Mustaqil ish mavzu: Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma). Bajardi


Download 50.5 Kb.
bet3/3
Sana03.10.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1690990
1   2   3
Bog'liq
zaitov-abdumaruf-OSQ-mustaqil-ishi-2

3.Tavsifnoma

Ma’lum bir shaхsning mеhnat va ijtimоiy faоliyati, shuningdеk, uning uziga хоs hislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnоma muassasa ma’muriyati tоmоnidan o‘z хоdimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda хоrijiy mamlakatlarga ishlash va bоshqa yumushlar uchun kеtishda, lavоzimga tayyorlashda yoki shahоdatlantirishda va bоshqalarda) bеriladi.




4.Ma`lumotnoma
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi hamda so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:
Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).
Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:
Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi.
Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi.
Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma).
Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi
Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni).
Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi).
Mansabdor shaxs(lar) ning imzosi (lavozimi va familiyasi).
Muhr.
Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling