Mustaqil ish Mavzu: Banklarning funksiyalari


Download 344.4 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi344.4 Kb.
#1566396
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish maruza

Banklarning funksiyalari

Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon
bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi.
Shu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali
holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy
adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov aylanmasi, kassaga
naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va
boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib olish,
shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida ta’kidlanadi. Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi,kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini
aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq,
ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi.
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar; banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi (Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). Banklarning funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni e’tibordan chetda qoldirish kerak
emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga
xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan
iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning xususiyatlariga xos bo‘lgan
jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo‘lgan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi
lozim. Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning funksiyasi bo‘la oladimi, degan savol tug‘iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg‘ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish faqatgina
banklarga xos bo‘lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki
boshqa yuridik shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub’ekt u yoki bu ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi holatlarda
namoyon bo‘ladi:
banklar pullarni jalb etganda o‘z pullarini emas, balki begona shaxslarning
mablag‘larini jamg‘aradi;
banklar jamg‘argan mablag‘larni o‘zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa
shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan yiroq
ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab
– quvvatlaymiz.

Download 344.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling