Mustaqil ish mavzu: Asosiy vositalar auditi


 Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish


Download 54.87 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi54.87 Kb.
#1789051
1   2   3
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi

3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan
o‘tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini
ta’minlashdan iborat. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim qiymati korxonada belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan obyektlar yoki qiymatidan qat’i nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventor va xo‘jalik ashyolari qatoriga va aksincha o‘tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatiningchegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi.Asosiy vositalarni inventor va xo‘jalik ashyolari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorliktekshiruvi chog‘ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.Auditorlik tekshiruvi chog‘ida korxonaning asosiy vositalar obyektlarigamulkiy huquqining talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish, berishshartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sotdini ro‘yxatgaolish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar
mavjudligi va harakatini tekshirish chog‘idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Chunki mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek, korxona
faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq.
Auditor tekshiruv o‘tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun
asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar
soni unchalik katta bo‘lmaganda) yoki tanlab o‘tkaziladi. Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq. Auditor O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy
vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim
xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini; tugallangan
qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri aniqlanganligi; qo‘shimcha
qurilganidan va qo‘shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi. Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o‘zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog‘liq, ammo belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar 2002-yil 1-anvardan obyektlarning dastlabki qiymatigaqo‘shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak.Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiyvositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalardastlabki qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi. Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o‘xshashmahsulotlar baholari to‘g‘risida tayyorlovchi – tashkilotlarning yozma ravishdabergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlariningqiymati to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiyvositalarni tashib keltirish bo‘yicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar hamobyekt qiymatiga qo‘shiladi.
Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet elvalutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, asosiyvositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo‘yicha
so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o‘tish vaqti to‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq bojxona to‘lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Auditor asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida
asosiy vositalar dastlabki qiymatining o‘zgarish hollari bo‘lganligiga, qanday
sabablar (qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman
tugatish) o‘zgarishga olib kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0810,
0820, 0840, 0850, 0860 va 0890-schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi
lozim. So‘nggi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar
obyektlarini qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari
rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalarto‘lig‘iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan yer uchastkalari va tabiiy foydalanish obyektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o‘tkazilganligi(indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo‘yichato‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab o‘tkazilishi va h. k.); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to‘g‘riligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o‘zgarganligi, qayta baholash natijalarining inventor kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shu kabilar.
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish o‘rganiladi (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilishnatijalarini ham tekshirishi lozim. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar iventarizatsiya ro‘yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18-shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha korxona rahbariyatining qarorini o‘rganadi.
4. Asosiy vositalar analitik hisobini tashkil etish auditi
Dastavval, auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bo‘lmasa, u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. Amaldagi tartibga ko‘ra, asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy
guruhlari va inventar obyektlari bo‘yicha, shuningdek, obyektlarning moddiy
javobgar shaxslarda turish joyi (bo‘linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va
boshqalar) bo‘yicha yuritiladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obyektbo‘yicha alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV-1 shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi obyektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbayi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablargamuvofiqligi va boshqa ma’lumotlar tekshiriladi.Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xo‘jalik inventarlari, asboblar, stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi» tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma ma’lumotlari, unga ilova qilingan passportlar, ishlatish tartibi, yo‘riqnomalar ham tekshirilishi zarur.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar raqam
berilgan bo‘lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar raqamlar binolarga,
100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha bo‘lgan raqamlar uzatish
qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar
obyektiga metall jeton bilan qoqib qo‘yilishi, o‘chmaydigan bo‘yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda elgilab qo‘yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo‘lgan jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki
hujjatlarida va hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan
so‘ng uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan
hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan bo‘lishi lozim.
Korxona buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi
bo‘yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Bu
kartochkada obyekt haqidagi barcha ma’lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati,
amortizatsiya ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd
etilgan bo‘lishi kerak. So‘ngra inventor kartochkalar ma’lumotlarining «Asosiy vositalarni hisobgaolish bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalarningtasnifiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilganligi tekshiriladi. Ro‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq
tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari
bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak.

Download 54.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling