Mustaqil ish Mavzu: Mizuho financial group


Download 0.53 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1036173
Bog'liq
Mizuho financial group




Mustaqil ish

Mavzu: Mizuho financial group


XOLIQOV ADHAM FURQAT O‘G‘LI




Reja:

1.Bankning tarixi
2.Bankning tarkibiy tuzilishi va faoliyati
3. Bank boshqaruvi
4.Bankning moliyaviy natijalari.

1. Mizuho Holdings nomi ostida 2000-yilda Dai-chi Kangyo Bank, Fuji bank va Industrial bank of Japan birlashishi natijasida Mizuho paydo bo`lgan. 2003-yil yanvar oyida tashkil etilgan Mizuho financial group Mizuho Holdingsning bosh kompaniyasiga aylandi va biznesni qayta qurishga tayyorgarlik ko`rdi.2003-mart oyida MHFG Mizuho Holdingsning yagona aksiyadoriga aylandi, u o`z navbatida moliya bo`limlari uchun xolding kompaniyasi bo`lib xizmat qildi. 2005-yil 1-oktabrda Mizuho Holdingsning barcha bo`linmalari Mizuho Financial Group nazoratiga o`tdi.

2. Mizuho financial grouping tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:



  • Mizuho Bank (MHBK)

  • Mizuho Trust and Banking (MHTB)

  • Mizuho Securities (MHSC)

  • Trust and Custody Services Bank (TCSB)

  • Mizuho Research Institute (MHIR)

  • Asset Management One

  • Mizuho Private Wealth Management (MHPW)


MHBK – Yaponiya tijorat banki. Boshqaruv Kengashi Tokio shahrida joylashgan. Balans ko`rsatkichlari bo`yicha respublikadagi xususiy kredit tashkilotlari orasida ikkinchi o`rinda turadi. 1897-yil tashkil etilgan. Uning 515 ta filiali, o`n bir mingdan ortiq bankomatlari mavjud. Yigirma olti miliondan ortiq xususiy investor va to`qson ming kichik va o`rta korxonalarga xizmat ko`rsatadi.
MHTB – Kanto Milliy Moliya Byurosi tomonidan ro`yxatga olingan moliya muassasi va Yaponiya qimmatli qog`ozlar dilerlari assotsiatsiyasi va Yaponiyaning moliyaviy fyucherslar assotsiatsiyasi a`zosi.
MHSC – mijozlarning keng doiradagi ehtiyojlarini qondiradigan murakkab xizmatlar va optimal moliyaviy yechimlarni taqdim etuvchi investitsion bank.

TCSB – Yaponiya banki bo`lib, banklar va sug`urta kompaniyalari uchun aktivlarni boshqarishni ta`minlaydi. 2021-yil avgust holatiga ko`ra uning kapitali ellik trilionni tashkil qildi. 2022-yil ma`lumotlarini topolmadim!!!

MHIR – mijozlarga siyosiy va biznesga oid muammolarni hal qilishda yordam berish uchun maxsus konsalting va yangi texnologiyalarni birlashtirib turadi.

Asset Management One – yapon aktivlarini boshqarish kompaniyasi. Bu Mizuho Financial Groupning shuba kompaniyasi bo`lib, Osiyodagi eng yirik aktivlarni boshqarish kompaniyalaridan biridir.

MHPW – o`z mijozlarining ehtiyojlariga to`g`ri keladigan konsalting xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot. Bu xizmatlar mijozlarning moliyaviy maslalari bo`yicha maslahat berishdan tortib, boylikni boshqarish, biznes merosini tashkil etishdan tortib, mijozlarning shaxsiy maslalari, jumladan, mijozlarning o`zlari, shuningdek, oila a`zolarining salomatligi va bolalari ta`lim olishi bo`yicha maslahatlar beradigan tashkilot.

3. Bank boshqaruvi tarkibi
Aksiadorlar kengashi:
Masahiro KiharaMizuho Bank direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Trust and Banking direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Securities direktorlar kengashi a`zosi.
Makoto Umemiya - Mizuho Bank direktorlar kengashi deputati. Mizuho Trust and Banking direktorlar kengashi deputati. Mizuho Securities direktorlar kengashi deputati.
Tatsuo Kianaka – Takosyou Sogo yuridik idorasida advokat, Oriental Land korporativ auditori (tashqi).
Bank boshqaruv kengashi:
Yasuhiro Shibata – Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Mizuho Trust and Banking boshqaruvchi ijrochi direktori.
Masamichi Ishikava - Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori.
Yasihuko Ushikubo - Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Direktorlar kengashi a`zosi. Mizuho Research and Technologies direktorlari o`rinbosari.
Motonori Wakabayashi – Mizuho bank prezidenti o`rinbosari. Mizuho Trust and Banking boshqaruvchi direktori.
Hiroaki Ehara – Mizuho bank boshqaruvchi ijrochi direktori. Mizuho Trust and Banking prezidenti o`rinbosari.

4.Bankning moliyaviy natijalari
(2019 va 2020-yil misolida)

(2019)


(2020)
ETF va boshqa fondlar bo`yicha umumiy sof biznes foyda va sof daromad: mijozlar va bozorlarning barqaror biznes ijrosi, o`tgan yilga nisbatan ko`rsatkichlarni 18.9 % ga oshishiga sabab bo`ldi.
Kredit bilan bog`liq ko`rsatkichlar, deyarli tashkilotning kredit siyosatida korsatilganidek natija ko`rindi.
Sof foyda – asosiy biznes ko`rsatkichlari barqaror o`sishi natiijasida sof foyda ham o`tgan yilgiga nisbatan 5 foizga oshgan.
Umumiy kapital doimiy ravishda oshib bordi va natijada o`tgan yilgiga nisbatan 9.1% ga oshdi. Yillik naqd dividendlar esa rejada ko`rsatilganidek 75 JPY ni tashkil qildi.
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling