Mustaqil ish Mavzu: Global xamkorlikni taraqqiyot maqsadida tashkil etishda akt o`rni


Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida ilmiy izlanishlarning o‘rni


Download 69.94 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi69.94 Kb.
#1506479
1   2   3
Bog'liq
elektron hukumat

Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida ilmiy izlanishlarning o‘rni
O‘zbekiston istiqloli tantanalarining ilk kunlaridanoq barcha sohalarda mazmun-mohiyati bilan yangi o‘zgarish va islohotlar jadal sur’atda amalga oshirila boshlandi, xususan, ilm-fan va ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, yosh avlodga o‘z salohiyatini namoyon etish, jamiyat rivojida munosib o‘rin egallash imkonini beruvchi yangi rivojlanish tizimi yaratildi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ta’lim va ilm-fan tizimini isloh qilishga yo‘naltirilgan izchil islohotlar yoshlarga jahon standartlari darajasida ta’lim olish, o‘z intellektual salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy axborot texnologiyalari(AT)ni chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashish, ilm-fan sohasida ilmiy izlanishlar olib borish masalalarini hal etish hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012-yil 24-iyulda qabul qilingan PF-4456-sonli Farmonida oliy malakali yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda sifatini oshirish, oliy ta’limdan keyingi kadrlar tayyorlash tizimini ikki bosqichdan bir bosqichga o‘tkazish, fan nomzodi tayyorlash tizimini bekor qilib, faqat fan doktori tayyorlash tizimini joriy etish, ilmiy kadrlar tayyorlashni Baloniya konvensiyasi asosida xalqaro standartlar talablariga to‘la moslashtirish, dissertatsiya ishlarining ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijod bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratishdan iborat etib belgilandi. Farmonga muvofiq umumiy qabul qilingan xalqaro talablar va standartlar asosida dissertatsiya himoya qilish hamda fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy etilishi izlanuvchan, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishda muhim omil bo‘ldi. Mazkur Farmon mamlakatimiz yosh olimlari tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda dasturilamal hujjat sifatida quvonch bilan kutib olindi. Yosh olimlar fanning qaysi sohasi bilan shug‘ullanmasin, yangiliklar yaratishga, ilmiy faoliyati orqali o‘zini namoyon etishga intiladilar.
Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur muhim hujjatlar yosh olimlarni yanada ruhlantirdi va kengroq mushohada yuritib, ilmiy izlanishga undadi. Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan muhim qadamdir. Oliy ta’lim muassasalari (OTM)da yosh olimlar kengashlari tashkil etilgan. Ularning faoliyati Fanlar akademiyasi ilmiy yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirildi. Natijada OTM talabalari akademiyaning ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirish, yangi ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishish va ularni amalga oshirishda bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, yosh olimlar zamonamiz mo‘jizasi bo‘lgan AKT’dan foydalanishlari ilmiy natijalarga yanada tezroq erishishlarini ta’minlamoqda.
Davlat va murojaat etuvchi o‘rtasidagi munosabatlarning amalga oshirilishida tezkorligi hamda dolzarbligini oshirib, AT’dan unumli foydalanish imkonini beradi. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish jarayonida, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga vaqt va mablag‘ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida, davlat organlari faoliyatini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish, takomillashtirish va optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Internet tarmog‘ida, «yagona oyna» rejimida interfaol davlat xizmatlari portali (www.gov.uz) ishga tushirilgan.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida ham iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarishga oid ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib borishning yangi istiqbollari belgilab berildi. Hozirgi davrda, butun jahonda AKT jadal taraqqiy etishi va jamiyat hayotining turli sohalariga joriy etilishi bilan qog‘ozli hujjat aylanishi qog‘ozsiz texnologiyalarga o‘tib bormoqda.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida boshqaruv faoliyatida ish yuritishdagi hujjat almashinuvida qog‘ozni tejashga yo‘naltirilgan qator konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Qog‘oz mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida hujjat aylanishining asosiy vositasi AKT hisoblanadi. Shu bois, xalq xo‘jaligining turli sohalarida AKT’dan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshqaruv faoliyatidagi ish yuritish tizimida AKT’dan foydalanib, axborot uzatish, saqlash, izlash va taqdim etishda elektron hujjat aylanishi qog‘oz sarfini qisqartiradi yoki qog‘ozda axborot tashishdan butunlay voz kechiladi. Ma’lumki, keyingi yillarda axborotlashtirish jahon tajribasida elektron hujjat aylanish tizimlari (EHT) nafaqat boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtiruvchi tizimlari, balki yagona axborot maydonini yaratish uchun to‘laqonli platforma sifatida ham qaralib, joriy etilmoqda. Bu esa, so‘zsiz, ulardan foydalanish sohalarini kengaytirishga va ilmiy hamjamiyatda unga qiziqishning ortishiga sabab bo‘ldi. AKT sohasining yetakchi olimlari tadqiqotlarida EHT tezkorligi va unumdorligini oshiradigan samarali texnologiyalarini yaratish uchun ish yuritish hujjatlarini shakllantirishda axborotni ishonchli yig‘ish, uzatish, tahlil, kodlash masalalarining yechimiga bo‘lgan ehtiyoj alohida ajratib ko‘rsatilmoqda.
Jahonning qator rivojlangan mamlakatlarida «qog‘ozsiz texnologiyalarga» o‘tish maqsadida, elektron hujjat aylanish tizimlarining yuqori darajada qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyati ish yuritishda hujjat aylanishi jarayonlarining avtomatlashganligi bilan ifodalanadi. Elektron hujjat aylanish tizimlarining davlat boshqaruvida qo‘llanilishi butun jahonda me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanadi. Qator davlatlarda elektron hujjat aylanishi qonunlari qabul qilingan va qabul qilishga tayyorlanmoqda.
Mamlakatimizda AKT rivojlanishi odimlari bilan O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish», «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanish», «Elektron tijorat», «Elektron to‘lovlar» to‘g‘risidagi Qonunlar hamda 2011-yil 4-mayda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 126-sonli qarori kabi qator muhim hujjatlar qabul qilingan.
Keyingi o‘n yilliklar mobaynida AKT’dan keng foydalanishning rivojlanishi butun jahonda global jarayon bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish axborotlarni qayta ishlash va uzatishda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va jahon iqtisodiyoti tizimiga mujassamlashuvi uchun imkoniyatlarni kengaytirishda, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari jarayonlari samaradorligini oshirishda hal etuvchi ahamiyatga molik. AKT’ni davlat boshqaruviga joriy etishning davlat boshqaruvida amal qilishi va qator vazifalarini samarali ta’minlanishining mexanizmlaridan biri hisoblanadi hamda quyidagi: boshqaruv apparati ish samaradorligini oshirish; iqtisodiy rivojlanishda hamkorlik; fuqarolar turmush darajasini oshirish kabi asosiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Elektron davlat boshqaruvi konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri elektron hujjat aylanishi tizimi hisoblanadi. Elektron hujjat aylanishi tizimi axborot texnologiyasi vositasida hujjatlar aylanishini, shaklantirishdan boshlab, qayta ishlash, hujjatlarni qabul qilishdan uni arxivga topshirish va yo‘q qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni hisobga olish hamda nazorat qilishni integratsiyalangan avtomatlashgan tizimidir. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hujjatlarni qayta ishlash (izlash, nusxa ko‘chirish, yetkazish va boshqalar) vaqtini qisqartirish imkonini beradi, ishonchliligini va saqlashda qulaylilikni oshiradi, axborotni taqsimlash oqimini optimallashtiradi.
Davlat boshqaruvida elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish orqali quyidagilar: boshqaruv qarorlarining samaradorligi va dolzarbliligini oshirish; hujjatlar axborotlarini qayta ishlash, foydalanish va saqlashda nazoratni kuchaytirish; qog‘oz va elektron tashuvchilardagi axborotlar oqimini optimallashtirish; hujjatlar yo‘qolishi holatini bartaraf etish; hujjatlarni kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlashda yagona axborot muhitini yaratish; lavozimli shaxslarga ko‘pfunksiyali hujjat aylanishi ma’lumotlar bazasi bilan ta’minlashga erishiladi.
Elektron hujjat aylanishi tizimi turli axborot oluvchilarga axborot qabul qilishni ta’minlovchi texnik vositalardan iborat. EHT’ning asosiy vazifasi axborotni yuqori tezlik va sifatli qilib yetkazishdan iborat. Hujjatlardagi axborotlarni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymay, yetkazish va natijada uning ishonchliligini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti olimlarining ilmiy izlanishlari muhim o‘rin tutadi.
Hozirning o‘zidayoq mamlakatimiz rahbariyatining g‘amxo‘rligidan ruhlangan yosh olimlar o‘z ilmiy izlanishlari doirasini kegaytirib, tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirayotganliklari, ko‘zlangan ilmiy natijalarga erishishga muyassar bo‘layotganliklariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Mamlakatimizda ko‘plab yosh olimlar ilm-fanning dolzarb sohalari yo‘nalishlarida samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritmoqdalar hamda dastlabki ilmiy yutuqlar namoyish etila boshlandi. Yosh olim va mutaxassislarning ilmiy hamda kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ilm-fan va texnika sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishda imkoniyatlarini birlashtirish, innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ayni paytda ilm-fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan yosh olimlar mazmun-mohiyati bilan avvalgilardan butkul farq etuvchi dastlabki doktorlik dissertatsiyalarini himoya eta boshladilar. Yaqinda TATU’da dastlabki doktorlik dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-tadqiqot ishi aynan yuqoridagi masalalar yechimiga qaratilgan. Bunday tadqiqot ishlari mamlakatimizni axborotlashgan jamiyatga aylantirishda muhim ahamiyatga molik bo‘lishiga shubha yo‘q.

Download 69.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling