Tashkilotchilik qobiliyatlari muammosini uzoq vaqt L.I. Umanskiy tadqiq qilgan. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlari tarkibini aniqladi. Qobiliyatli tashkilotchi shaxsi uchun L.I. Umanskiy fikricha quyidagi sifatlar zarurdir, bular: shaxsning yo‘nalganligi, uning shayligi, umumiy sifatlari (muloqotchanlik, rivojlanganlikning umumiy darajasi, amaliy ong, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish), maxsus xossalar (tashkilotchilik hissi, psixologik odob, emotsional-irodali ta’sirchanlik, jamoatchilik faolligi, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik, shaxsning individual xususiyatlari shular jumlasidandir.
O‘quvchilarning texnikaviy qobiliyatlariM.G. Davletshin tomonidan o‘rganilgan. Texnikaviy qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va etakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar ko‘rsatilgan. Texnikaviy qobiliyatlarning tayanch xossasi bo‘lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi (inson idrokining mashina, asosiy bo‘g‘inlar va tuzilmalarning tuzilish tamoyiliga, ularning o‘zaro ta’siriga yo‘nalganligi). Etakchi xossalar bo‘lib texnikaviy tafakkur va texnikaviy xayol hisoblanadi (texnikani tushunish, amaliy zakovat, texnikaviy moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni yasash qobiliyati, fazoviy tasavvurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va masofalarni yodda olib qolish, konstruktiv fantaziya). YOrdamchi xossa qo‘l epchilligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |