Mustaqil ish mavzu: Kredit mexanizmi va uning elementlari


Download 43.07 Kb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi43.07 Kb.
#1314834
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O2

V.I.Ribin fikricha, kredit mexanizmi o‘zida kreditdan maqsadli foydalanish mexanizmi va xarakat mexanizmini birlashtiradi. Bular ob’ektiv va sub’ektiv boshlash munosabatlari bo‘yicha farqlanadi. Xarakat mexanizmi – bu kreditni ob’ektiv xarakat qilishi, inson tomondan mutloq anglab olinmagan bo‘ladi. Kreditning maqsadli foydalanish mexanizmi kreditdan foydalanishning aniq shakliga ega bo‘ladi, ya’ni kredit mexanizmi – bu kredit munosabatlarini yuzaga chiqish shakli «kredit mexanizmiga kreditni xususiyati va mazmunini ochib beruvchi munosabatlarni o‘zi, kreditlash usullari, shakllari ham kiradi».

Kredit mexanizmi tizimi quyidagi asosiy tizimlardan iborat :
-kreditlash metodlari majmuasi;
-richak va stimullar, normativlar, limitlar kompleksi;
-qonuniy me’yoriy xujjatlarda shakllantirilgan kreditlash qoidalari va qonunlar to‘plami;
-kreditlash sub’ektining ichki me’yoriy ta’minoti;
-informatsion ta’minot, shuningdek, kreditlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun informatsion baza.
CHet el fundamental tadqiqotlarida “kredit mexanizmi” atamasi uchramaydi. Uning amal qilishi kredit, kredit siyosati, foiz stavkasi, turlari, kreditlash tamoyillari, kompaniyalarga kredit berish shakllari, ipoteka, ssuda kapitali bozori, kredit nazariyasi, foiz nazariyasi tushunchalari orqali qaraladi.
“Kredit mexanizmi” kategoriyasi bo‘yicha rossiyalik iqtisodchilar orasida yagona fikrga kelinmaganligi kreditlash nazariyasi va amaliyotdagi muammoni echilmaganligini ko‘rsatadi. SHu bilan birga, kredit mexanizmi moxiyatini turlicha talqin qilinishi bu kategoriyaga turlicha yondashilganligi bilan tushuntiriladi.
Kredit mexanizmi tuzilishini zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mos ishlab chiqish masalasini qo‘yib, uni o‘z ichiga kredit siyosati, kredit mexanizmlari institutsional asosi, kredit tizimi tashkilotlari darajasi va prinsplari, uning infrastrukturasi, kreditor va qarz oluvchilarning orasidagi o‘zaro aloqalarini olishi kerak deb xisoblash mumkin. Bunda kredit jarayoni boshqaruvi yaxlitlashtirish elementi bo‘lib xizmat qiladi, qaysiki kredit mexanizmini butun tarkibini tuzib chiqadi, ular bir butunlikda birlashtiriladi va kredit mexanizmi birgalikda rivojlanishiga yo‘naltiradi. Undan tashqari, boshqaruv kredit mexanizmini takomillashtirish, uni amal qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha yaxlit chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliya va kredit mexanizmlari bilan bir qatorda, «moliya-kredit mexanizmi», «kredit-hisob-kitob mexanizmi» kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Bunday qo‘shma terminlar uchun moliya va kredit kategoriyalarining iqtisodiy negizi yagona ekanligi asos qilib olingan.
Moliya va kredit kategoriyalari muhim jihatlari bo‘yicha bir-biridan farq qilishlariga qaramasdan, ular bir-biriga bog‘langan kategoriyalar jumlasiga kiradi va ma’lum doiralarda o‘zaro va birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ta’sir moliya-kredit mexanizmi orqali namoyon bo‘ladi. Professor M.A.Passel «moliyakredit mexanizmi» ning mustaqil tushuncha ekanligini quyidagicha ifodalaydi:
«…ko‘p hollarda moliyaning ham, kreditning ham moliyalashtirish va kreditlashtirish ob’ekti umumiy bo‘ladi. Davlat bir-biridan farq qiladigan ushbu pullik munosabatlar shakllarini qo‘shib olib borishiga qaramasdan, ularni mablag‘ xosil qilish va taqdim etish xususiyatlariga qarab bir-birlaridan ajratadi».

Download 43.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling