Mustaqil ish mavzu: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi bajardi: Xurramov Lochinbek tekshirdi: toshkent-2022


Download 160.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.11.2023
Hajmi160.06 Kb.
#1794418
1   2   3
o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki 
auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida 
isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini 
bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta`sirli chiqadi.Nutq 
ta`sirchanligini oshrish uchun qilinadigan imo-ishora va boshqa 
xatti-harakatlar me`yorida bo`lishi kerak.
Nutqning ta`sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma`lum ma`noda, 
nutq sifatlari haqida aytilgan mulo-hazalarga yakun yasashdir. 
Chunki yaxshi nutqning fazilat-larini ko`rsatib o`tish, nutqda 
uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada 
ta`sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Nutqning maqsadga muvofiqligi 
Ma`lumki, so`zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab 
so`zlanadigan nutq ma`lum maqsadga yo`naltirilgan bo`ladi. Ya`ni 
so`zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko`zlab, til vositalaridan 
foydalanadi. Adabiy til me`yorlariga amal qilib so`zlangan nutq 
to`g`ri, aniq, toza, mantiqiy, ta`sirchan, demak, maqsadga muvofiq 
nutq sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, «Nutq faoliyatida muallif o`z 
oldiga qo`ygan maqsadni eng aniq, eng to`g`ri, eng yaxshi, eng 
ta`sirchan, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so`zlarni, so`z 
birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni 
yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin» 
Xullas, yaxshi nutq so`zlovchi va yozuvchidan savodxon-likni, katta 
mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon-dir. Umuman, nutq aniq 
va ravon, grammatik jihatdan to`gri shakllangan bo`lishi va orfoepik 
talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon 


qilinishi lozim bo`ladi. 
 
 
 
 

Download 160.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling