Mustaqil ish Mavzu: Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash, fan va ta’limning integratsiyon jarayonlari. Kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasidagi islohotlar. Reja


Download 101.55 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi101.55 Kb.
#1601421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 MavzuMustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash, fan va


Mustaqil ish
Mavzu:Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash, fan va ta’limning integratsiyon jarayonlari. Kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasidagi islohotlar.


REJA:

1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli


2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi
3. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi

1. Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Ta`lim to'g'risida»gi Qonun bilan kafolatlangan.


O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyul-dagi qaroriga asosan «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublika­sining Qonuni amalga kirdi.
Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.
Xalq ta'limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta'limi sohasini barcha yo'nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo'l ochdi.
Oliy o'quv yurtlari mamlakat ta'lim tizimida еtakchi bo'g'indir. Chunki oliy maktab O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o'sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, qat'iyatli mu-taxassislar shu bo'g'inda tayyorlanadi.
Ma'lumki, sho'rolar hukumati davrida hukmron tuzum o'zining jahonda eng insoniy, eng odil va eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o'qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxas-sislar soniga ko'ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.
Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko'rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko'p bo'lgani bilan jahoniy an-dozalar darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kom-munistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o'sha yolg'on va o'lik g'oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.
Shuning uchun O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta'lim sohasini ham tubdan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko'ndalang bo'ldi. Chunki sho'ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi. Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar еtishtiradigan o'quv muassasalari aksariyat Markazda - Rossiyada joylashgan bo'lib, ittifoqdosh respublikalar, xususan O'rta Osiyo mintaqasidan bu dar-gohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat che-garalangan edi. Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar еtishmaydi, degan muammo sun'iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming-minglab «o'z odamlari» jo'natilar edi.
Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi.
Viloyatlarda ham yangidan-yangi o'quv yurtlari ochildi. Pre­zident I. Karimovning 1992-yil 28-fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respubli-ka hukumatining izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir da-lili bo'ldi. Bunday yangilanishdan ko'zda tutilgan maqsad birinchidan, viloyatlarda oliy universitet ta'limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirishga, eng olis va chekka shahar-larni madaniy-ma'rifiy markazga aylantirishga asos bo'ldi. Ilmiy va ma'rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. Bu mamlakat aholisi ongi va dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Bevosita mehnat jarayoni bilan bog'liq odamlar endi ilmiy yangiliklardan doimo va o'z vaqtida xabardor bo'lib bor-dilar. Yangidan-yangi ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ixtirolar yaratil-gan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi.

Download 101.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling