Mustaqil ish mavzu: Kredit mexanizmi va uning elementlari


Download 43.07 Kb.
bet3/7
Sana01.04.2023
Hajmi43.07 Kb.
#1314834
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O2

N.D.Barkovskiy kredit mexanizmining mazmunini ochishga harakat qilib, quyidagilarni yozgan edi: «Kredit mexanizmi konkret bir tarixiy sharoitda kredit munosabatlarining namoyon bo‘lishi va ularni realizatsiya qilish shaklidir».
V.S.Pashkovskiy esa: «Kredit mexanizmi kredit munosabatlarini amalda tashkil etishning konkret shaklidir» - deb yozgan. V.S.Pashkovskiy qayd qilishicha, kredit mexanizmini «boshqariladigan va boshqaradigan tizim» sifatida qarash kerak. Bunday aniqlash mexanizm natijaviyligini kuzatish imkoniyatini kengaytiradi. V.S.Pashkovskiy kredit mexanizmini rejalashtirish usullari va shakllari, kreditni berish, tartibga solish, so‘ndirishning o‘zaro bog‘liqlik tizimi deb tushunadi. Kredit mexanizmlarida boshqaruvning etakchi roli ko‘rsatilishiga qaramay, boshqaruv aspekti kategoriyani aniqlashda, shuningdek uning tuzilishida ham ishtirok etmaydi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarni bazis va usqurtma elementlariga dahldorligi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh ta’riflarda kredit mexanizmi ustqurma elementlari qatoriga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi guruh vakillari esa, uni bazis-ustqurma xarakteriga ega ekanligini qayd etishgan.
Masalan, prof. V.I.Ribin 2-guruh iqtisodchilaridan hisoblanib, kredit mexanizmini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning ma’lum bir qatlami, kredit munosabatlarining yuqori bir bo‘lagi sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, «kredit mexanizmi tarkibiga kreditning mazmuni va xususiyatlarini belgilovchi munosabatlar, ularning namoyon bo‘lish shakllari, usullari, metodlari kiradi».
Kredit mexanizmi to‘g‘risida yuqorida bildirilgan fikrlarni tahlil qilib, shunday bir umumiy xulosaga kelish mumkin: garchi bildirilgan fikrlar bayon etilish shakli jihatidan bir-biridan qisman bo‘lsa ham farq qilsa-da, lekin ularning hammasida bir narsa tan olingan, ya’ni kredit mexanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditdan foydalanish usulidir.
Kredit munosabatlarining namoyon bo‘lish shakllari, ya’ni amaliyotda kreditdan foydalanish usullari, barcha hollarda ham kreditning mohiyatiga asoslanadi. O‘z navbatida, har bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Demak, aytish mumkinki, kredit mexanizmi kreditning qayta taqsimlash va haqiqiy pullarni kredit pullari va kredit operatsiyalari bilan almashtirish funksiyalarini takror ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirishga qaratilgan. SHundan kelib chiqqan holda, kredit mexanizmini ikki tarkibiy bo‘lakka – kreditning qayta taqsimlash funksiyasini namoyon bo‘lish shakllariga va haqiqiy pullarni almashtirish funksiyasi namoyon bo‘lish shakllariga ajratish mumkin. Bu shakllar har xil saviyada va har xil darajada namoyon bo‘lish imkoniga ega.
Kreditning qayta taqsimlash funksiyasining namoyon bo‘lishini, kreditlashtirish tamoyillari, shart-sharoitlari va shakllarining majmuasi tariqasida tushunamiz.
Kredit mexanizmi ikkinchi bo‘lagining tasnifini tushunish uchun, avvalo, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari va operatsiyalari bilan almashtirish funksiyasi mazmunini yoritishga harakat qilamiz, chunki ularning mohiyati iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha, banklarning passiv operatsiyalari va naqd pulsiz hisob-kitoblar kreditning ikkinchi funksiyasi namoyon bo‘lishi shakllaridan biridir. Demak, kredit mexanizmining ikkinchi bo‘lagi naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan uzluksiz bog‘langan.
Kredit mexanizmi – bu xo‘jaliklarni kreditlash usullari va shakllari, rag‘batlantirish, richaglar, vositalar yig‘indisi; kredit resurslar akkumulyasiyasi bo‘yicha qabul qilish tizimi, ulardan foydalanish chegaralarini aniqlash, etkazib berish va qaytarib olish usullari.

Download 43.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling