Mustaqil ish mavzu: Kredit mexanizmi va uning elementlari


Download 43.07 Kb.
bet5/7
Sana01.04.2023
Hajmi43.07 Kb.
#1314834
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O2

V.K Senchakova 1979 yildagi «Moliyaviy mexanizm va ishlab chiqarish samarodorligini oshirishda uning roli» ishida: «Kredit mexanizmi o‘zida markazlashgan va markazlashmagan ssuda foizlari, kredit richaglari, qoidalari, me’yorlari va normativlari, rezervlar, limit va stimullar, shuningdek, moliya va bank qonunchiligi majmuini ifodalaydi» deb ta’kidlagan. Bu izohda kredit resurslarini taqsimlash jarayoniga, tizimli yondashuv asosida kredit mexanizmi orqali iqtisodiy jarayonlarni boshqarishga urg‘u berilgan.
Moliya-kredit mexanizmini aniqlash jarayonida olimlar ikkita qarama-qarshi guruxga bo‘lindilar:
1-gurux: (D.A.Allaverdyan, M.A.Pessel, V.K.Senchachov,
M.V.Romonovskiy va boshqalar) fikriga moliya va kredit mexanizmi - bu yagona moliya-kredit mexanizmining qismlari. 2-gurux esa (A.D.Barkovskiy, V.I.Ribin, O.A.Malchanova, N.I.Valenseva va boshqalar) bu kategoriyalarni bilishning kredit va moliya mexanizmlari mustaqil bo‘lishga xaqli va ularni qo‘shish to‘g‘ri emas deb xisoblashganlar.
Moliya va kredit mexanizmlari bir tushuncha deb xisoblaydigan mualliflar fikricha, moliya pul munosabatlar tizimi sifatida qayta ishlab chiqarish jarayonida aylanma oborot fondlari bo‘lib xizmat qilar, o‘z ichiga kreditni olgan mustaqil zveno sifatida qaraladi.
Moliya kredit mexanizmidan asosiy ahamiyati ular o‘z vaqtida xo‘jalik sub’ektlarini pul resurslari bilan ta’minlashni ko‘ra oladi.
Moliya kredit munosabatlari bazasi va moliyaviy resurslarni shakllantirishni milliy daromad va yalpi umumiy maxsulotni taqsimlash xamda qayta taqsimlashga xizmat qiladi. O‘z navbatida M.A.Pessel, moliya va kredit kategoriyalari birgalikda yagona iqtisodiy munosabatlar doirasida xarakat qiladi, bu xolda esa “moliya kredit mexanizmi” atamasidan foydalanish to‘g‘ri deb aytgan edi. V.I.Ribin va N.I.Valensevaning fikriga, moliya-kredit mexanizmlarini yagona iqtisodiy asosga ega ekanligi va o‘xshashligiga qaramasdan, ularni bo‘lish kerak, chunki ularning xarakati kapital aylanma oborotidan turli bosqichlarida yuzaga keladi. Unda ishtirok etuvchi sub’ektlar orasidagi yuzaga keladigan munosabatlar xarakteri turli xil bo‘ladi.
SHu bilan birga «moliya-kredit mexanizmi» tushunchasini tan olgan holda, mustaqil moliya-kredit mexanizmlarini yoki moliya-kredit mexanizmini inkor etish noto‘g‘ridir. CHunki, bu mustaqil terminlarni qo‘llash, bozor mexanizmining o‘rganilayotgan bo‘g‘ini ta’sir doirasiga va sohasiga bog‘liq.
Ko‘pchilik mualliflar o‘z ishlarida kredit mexanizmini emas, balki moliyakredit mexanizmini ko‘rib chiqadilar. SHunday ekan kredit mexanizmini moliyakredit va xo‘jalik mexanizmi elementi sifatida izohlash mumkin. «Xo‘jalik mexanizmi» tushunchasi xo‘jalik yuritish formalari va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv metodlari va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv metodlari va tarixiy xususiyatini xisobga olgan xolda iqtisodiy qonunlar ifodalangan xuquqiy me’yorlar yig‘indisi sifatida tariflangan. «Moliyaviy mexanizm» esa, lug‘atda xo‘jalik mexanizmning tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatilib, uning yordamida taqsimot munosabatlarining dunyo tizimi, daromad va jamg‘armalar yaratilishi, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari tashkil topishi va ulardan foydalanilishi ta’minlanadi.
Xalq xo‘jaligi rivojlanishida kredit mexanizmi roli va ahamiyati muhimligini e’tiborga olib, iqtisodchilar xo‘jalik mexanizmi tizimida uning o‘rnini aniqlashda xanuzgacha yagona fikrga kelisha olmaganlar. Ko‘pgina mualliflar xo‘jalik mexanizmini «Iqtisodiy richaklar – pul, narx, foyda, kredit va moliyadan foydalanish asosida iqtisodiy rag‘batlantirish va tashkil etishda ifodalanuvchi umum ishlab chiqarishni boshqarish usullari va shakllari tizimi» sifatida qarashadi. Bunda N.D. Barkovskiy va N.I.Valenseva kredit mexanizmini xo‘jalik mexanizmining bir iqtisodiy rag‘batlantirishi va richagiga kiritishadi. V.I.Ribin esa, kredit mexanizmi funksiyasi va rolidan kelib chiqib, uni «xo‘jalik mexanizmining xech qanday tarkibiy qismi emas, balki butun xo‘jalik mexanizmi» deb xisoblaydi.
Kredit bilan xo‘jalik mexanizmini o‘zaro munosabatlarini kuzatib, O.A.Molchanova shunday xulosa qiladi, kredit mexanizmi – ssuda fondini realizatsiya qiluvchi iqtisodiy mexanizmdir. Kredit esa - bu tovar. Kredit tizimida ham har qanday xo‘jalik tizimidagi prinsiplar amal qiladi.

Download 43.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling