Mustaqil ish mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda Estetikaning oʻrni. Bajardi: Avazxonov Tohir Qabul qildi: Amridinova Dilrabo Toshkent 2023 Reja


Download 31.87 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi31.87 Kb.
#1191840
Bog'liq
Avazxonov Tohir









Falsafa fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda Estetikaning oʻrni.



Bajardi: Avazxonov Tohir
Qabul qildi: Amridinova Dilrabo
Toshkent 2023


Reja:
1. Ma’naviy qadriyatlarning go‘zalligi.
2. Moddiy qadriyatlarning go‘zalligi.
3. Insonning go‘zalligi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch tushunchalar: nafosat, go‘zallik, go‘zallik falsafasi, chiroylilik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, forig’lanish.
1.Ma’naviy qadriyatlarning go‘zalligi.
Ma’naviy qadriyatlar tizimida goʻzallik quyidagi jihatlari bilan belgilanadi:
- sog‘lom ruhiyat va hayot haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;
- real hayot haqiqatini inikos ettirish;
- jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish;
- ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish;
- yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning ilgʻor tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;
- yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at asarida shakliy go‘zallikka erishish.
2. Moddiy qadriyatlarning go‘zalligi.
Har qanday nazariya amaliyot bilan uyg‘un boʻlsagina yashay oladi. Bu qoida go‘zallik tushunchasiga ham tegishli. Ma’lumki, estetik faoliyatning qator
turlari amaliyot bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Masalan, me’morlik o‘zida ham moddiy, ham ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Chinakam me’moriy obidaning go‘zalligi faqat tashqi ko‘rinishi bilangina emas, balki mexanika qonunlarining yangi materiallar bilan boyitilganligi, me’morlikning qadimiy
an’analarini yangi ko‘rinishlar orqali namoyon qilish natijasida
yuzaga keladi. Me’moriy obida shahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini
quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga
kelish mumkin:
- shaharda qadimiy me’moriy obidalarning saqlanganligi va
uning ko‘rki;
- binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos
kelishi;
- shaharda bunyod etilgan binolar, yo‘llar xalq manfaati bilan
muvofiqligi;
- shaharning geografik jihatdan joylashuvi - suv va havosining musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi.
3.Insonning go‘zalligi.
Insondagi go‘zallik aksariyat hollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Estetik tafakkur tarixida inson go‘zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr-mulohazalarning
asosida insonning tashqi ko‘rinishi hamda axloqiy fazilatlariga
bo'lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go‘zalligiga bu tariqa
yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go‘zallikning
inson shaklidagi ko‘rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go‘zallik haqidagi qarashlari turlicha bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi, ya’ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go‘zallik haqidagi ideali ana shu o‘zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda insonning tashqi go‘zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi go‘zallik shaxsning chinakam «Men»ini namoyon qilishiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, inson go‘zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, insonning tashqi go‘zalligi muayyan holatlarda shaxsning o‘zigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Insonning botiniy go‘zalligi uning odob, xulq va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go‘zallik deb ataladi. Inson xulqiy go‘zalligining takomillashuvida axloq falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy mezon hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Nazarov Q. va boshqalar Falsafa asoslari: O’quv qo’llanma. – Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. – 380 B.
2. Raxmatov J. Xayotga falsafiy nigoh, - Toshkent: “ITA-press”, 2017. – 380 B.
Download 31.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling