Mustaqil ish Mavzu: Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar


Download 353.27 Kb.
bet5/7
Sana05.05.2023
Hajmi353.27 Kb.
#1427644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1MUSTAQIL ISH

Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo‘lsa, 1987 yilga kelib 27%ga qadar o‘sdi. Davlat qarzlari kamayish o‘rniga o‘sib ketdi, inflyatsiyaning pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning cheklanganligi uchun o‘sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning o‘sishi, real ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.

90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.

90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.

Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish har bir davlat uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot sohasi davlatning eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Iqtisodiyot ortda qolgan sari davlat ham qashshoqlashib ketaveradi. Shunday ekan davlat iqtisodiyotda muhim rol ijro etadi. Ammo davlatning iqtisodiyotdagi roli haqida bir qancha iliq yoki sovuq qarashlar ham mavjud. Masalan, Smit nazariyasiga qaraydigan bo’lsak, Smit davlat umuman aralshmasligi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, xususiy tadbirkorlar ishlarida davlat qatnshsa, faqatgina ularga zarar olib keladi deb hisoblaydi. Shundagina ishlab chiqruvchilar erkinlikda xohlaganidek zaruriy narsalarni ishlab chiqarib foyda ko’proq olishadi deb o’ylaydi. Aksincha, Keyns nazariyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu nazariyada davlat tartib solish vositalaridan foydalangan holda jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan ta’minlanishi kerakligini aytib o’tadi. Ayniqsa urushdan keyin Keyns nazariyasi haqiqatga yaqinlashib boraverdi. Davlatning iqtisodiyotdagi roli oshib boraverdi. Darhaqiqat, mening fikrimcha ham davlat iqtisodiyotda muhim rol sifatida qatnashishi va uni har doim tartibga solib turishi, uni rivojlantirish uchun nima qilish kerak bo’lsa, barchasini qilishi kerak deb o’ylayman.


Download 353.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling