo‘ladi. Shuning uchun ularni 9210 schyotda to‘liq aks ettirish, olingandaromad (ko‘rilgan zarar)ni to‘g‘ri aniqlash va hisobdan o‘chirish hamda amaldagisoliq qonunchiligiga rioya qilinishini mufassal tekshirish tavsiya etiladi. Asosiy vositalar bepul berilganda va bozordagidan past bahoda sotilganda auditor asosiy e’tiborni jismoniy shaxslarga bepul berilgan yoki sotilgan obyektlarga qaratmogi lozim. Chunki korxona bu holda daromad solig‘i ushlashi va budjetga to‘lashi lozim.Sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha (masalan, transport vositalari, komputer uskunalari va hisoblash texnikalari va boshqalarni sotish) budjetga mahalliy soliqlar to‘lanayotganligi; korxona asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda qonun bilan belgilangan barcha hollarda QQS hisoblab (debet 9210 schyot, kredit 6410 schyot) va o‘z vaqtida to‘lanayotganligini (debet 6410 schyot, kredit 5110 schyot) auditor aniqlashi zarur. Korxona asosiy vositalarni bepul berganida ham asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi ko‘chirilishi) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV - 1 shakl) bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Dalolatnomada tekinga beriladigan asosiy vositaning balans qiymati va berilayotgan paytgacha hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilib, inventar kartochkasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Dalolatnoma va ilova qilingan hujjatlar (pasport, texnik tavsifnoma, yo‘riqnoma va boshqalar) asosida guruhlovchi ro‘yxat (vedomost) tuzilib, uning yakuniga asosan asosiy vositaning balans qiymati va eskirish summasi hisobdan o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Auditor tekinga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha muomalalarni aks ettirish faqat oluvchi tashkilotdan kirim qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma (avizo) olinganidan keyin amalga oshirilganligini hamda shunga qadar bu asosiy vositalarbo‘yicha amortizatsiya hisoblash to‘xtatilmaganligini ham aniqlashi zarur. Shuningdek, auditor berilgan asosiy vositalarni qismlarga ajratish uchunqilingan xarajatlarni (debet 9210 schyot va kredit 6710, 6510 schyotlar), eskirishsummasini hisobdan o‘chirish (debet 0210-0290 schyot va kredit 9210 schyot) vanatijalarni (debet 9430 schyoti va kredit 9210 schyot agar Zarar ko‘rilsa, debet 9210 schyot va kredit 9310 schyoti agar foyda olinsa) hisobda aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligini ham tekshirishi ham kerak. Asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalarni tekshirishda, auditor avvalo tugatish haqida korxona rahbarining, davlat tashkilotlarida esa, direktor, boshmuhandis yoki yuqori tashkilotning farmoyishi hamda tuzilgan dalolatnoma (AV 3 shakl) ma’lumotlarini o‘rganadi. Download 54.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling