Mustaqil ish mavzu: kreditning ta’minoti va uning shakllari


Download 132 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi132 Kb.
#1248982
  1   2
Bog'liq
Kreditning ta’minoti va uning shakllari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IQTISODIYOT” FAKULTETI

BANK ISHI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH


MAVZU: KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI

Bajardi: FU-22, 1-kurs talabasi


Qahramonova Rayhona
Qabul qildi:________________

TOSHKENT-2023


REJA
Kirish
1. Kreditning ta’minoti tushunchasi va uning ahamiyati.
2.Kreditning qaytarilishida garov va boshqa ta’minot shakllarining tutgan o‘rni.
3.Garov reestri va uning kredit ta’minotidagi ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kreditning ta’minoti tushunchasi va uning ahamiyati.


Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi Uning asosiy elementlari bo‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi Bu tamoyillar kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi bosqichida ko‘zga tashlangan edi keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o‘z aksini topdi Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega Bular kreditning qaytib berishliligi kreditning muddatliligi kreditning ta’minlanganligi maqsadliligi va to‘lovlilik tamoyillaridir Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan tamoyili kreditning ta’minlanganligidir Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to‘liq tovar-moddiy boyliklari bilan yoki ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos bo‘ladi Bu o‘z navbatida bankning likvidligiga va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin SHuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy-boyliklari va xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir Ushbu muammoni qisman hal etish ya’ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo‘llaridan biri mijoz mulkining ma’lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir
O‘zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta’minlanganlikka ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Banklar amaliyotida kreditning qaytarilish manbalari:
1.Birlamchi manbalar:
Birlamchi manbalarga mahsulot realizatsiyasidan (xizmat ko‘rsatishdan)
tushgan tushum(daromad)lar kiradi. CHet ellik ko‘pgina bankirlar kredit
qaytarilishining “OLTIN QOIDASI” sifatida birlamchi manbalarga
ko‘proq e’tibor qaratadilar.
SHu sababli mijozlarning kredit olish uchun buyurtmalarini ko‘rib
chiqish jarayonida pul oqimlari harakatiga qaratilib,mazkur mijoz
faoliyat yurituvchi tarmoq yoki biznes sohasi rivojiga, uning mahsulot
etkazib beruvchi va sotib oluvchilar bilan munosabatlariga asosiy
e’tibor qaratadilar.
Agarda bankda mazkur mijozning pul oqimlari to‘g‘risida salbiy xulosa
qilinsa kredit bitmlari tuzilmaydi.
Kredit qaytarilishining real garovi sifatida tushum(daromad)ning
e’tiborga olinishi faqatgina moliyaviy barqaror korxonalargagina
taalluqlidir. Bunday kreditlar o‘ta ishonchli, moliyaviy barqaror va bank
bilan doimiy munosabatda bo‘lgan mijozlargagina berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikisining Fuqarolar kodeksining 259- moddasiga asosan qarzdorning majburiyatlarini garov, qarzdorning mulkini ushlab qolish, kafolat, va qonun bo‘yicha yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa usul bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Bu ta’minotning qaysi birini tanlash majburiyat turiga bog‘liq. Aksariyat hollarda kredit va qarz shartnomasini bajarish bo‘yicha garov, kafolat qulay hisoblanadi. Qarz oluvchi kreditning ta’minlanganligi sifatida bir yoki bir necha turdagi ta’minlanganlikni qo‘yishi va uni kredit shartnomasida ko‘rsatishi mumkin. Kreditning ta’minlanganligi bo‘yicha garov kredit shartnoma bilan bargalikda rasmiylashtiriladi va unga albatta ilova qilinishi lozim. Jahon amaliyotida bank ssudalarini ta’minlashning o‘ta keng tarqalgan turlari quyidagilar hisoblanadi:


- er uy-joy;
- qimmatli qog‘ozlar;
- debitorlik qarzlari yig‘indilari;
- tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar;
- sug‘urta polislari va boshqalar

  • Er uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk muhim ta’minlash ob’ekti bo‘lib hisoblanadi U hech qachon o‘z qiymatini to‘la yo‘qotmaydi SHu sababli, er uy-joy ishonchli garov hisoblanadi

  • Qimmatli qog‘ozlar bank uchun ma’qulroq ta’minlash turi hisoblanadi CHunki qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida osongina sotish mumkin bankda saqlash uchun xarajatlar talab qilinmaydi SHular bilan bir qatorda ularni sotish va sotib olishda ortiqcha rasmiyatchilikning yo‘qligi qimmatli qog‘ozlarning ta’minlanganlik ob’ekti sifatida ahamiyatini oshiradi Ayni vaqtda shuni esda tutish lozimki agar ta’minlanganlik sifatida aksiya olinayotgan bo‘lsa uning kursi keskin tebranishi mumkinligini kurs pasayganda zarar ko‘rishligini albatta inobatga olish lozim

  • Debitor qarzdorlik yig‘iindisi deganda bu erda ochiq schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblardagi qarzdorlik yig‘indisi tushuniladi Bu pul bankning mijozi jo‘natgan tovarlari uchun haridorlardan olishi lozim bo‘lgan puldir Bu turdagi ta’minlash ob’ekti jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi

  • Xom-ashyo materiallar va tayyor mahsulotlar ko‘pchilik davlatlarda xususan respublikamizdagi kreditning keng qo‘llaniladigan ta’minlanish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi

Sug‘urta qilinuvchi sug‘urta kompaniyasiga badal to‘lab boradi Sug‘urta muddati tugashi bilan mablag‘ to‘lagan shaxsga qaytarilishi mumkin Bank sug‘urta polisini yig‘ilgan badallar yig‘indisi mikdorida ta’minlanganlik uchun qabul qiladi
Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta’minlovchi birdan-bir garov shakli kredit shartnomasi bo‘lib hisoblanadi Kredit shartnomasi shartlarining bajarilishini kredit ta’minlanganligining sharti sifatida qabul qilish xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda ishonchga sazovor bo‘lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatda kreditlash jarayonida qo‘llaniladi O‘rta va uzoq muddatli kredit berishda ham berilgan kreditlarni sug‘urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo‘llanilishi mumkin Odatda sug‘urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga oshiriladi Bizning amaliyotimizda ba’zi hollarda tijorat banklari tomonidan o‘z sho‘‘balarini va muassasalarini kredit berishda shu usul qo‘llanilishi mumkin
YAxshi ta’minlangan kreditlar Bunday kreditlar zamonaviy bank kreditining asosiy turi sifatida ta’minlangan ssudalar hisoblanadi Ta’minlanganlik sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mulki ko‘proq ko‘chmas mulki va uning ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar boshqa mulk shakllari bo‘lishi mumkin qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmagan hollarda ta’minlanganlik asosi bo‘lgan mulk bank ixtiyoriga o‘tadi va bank uni sotib etkazilgan zararlarni qoplash huquqiga ega bo‘ladi Bank tomonidan berilayotgan kredit miqdori taklif etilayotgan ta’minlanganlikning o‘rtacha bozor narxidan past bo‘ladi va mulk bahosi tomonlarning kelishuvchi natijasida aniqlanadi
Kreditlar sifatli aktivlar bilan aytaylik er yoki hukumatning qimmatli qog‘ozlari ya’ni davlat zayomlari bilan ta’minlangan bo‘lsa u holda ularning foiz stavkasi ta’minlanmagan kreditlarnikiga nisbatan past bo‘lishi mumkin CHunki bunda kreditni qaytarmaslik riski minimallashtirilgan bo‘ladi Xalqaro kreditlar oltin olmos platina kabi nodir metallar bilan ta’minlangan bo‘lsa ularning foiz stavkasi sezilarli darajada past bo‘ladi
Kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk tez sotiladigan oldin biror majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilmagan korxonaga tegishli bo‘lgan mulkni o‘z ichiga olishi kerak
Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklari bilan to‘liq ta’minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta’minlaydi chunki bank mablag‘larining aylanishi ya’ni pullari naqd pulga va aksincha transformatsiyalanib turadi

Amaliyotda ko‘p hollarda kreditning qaytarilishida ma’lum risklar mavjud bo‘ladi Bu risklarga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin Bu hollarda kafolat sifatida ikkilamchi manbalar ham talab qilinadi Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:



  1. mulk va huquq garovi;

  2. talablar va huquqlarni o‘tkazish;

  3. kafolat va kafillik sug‘urta

Kreditlarni qoplashning ikkilamchi shakllaridan foydalanish ko‘p mehnat talab qiladigan uzoq muddatli jarayon hisoblanadi SHunday bo‘lsada ushbu shakllardan bizning amaliyotimizda keng foydalaniladi CHunki iqtisodiyotimizdagi ko‘plab korxonalarning moliyaviy ahvoli ko‘ngildagidek emasligi tadbirkorlarnining bu sohadagi bilimlari etarli darajada emasligi shuni taqozo etadi

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling