Mustaqil ish mavzu: MathCad tizimida tenglamalar yechishni qo’llash Ta΄lim yo΄nalishi: Bajardi
Mathcad imkoniyatlari va uning intеrfеysi
Download 1 Mb.
|
mustaqil ish rangli atixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mathcad dasturida tenglamalar yechish.
2. Mathcad imkoniyatlari va uning intеrfеysi.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash. Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko’rsatilgan (4.1-rasm): Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. Quyida Mathcad dasturi asosiy menyusi bo`limlari keltirilgan. Mathcad dasturi oynasi tizimi menyusini chiqaruvchi tugma. File- fayl va xujjatlarni yaratish, saqlash, electron pochtadan jo`natish yoki printerda chop etish bilan bog`liq buyruqlar to`plami; Edit- matnlarni tahrirlash uchun mo`ljallangan bo`yruqlar to`plami; View- mathcad ishchi oynasida xujjatlarning tashqi ko`rinishini boshqaruvchi buyruqlar to`plami; Insert- xujjatga turli ob’ektlarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi buyruqlar to`plami; Format- matn, formula va grafiklarni formatlovchi buyruqlar to`plami; Math- hisoblash jarayonini boshqaruvchi buyruqlar to`plami; Symbolics- simvolli hisoblashlar bo`yruqlari to`plami; Windows- turli xujjat oynalarini ekranda jaylashtirish buyruqlari to`plami; Help- yordamchi axborotlarni chiqarish buyruqlari; Asboblar paneli Asboblar paneli ko`p ishlatiluvchi buyruqlarga tez murojat etish imkoniyatini beradi . Bu yerda “Standart asboblar paneli”, “matematik asboblar paneli” va “formatlash uskunalar paneli” ni ajratish mumkin. 3. Mathcad dasturida tenglamalar yechish. Mathcad dasturida tenglamalar sistemasni yechishning: Kramеr qoidasi, dеtеrminant, tеskari matritsa usuli, Gauss usuli, augment, rref, cols usullari yordamida yechish mumkin: Tеnglamalar sistеmasini Kramеr qoidasi bilan yechish uchun: tеnglamalar sistеmasining dеtеrminanti noldan farqli bo‟lsa, ya`ni, A X = B, = det A 0 bo‟lsa, u holda tеnglamalar sistеmasining yagona x1 , x2 , x3 ,....xn yechimini xi = i / Kramеr qoidasi orqali topish mumkin. Dastlab sistеmani matritsa ko‟rinishda yoziladi, hisoblangan bosh dеtеrminantining noldan farqli ekanligi yechimning mavjud va yagonaligini anglatadi. Tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagilarni bajarish kerak: Tenglamalar sistemasiga kiradigan barcha o‟zgaruvchilar uchun boshlang‟ich yaqinlashishlarni kiritiladi. Mathcad tenglamalarni iterasion metodlar yordamida yechadi. Boshlang‟ich yaqinlashish asosida qidirilayotgan yechimga yaqinlashadigan ketma-ketlik tashkil etiladi. Given – so‟zini kiritiladi. Given so‟zidan keyin tenglama va tengsizliklarni ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi. Tenglamani o‟ng va chap qismlari orasidagi tenglikni [ctrl]= tugmalarini bosish orqali yoziladi. Find funksiyasini kiritiladi va funksiyani argumentiga tenglamalar sistemasidagi nomalumlarni kiritiladi. Find funksiyasi topilgan yechimlarni quyidagicha chiqaradi. Agar Find funksiyasi 1 ta argumentga ega bo‟lsa u Given va Find so‟zlari orasida joylashgan tenglamani yechimini chiqaradi. Agar Find funksiyasi birdan ortiq argumentga ega bo‟lsa u Given va Find so‟zlari orasida joylashgan tenglamalar sistemasini yechimini vektor shaklida chiqaradi[1]. Given va Find funksiyasini qo‟llashga doir misol. Tenglamalar sistemasini yechimi bir nechta bo‟lsa. Unda noma‟lumlarni qiymatini chegaralab boshqa yechimni olish mumkin(1-rasm). 1-rasm Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling