Mustaqil ish mavzu: Eron ahamoniylari tangalari Bajardi: Avazxonov Tohir Qabul qildi: O‘tanov Xurshid Toshkent 2023 Reja


Ahamoniylarning harbiy yurishlari


Download 44.16 Kb.
bet4/5
Sana09.02.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1181740
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eron ahamoniylari tangalari

3.Ahamoniylarning harbiy yurishlari.
Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalariga kelib, Ahamoniylar podshosi Kir II Bobil O‘rta Osiyo hududidagi davlat va viloyatlarni Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona va boshqalar va Misrni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Qadimgi dunyo muallifi Gerodot, Ksenofont malumotlariga ko‘ra, miloddan avvalgi 545 - 539-yiliarda Kir II Sharqiy Eron viloyatlari va O‘rta Osiyodagi Xorazm, Baqtriya va sak qabilalarini o‘ziga bo‘ysundiradi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki Kir II O‘rta Osiyoni qay tarzda bosib olganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Kir II ikkinchi yurishi mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchragan va ko‘chmanchi massagetlar tomonidan tor-mor etilgan. Massagetlarga To‘maris boshchilik qilgan. Jangda Kir II halok bo‘lgan.4
Miloddan avvalgi 522-yil Doro I ahamoniylar taxtiga o‘tirdi. Lekin taxtga o‘tirishi bilanoq bosib olingan ko‘pgina viloyatlarda qo‘zg‘olnlar ko‘tariladi. 522 yil oxirida Margiyonada ko‘tarilgan Frada qo‘zg‘oloni Baqtriya satrapi Dodarmish tomonidan ayovsiz bostirilgan. Mil. avv. 519 - 518-yillar saklar Skunxa boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Lekin bu qo‘zg‘olon ham bostiriladi. Doro I ning saklarga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar butun davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo‘ladilar. Bu so‘z forscha “xshatra” - “viloyat” so‘zidan kelib chiqqan.
57 Viloyat boshlig‘i - satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasi vakillari edilar. Har bir satrap o‘z viloyatining lashkarboshisi ham edi. U faqat shohga bo‘ysunardi. Barcha qo‘shinlarga shoh qo‘mondonlik qilgan. O‘rta Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo‘lingan. Ular baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, parfiyaliklar, sug‘diylar va xorazmliklarining yerlari bo‘lgan. Har bir satraplik yillik xiroj to‘lagan. Bundan tashqari qaram xalqlar saroy qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni kumush bilan, chorvadorlar chorva bilan, hunarmandlar o‘z mahsuloti bilan, kiyim, teri bilan to‘laganlar.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki har bir shahar davlat vujudga kelishi uchun uning o‘z qo‘shini, o‘z moliyasi va o‘z aholisi bo‘lishi kerak. Bu gaplar ilk o‘rta asrlarga tegishli. Qadimda esa boshqaruv usullari va odamlarning aqliy salohiyati boshqacha bo‘lgan. Bu sekin-astalik bilan o‘zgarib borgan. Tanga pullar yaratilgan. Shu orqali numizmatika fani yuzaga kelgan. Numizmatika juda ham katta o‘rini egallaydi sababi uzoq yillik izlanishlar natijasida hech kimga ma’lum bo‘lmagan tarix tangalar orqali gapiradi. Tangalarda har bir davlatning madaniy hayoti tasvirlangan.
Eron ahamoniylari tangalari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak har bir davlatda bo‘lgani kabi ahamoniylarda ham tanga pul islohoti o‘tkazilgan. Ular ishlab chiqargan tangalari salkam butun davlatlarda ishlatilgan. Bularga biz aniq misol tariqasida mustamlakalarini keltirishimiz mumkin. Ko‘proq biz o‘zimizning hududimizda joylashgan Surxondaryoni misol keltira olamiz. Bizning hududdan topilgan qadimiy tangalar mustamlaka davrida yoki aniq ma’lumot mavjud bo‘lmagan tangalar Amudaryo xazinasiga qo‘shib olib chiqib ketilgan.
Yana biz ahamoniylardan yetishib chiqqan Doro I ga to‘xtalamiz. Uning yaratgan tangalari juda mashur hisoblanadi. Darik – oltin tangalar bo‘lsa, dinor esa kumush tangalar deb atalgan.
O‘rta Osiyo numizmatikasi rivojiga M.Masson, V.A.Klishkin, Ye.A.Davidovich, O.I.Smirnova, I.To‘xtiyev, E.Retveladze, G‘.Boboyorov, M.H.Fedorov A. Musakayeva, T. Ernazarov-Nuriddinova, A.Ataxujayev kabi olimlar salmoqli xissa qo‘shganlar.



Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling