Mustaqil ish mavzu: Kitob bilimlar hazinasi. Erkin va turg`un barqaror birikmalar. Bajardi: kxm yo`nalishi 104- guruh talabasi Ziyayev Sh Qabul qildi: Raximova k toshkent 2018
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
WepQeERRZ458WBMmuHfhcx0kj8QcAsGBbjgsKWis
birikmalar
deyiladi
1 • Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2 • Ma'no butunligi. 3 • Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o'rinli foydalanish nutq go'zalligini ta'minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko'rki hisoblanadi. Tasviriy ifodalar. Iboralar (frazeolagizmlar). Maqol va ma'tallar. Hikmatli so'zlar (aforizmlar). predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va hokazo.Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish , ulardan kulish va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar predmet, voqeahodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi. Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudga kelgan yangi predmet, tushunchalar har doim ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balki predmetning ma'lum belgi xususiyatlarini, o'ziga xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolari orqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi .
Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu usullarning ahamiyati katta. Masalan: oq oltin – paxta (metafora usulida), o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy (metonimiya usulida), charm qo'lqop ustaci – bokschi (sinekdoxa usulida), fazogir – kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan narsapredmetga xos belgining nomi boshqa narsapredmetdagi belgiga nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan. Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matematika , shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo'llanishi (zangori ekran, oynai jahon – televizor) mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling