Mustaqil ish Mavzu: Mizuho financial group
Download 0.57 Mb.
|
Mizuho financial group 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bank boshqaruvi tarkibi Aksiadorlar kengashi: Masahiro Kihara
- Tatsuo Kianaka
- Masamichi Ishikava
- 4.Bankning moliyaviy natijalari (2019 va 2020-yil misolida) (2019) (2020)
- Kredit bilan bog`liq ko`rsatkichlar
Mustaqil ish Mavzu: Mizuho financial group XOLIQOV ADHAM FURQAT O‘G‘LI Reja: 1.Bankning tarixi 2.Bankning tarkibiy tuzilishi va faoliyati 3. Bank boshqaruvi 4.Bankning moliyaviy natijalari. 1. Mizuho Holdings nomi ostida 2000-yilda Dai-chi Kangyo Bank, Fuji bank va Industrial bank of Japan birlashishi natijasida Mizuho paydo bo`lgan. 2003-yil yanvar oyida tashkil etilgan Mizuho financial group Mizuho Holdingsning bosh kompaniyasiga aylandi va biznesni qayta qurishga tayyorgarlik ko`rdi.2003-mart oyida MHFG Mizuho Holdingsning yagona aksiyadoriga aylandi, u o`z navbatida moliya bo`limlari uchun xolding kompaniyasi bo`lib xizmat qildi. 2005-yil 1-oktabrda Mizuho Holdingsning barcha bo`linmalari Mizuho Financial Group nazoratiga o`tdi. 2. Mizuho financial grouping tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat: Mizuho Bank (MHBK) Mizuho Trust and Banking (MHTB) Mizuho Securities (MHSC) Trust and Custody Services Bank (TCSB) Mizuho Research Institute (MHIR) Asset Management One Mizuho Private Wealth Management (MHPW) MHBK – Yaponiya tijorat banki. Boshqaruv Kengashi Tokio shahrida joylashgan. Balans ko`rsatkichlari bo`yicha respublikadagi xususiy kredit tashkilotlari orasida ikkinchi o`rinda turadi. 1897-yil tashkil etilgan. Uning 515 ta filiali, o`n bir mingdan ortiq bankomatlari mavjud. Yigirma olti miliondan ortiq xususiy investor va to`qson ming kichik va o`rta korxonalarga xizmat ko`rsatadi. MHTB – Kanto Milliy Moliya Byurosi tomonidan ro`yxatga olingan moliya muassasi va Yaponiya qimmatli qog`ozlar dilerlari assotsiatsiyasi va Yaponiyaning moliyaviy fyucherslar assotsiatsiyasi a`zosi. MHSC – mijozlarning keng doiradagi ehtiyojlarini qondiradigan murakkab xizmatlar va optimal moliyaviy yechimlarni taqdim etuvchi investitsion bank. TCSB – Yaponiya banki bo`lib, banklar va sug`urta kompaniyalari uchun aktivlarni boshqarishni ta`minlaydi. 2021-yil avgust holatiga ko`ra uning kapitali ellik trilionni tashkil qildi. 2022-yil ma`lumotlarini topolmadim!!! MHIR – mijozlarga siyosiy va biznesga oid muammolarni hal qilishda yordam berish uchun maxsus konsalting va yangi texnologiyalarni birlashtirib turadi. Asset Management One – yapon aktivlarini boshqarish kompaniyasi. Bu Mizuho Financial Groupning shuba kompaniyasi bo`lib, Osiyodagi eng yirik aktivlarni boshqarish kompaniyalaridan biridir. MHPW – o`z mijozlarining ehtiyojlariga to`g`ri keladigan konsalting xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot. Bu xizmatlar mijozlarning moliyaviy maslalari bo`yicha maslahat berishdan tortib, boylikni boshqarish, biznes merosini tashkil etishdan tortib, mijozlarning shaxsiy maslalari, jumladan, mijozlarning o`zlari, shuningdek, oila a`zolarining salomatligi va bolalari ta`lim olishi bo`yicha maslahatlar beradigan tashkilot. 3. Bank boshqaruvi tarkibi Aksiadorlar kengashi: Masahiro Kihara – Mizuho Bank direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Trust and Banking direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Securities direktorlar kengashi a`zosi. Makoto Umemiya - Mizuho Bank direktorlar kengashi deputati. Mizuho Trust and Banking direktorlar kengashi deputati. Mizuho Securities direktorlar kengashi deputati. Tatsuo Kianaka – Takosyou Sogo yuridik idorasida advokat, Oriental Land korporativ auditori (tashqi). Bank boshqaruv kengashi: Yasuhiro Shibata – Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Mizuho Trust and Banking boshqaruvchi ijrochi direktori. Masamichi Ishikava - Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Yasihuko Ushikubo - Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Research and Technologies direktorlari o`rinbosari. Motonori Wakabayashi – Mizuho bank prezidenti o`rinbosari. Mizuho Trust and Banking boshqaruvchi direktori. Hiroaki Ehara – Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Mizuho Trust and Banking prezidenti o`rinbosari. 4.Bankning moliyaviy natijalari (2019 va 2020-yil misolida) (2019) (2020) ETF va boshqa fondlar bo`yicha umumiy sof biznes foyda va sof daromad: mijozlar va bozorlarning barqaror biznes ijrosi, o`tgan yilga nisbatan ko`rsatkichlarni 18.9 % ga oshishiga sabab bo`ldi. Kredit bilan bog`liq ko`rsatkichlar, deyarli tashkilotning kredit siyosatida korsatilganidek natija ko`rindi. Sof foyda – asosiy biznes ko`rsatkichlari barqaror o`sishi natiijasida sof foyda ham o`tgan yilgiga nisbatan 5 foizga oshgan. Umumiy kapital doimiy ravishda oshib bordi va natijada o`tgan yilgiga nisbatan 9.1% ga oshdi. Yillik naqd dividendlar esa rejada ko`rsatilganidek 75 JPY ni tashkil qildi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling