Mustaqil ish mavzu. Bioinformatikaning rivojlanish bosqichlari va yutuqlari. Bajardi
Download 428.53 Kb.
|
BIO MUSTAQIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2023 Reja
- Bioinformatika qayerda qo’llaniladi
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI Kompyuter injiniringi ta'lim yo'nalishi "Bioinformatika va Biomexanika" fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu. Bioinformatikaning rivojlanish bosqichlari va yutuqlari. Bajardi:211-19 guruh talabasi: Sh. O’rolov Tekshirdi: M.Maxammadiev Toshkent – 2023 Reja 1.Bioinformatika faning rivojlanish tarixi 2.Bioinformatika fanining istiqbollari 3.Bionformatika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi 4.Zamonaviy biologik tadqiqotlarda bioinformatikaning axamiyati Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib bo’ldi. Vaholanki bir necha o’n yillar avval biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki biologiya va informatika fanlarining ham o’zaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada bioinformatika fani yuzaga kelgan. Bioinformatika bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan sayin ushbu yo’nalishga oid biologik ma’lumotlar ko’lami ortib boraveradi. Bu esa ushbu ma’lumotlarni qo’lda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik ko’rsatkichlarni kompyuter unga yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bioinformatika qayerda qo’llaniladi? Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan fanlar yoki yo’nalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. Shu bois agar biolog o’z navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bo’lsa, mehnat bozorida unga bo’lgan ehtiyojning yuqori bo’lishiga va o’z navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga sabab bo’ladi. Ayni vaqtda farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika, ekologiya, filogenetika, genetika kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hattoki klassik fanlardan hisoblangan sistematika, zoologiya, botanika fanlari ham so’nggi o’n yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda. Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda. Download 428.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling