Mustaqil ish mavzu: G`arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarning asosiy mohiyati topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


Download 29.94 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi29.94 Kb.
#1713410
1   2
Bog'liq
G`arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarning asosiy mohiyati

2.O`rta asr utopiyalari
Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg`arilishi bilan bog`lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o`z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan bog`liq. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq. Adam Smitning fikricha, ko`p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o`zaro bog`lanish yo`li bilan rivojida mehnat unumdorligi o`sishining sharti dastlabki kapital jamg`arilishidir. Bu jarayon obyektiv, oddiy bir voqea sifatida ta'riflanadi. To`g`ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib keldi. Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi. Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi. T. Mor "Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig`i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan Tomas Mor edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan. Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri" (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi, xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan). Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati "xomaki ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo, shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim), Germaniyada Tomas Munser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar). T.Kampanella Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g`oyalar bor.
XULOSA
Feodal yer egaligi davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo`lgan krepostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab chiqarishi (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo`nalish hal qiluvchi), iste'mol qiymatlarini yaratish baribir asosiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi. G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo`lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo`jaligi ustun bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda G`arbda natural xo`jalik (iste'mol qiymati ishlab chiqarish) qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan, "adolatli baho" masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik mohiyatini inkor etadi. Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar ko`p edi. XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning dastlabki jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi. Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan. Yangi yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi degan fikrda edilar.

ADABIYOTLAR

  1. Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.

  2. Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.

  3. Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Maruzalar matni(lotin yozuvida) – T.: TDIU, 2007 – 256 bet.

  4. Razzaqov A. o’rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g’oyalari. O’quv qo’llanma. –T:TDIU, 2009.-270 bet.

  5. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Fan va texnologiyalar. – T., 2005, 765 b.

Download 29.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling