Mustaqil ish Mavzu: Global xamkorlikni taraqqiyot maqsadida tashkil etishda akt o`rni


Download 69.94 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi69.94 Kb.
#1506479
  1   2   3
Bog'liq
elektron hukumat


O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnalogiyalari
va Kamunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi
Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti

AT kafedrasi


Elektron hukumat fanidan

Mustaqil ish

Mavzu: Global xamkorlikni taraqqiyot maqsadida tashkil etishda AKT o`rni.

Bajardi: KIF 213-16 guruh
Talabasi Abduvakilov B.
Tekshirdi:Yo’ldoshev A.

Toshkent–2019
Reja:

  1. Global muammolarni xal etishda AKT tizimlarini keng joriy etish.

  2. Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida ilmiy izlanishlarning o‘rni.

  3. Masofadan o’qitishda AKT ning o’rni.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Global muammolarni xal etishda AKT tizimlarini keng joriy etish.
Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammo — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan Global muammo — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag’al mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqda. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi global-lashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammo — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (masalan, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammo — ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammoga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammoning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini qaratdi.
Barak Obama fikricha global muammolarni hal etish uchun davlatlar maslahatlashib, kelishib ish tutishi kerak.Uning xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Jeyms Jouns (James Jones) deydiki, bugun dunyoda biror masalaga mahalliy deb qarab bo’lmaydi.
“Muammo borki, global ahamiyatga ega”, - deydi Jeyms Jouns.
Jeyms Jouns, iste’fodagi general, avval NATOning Yevropadagi oliy qo’mondoni edi. Harbiy sohada 40 yillik tajribaga ega. Iste’foga chiqqanidan keyin Davlat departamentida Iroq va Afg’oniston masalalari bilan shug’ullangan.
“AQSh bu ikki davlatda olib borayotgan urushlar, Pokistondagi vaziyat, global terrorizm hamda Eron va Shimoliy Koreya yadro dasturlari - bugunning eng dolzarb muammolari”, - deydi Jouns.
“Lekin gap faqat terror urug’ini quritishda emas. Noqonuniy qurol savdosi, iqlim, energetika va iqtisodiy xavfsizlik, odam savdosi va narko-terrorizm yuqorida ko’rsatilgan omillar qatorida dunyo miqyosida o’z ta’sirini ko’rsatmoqda”, - deydi maslahatchi.
Jeyms Jouns xavfsizlik siyosati koordinatori rolida mudofaa vazirligi, Davlat departamenti, razvedka idoralari bilan yaqindan ishlaydi. Uning aytishicha, “AQSh barcha mojarolarga xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda va xalqaro qonunlar asosida yechim qidirishga harakat qilar ekan, Bush davriga taqqoslaganda xorijiy davlatlar Obama ma’muriyati bilan hamkorlik qilishga ko’proq ishtiyoqmand”.
General Jouns o’tgan yili Afg’oniston bo’yicha mustaqil tekshiruvga boshchilik qilib, “NATO harbiy strategiyasini o’zgartirmasa, urushni boy berishi mumkin” degan xulosaga kelgan edi. Barak Obamaning Afg’oniston-Pokiston bo’yicha yangi strategiyasi ish beryaptimi-yo’qmi, deydi Jouns, bir yil ichida ma’lum bo’ladi.
Shu kunlarda Obamaning Guantanamo qamoqxonasini yopish va qiynoqlarni taqiqlash qarori atrofida bahslar davom etyapti. AQSh xavfsizligiga putur yetadi deb bong urayotgan arboblardan biri bu - sobiq vitse-prezident Dik Cheyni. Jouns nazarida “Guantanamo AQShni xavfdan asrash o’rniga, ko’proq terrorchi guruhlar odam yollashi uchun reklama vazifasini o’tamoqda”.

Download 69.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling