Mustaqil ish mavzu: Ishlab chiqarish moddellari
Download 0.93 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish texnologiyasi
- Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
- Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri
- Mehnat unumdorligi
- Qisqa xulosalar
MUSTAQIL ISHMavzu: Ishlab chiqarish moddellariReja
Ishlab chiqarish texnologiyasi
Izokvantlar Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziqovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 8.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha o’zaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan. 8.1-jadvalda ko’rsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi bo’lib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qo’llash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziqovqat mahsuloti beradi). -jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, chizma shaklida qam berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat bo’lib, unda joylashgan ishlab chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo’llanishi ulardan foydalanishda bir hil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 8.1-rasmda uchta ishlab chiqarish izokvanti aks ettirilgan (Chizma o’qlarida muayyan muddatda qo’llangan ishlab chiqarish omillari joylashgan). Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarishIshlab chiqarish va uning xarajatlari to’g’risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech bo’lmaganda birontasini ham o’zgartirib bo’lmaydigan vaqtga aytiladi Shu vaqt davomida o’zgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo’nalishini o’zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqg ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o’zgartirish kiritish uchun etarli bo’lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o’zgarib turadigan omillar deyiladi. Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalaniladigan bo’lsa (kapital o’zgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina bo’lsa-da, o’sishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada ko’paytiradi, chunki ishchilar qo’shimcha ravishda ixtisoslashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi qaytim qonuni o’z kuchini ko’rsatadi. Agar ishchilar soni ortiqcha ko’payib ketsa, ayrim ish jarayon (tur)lari samarasiz bo’lib qoladi va mehnat chegarali mahsuli kamayadi. Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siriKamayib boruvchi qaytim qonuni qisqa muddatli davr oralig’ida qo’llanadi, chunki bu oraliqda hech bo’lmaganda bitga ishlab chiqarish omili o’zgarmay qoladi. Qonun chegarali mahsulotning kamayishini tasvirlaydi, lekin bu manfiy miqdorga tushib qolishi shart emas. Masalan, rasmda kamayib boruvchi qaytim qonuni mehnat sarflari 3 va undan ko’proq birlikda bo’lgan ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishi mumkin, biroq chegarali mahsulot mehnat sarflari 8 birlikdan oshmaguncha manfiy bo’lmaydi. Mehnat unumdorligiBiz ayrim vaqtlarda o’rtacha mehnat mahsuli to’g’risida gapirganda sanoatga yoki butun iqtisodiyotga taalluqli mehnat unumdorligini tilga olamiz. Mehnat o’rtacha mahsuloti mehnat sarflari birligiga ishlab chiqarilgan mahsulotni ifodalaydi. Shuning uchun ham sanoatning barcha tarmoqlarida, shuningdek aloqida tarmoqtsa unumdorlikni uzoq muddatli davrga tadbiqan qiyoslash, nisbatan oson ish (chunki umumiy mehnat sarflari va mahsuloti hamda ishlab chiqarishning umumiy hajmi sizga kerak bo’lgan birdan bir ma’lumotdir). Ustiga-ustak mehnat unumdorligi ko’rsatkichi nihoyatda muhim, chunki u alohida mamlakat aholisining real turmush darajasini ifodalaydi.Mehnat unumdorligi bilan turmush darajasi o’rtasida oddiy bog’liqlik mavjud. Qisqa xulosalarOmillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko’rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o’zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo’shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling