Mustaqil ish Mavzu: Duradgorlik Bajardi: Qabul qildi: Duradgorlik
Download 19.46 Kb.
|
duradgorlik
Mustaqil ish Mavzu: Duradgorlik Bajardi: _________________________ Qabul qildi: ______________________ Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. D. uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. D. bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (q. Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil. D. hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar D. ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori D.ning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari D. kasbining ancha murakkablashganini, D. buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash] D.ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda D. hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida D. tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va D.ning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi. Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, hari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga D.ning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi. Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora D.ning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. D.ning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi. Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchiD. ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang , doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi D. kasblari paydo boʻldi. D. tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur. Oʻzbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch, Xiva, Panjikent va b. shaharlardagi 9—12-a.larga oid koʻhna yodgorliklarda ishlatilgan yogʻoch materiallardan D. meʼmorlikning ajralmas qismi boʻlganligini koʻrish mumkin. Bu davrga oid oʻymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qurʼon oyatlari va sheʼriy misralar bilan bezatilgan. 14—15-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda) D. tarmoklarining yanada mukammallashgani koʻrinadi. D. uslublarida yogochlarni yoʻnish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va sillikligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning oʻrtalarigacha oʻzbek ustalari anʼanaviy D.ni davom ettirdilar, uning baʼzi tarmoqlarini shakllan-tirdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlaridan oʻzbek duradgorligi Yevropa va rus D. elementlari bilan boyidi. D. mahsu-lotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo boʻldi. Sobiq Ittifoq davrida D.ning oʻzbek xalqiga xos anʼanaviy tarmoklari (aravasozlik, be-shiksozlik, egarsozlik va b.) oʻrniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va b.) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xoʻjalik jihozlari yasash kabi tarmoklar rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻzbek xalqining anʼanaviy D. uslublari qayta tiklanib, qadimiy D. uslublari yangidan rivojlanmoqda. D.da Oʻzbekistondagi har viloyatning oʻziga xos anʼanalari va uslublari qayta tiklanmoqda. DURADGORLIK, YOG'OCHSOZLIK SAN'ATI Duradgorlik xunarmandchilikning eng qadimgi turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur xar xil buyumlar duradgor ustalri yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidliy jamiyatda tosh asboblar qatori duradgorlikning ibtidoiy buyumlari qo'llanilgan. O'lkamizda metaldan yasalgan uy – ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarilgunga qadar ya'ni XX asr boshlarida o'zbek xonadonlarida ayniqsa shahar chetlaridagi xonadonlarda yog'ochdan yasalgan buyumlardan foydalanib kelishgan. Bu yog'och buyumlarni yog'och ishi bilan shug'ullanuvchi xunarmandlar tayyorlaganlar. yog'och buyumlar qattiq yog'ochlardan ya'ni tut, yong'oq, jiyda, chinor, qayrag'och, tol, terak, eman, qarag'ay, arg'uvon, olcha, olma, o'rik, nok va boshqa daraxt taxtalari. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida duradgorlik tarmoqlarining xar biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Duradgorlikning bir necha ming yillik taraqqiyoti, uning ba'zi tarmoqlarining san'at darajasiga o'sib chiqishini ta'minladi. Duradgorlik tarixda o'zbek o'ymakorlik ishlari bilan mashxurdir. Duradgorlik uslublarida yog'ochlarni yo'nish, ularga ishlov berishda muayyan kompozisiya asosida ularni birlashtirishda, detallarni aniq, ixcham va silliqlgida davr ruxi aks etadi. 19 asrning o'rtalarigacha o'zbek ustalari an'anaviy duradgorlikni davom ettirdilar, uning ba'zi tarmoqlarini shakllantirdilar. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida o'zbek duradgorligi Yevropa va Rus duradgorlik elementlari bilan boyidi. Duradgorlik bilan shug'ullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling