Mustaqil ish Mavzu: Oilada ota – ona va farzandlar ma’suliyati Tuzuvchi: Sharopov a tekshiruvchi: Davronov z reja: Tarbiya san`ati haqida tushuncha. Oilada ota va onaning o’rni. Farzandlarning oiladagi o’rni. Kirish
Download 94.16 Kb.
|
Falsafa Mustail ish
3.Farzandlarning oiladagi o’rni.
Ma'lumki, ota-onalar o‘z farzandlarini cheksiz mehr-muhabbat va shafqat, kuch-g‘ayrat va mablag‘larini darig‘ tutmay tarbiya qilib o‘stiradilar. Binobarin, har bir farzand zimmasiga ham aqlan, ham shar'an o‘z ota-onalariga nisbatan behisob burch va vazifalar yuklanadi. Har qaysi ota-ona o‘z farzandiga aqlini tanishi bilan kattalarni, xususan, o‘zining dunyoga kelishiga va ulg‘ayishiga, tarbiya topishi va ilmu odob o‘rganishiga sababchi bo‘lgan ota-onasi haqini ado etishni tushuntirib borishi kerak. Qur'oni karimning yigirmadan ortiq oyati karimalarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topishga amr qilinadi. Jumladan, Ankabut surasining 8-oyatida: «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik...» (Ankabut, 8) deyilgan. Darhaqiqat, Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni har bir musulmon kishiga farz qilgan. Shu sababli ularga yaxshilik qilish aka-uka, yoru-do‘stlarga va hatto farzandga yaxshilik qilishdan ham ustun turadi. Ota-onaga zinhor ozor bermaslik va ularning so‘zu fe'llaridan hech malollanmaslikka buyurib, quyidagicha xitob qiladi: «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!» Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: «Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!» (Isro, 23-24). «Ularga yoqimli so‘z» deganda ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki «otajon, onajon» kabi so‘zlar bilan yosh go‘daklardek avaylab muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmaslik, ular oldida o‘zini qul yoki cho‘rilardek tutish kabilarni tushunish kerak (Imom Nasafiy va Xozin tafsirlari). E'tibor bering, Haq taolo ota-onalar haqlariga duo va istig‘for aytib turishga buyurib, marhamat qilyapti: «Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: «Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!» (Isro, 24). Boshqa bir oyatda esa: «Ey Rabbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin!» deyiladi (Ibrohim, 41). Farzand har doim ota-onasining so‘zlariga quloq solishi va ularga itoat qilishi lozim. Ammo ota-ona biror gunoh ishga buyurishsa, ularga itoat qilinmaydi. Masalan, ota o‘z o‘g‘liga do‘konga borib mast qiluvchi ichimlik olib kelishni buyursa, bu holatda otaga itoat etilmaydi, balki qo‘pollik qilmasdan, shirinso‘zlik va muloyimlik bilan tushuntiriladi. Janob Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) ham ko‘plab hadisi shariflarida farzandlarni ota-onalarga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topish uchun harakat qilishga buyurganlar. Jumladan: «Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning noroziligiga qarab bo‘ladi», deyiladi (Tabaroniy rivoyati). Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimizdan (alayhissalom) rivoyat qiladilar: «Qaysi bir solih farzand o‘z ota-onasining yuzlariga mehru shafqat nazari ila boqsa, Haq taolo u kishining har bir qilgan nazariga bir haj qilganning savobini bergay». Shunda sahobalar so‘radilar: «Yo Rasululloh, bir kunda yuz marta boqsa ham, yuz hajning savobi yozilaveradimi?» Onhazrat: «Albatta, Alloh taolo karami keng, ulug‘ zotdir va ajru savoblarini yaxshi bandalaridan darig‘ tutmagay», deb javob berdilar. Ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: Bir kishi yig‘lab qolgan ota-onasini tashlab hijrat qilish uchun Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) oldilariga bay'at berishga kelganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Ularning oldiga qaytgin va ularni qanday yig‘latgan bo‘lsang, shunday kuldirgin”, dedilar. Yana bir hadisi sharifda bir kishi kelib janobi Sarvari olamdan so‘radi: «Ota-onam vafot etdilar. Endi ularga nima qilsam, zimmamdagi haqlarini ado etgan bo‘laman?» Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Ota-ona vafot etgach, farzandlarning zimmalariga vojib ishlar, avvalo, ularga janoza namozi o‘qish, vaqti-vaqti bilan duoyu istig‘forlar aytib turish, qilib ketgan barcha vasiyatlarini ijro etish, ularga yaqin bo‘lgan yoru do‘st, qarindoshlarini izzatu hurmat qilish, ota-ona tarafidan bo‘lgan qavmu qarindoshlarga silai rahm bajo keltirish, qabrlarini ziyorat qilib turish, birovlardan qarz yoki omonat olgan bo‘lishsa, ularni egalariga yetkazish», deb javob qilgan ekanlar. O‘tib ketgan ota-onalarning ruhlari shod bo‘ladigan amallarning eng ulug‘i ular qoldirib ketgan farzandlarning solih va qobil bo‘lishlaridir. Agar farzand o‘zini yomon yo‘llardan, gunoh ishlardan saqlab, rushdu hidoyat, toat-ibodatda yuradigan bo‘lsa, buning savobidan o‘zi va zurriyotlarigina emas, balki o‘tib ketgan ota-onalar ham albatta bahramand bo‘lishadi. Oilaning muallimasi ona bo‘lsa, uning posboni va ustuni otadir. Farzandga otaday mehribon, otaday g‘amxo‘r kishi yo‘q. Farzandning dunyoga kelib, hayotda o‘z o‘rnini topishida uning alohida xizmatlari bor. Ota oilani moddiy jihatdan ta'minlaydi: oilasi, farzandlari yashashi uchun uy-joy hozirlaydi, ustlariga libos topadi, yemak-ichmagi payidan bo‘ladi. Ta'lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadi, uylab-joylaydi. Boringki, har bir oilaning ravnaqi va kamoli yo‘lida eng ko‘p jon kuydiradigan kishi otadir. Otalar farzandlarining chin inson bo‘lib ulg‘ayishlari, ta'lim-tarbiya olishlari, kasbu hunar o‘rganishlari yo‘lida jonlarini, mollarini, kuch-g‘ayratlarini sarflashadi. O‘g‘il-qizlarining axloq-odobini, ilm-salohiyatini o‘nglashadi. Farzandga kelgan balo-qazolarga ko‘ksilarini qalqon qilishadi. Shuning uchun ularning bu xizmatlarini bilish va qadriga yetish, buning shukronasi uchun ularga itoatda bo‘lish, farzandlik burchini o‘tashga hamisha shay turish lozim. Chunki adolat mezoni ularning bu g‘amxo‘rlik va xizmatlarini munosib taqdirlashni taqozo etadi. Bir kuni kelib kechagina navqironlik va baquvvatlikdan masrur yurgan ota keksayib, qaddi dol bo‘ladi. Sog‘lig‘idan putur, ko‘zlaridan nur ketadi, har ishda boshqalar yordamiga muhtoj bo‘lib qoladi. Hayot qonuniga ko‘ra, kechagi ojiz va notavon farzand bugun ulg‘ayib, kuch-quvvatga to‘ladi, aqli, fikri, iqtidori yuksaladi. Ana shunday paytlarda farzandlar otalaridan insonlik qarzlarini uzishlari, ya'ni chiroyli muomala qilishlari, ular sha'niga dog‘ tushirmaydigan, munosib insonlar bo‘lishlari, qo‘llaridan kelganicha yordam berishlari kerak bo‘ladi. Qur'oni karimning bir necha oyati karimalarida ota-onalarga yaxshilik qilish buyurilgan. Ammo ayrim yoshlarimiz bu ilohiy amrni unutib qo‘yishyapti. Yashirib nima qilaylik, oramizda otalariga qo‘pol, yomon muomalada bo‘ladiganlar, iltimoslarini bajarishni «esdan chiqarib» qo‘yadiganlar ham bor. Ularning dilini og‘ritadigan, o‘zining yomon xulqi bilan el orasida otasini sharmanda qiladigan, otaga hatto qo‘l ko‘tarishgacha boradigan nobakor farzandlar ham uchrab turishi sir emas. Eng achinarlisi, ba'zi noqobil o‘g‘il-qizlar boylik va imkoniyatlari bo‘lgani holda, otalari keksayib, madad va daldaga muhtoj bo‘lib qolganlarida ularni e'zozlab parvarishlash o‘rniga yo qarovsiz tashlab qo‘yishadi, yo qariyalar uyiga jo‘natishadi. Keksaygan otalarining xonadonga keltiradigan barakotlaridan manfaatlanish, duolarini olish o‘rniga, aksincha, diydoriga zor qilib, xo‘rlashadi. Bu borada Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qiladilar: «Otalaringizni hurmatlab, ularga yaxshilik qilinglar, farzandlaringiz ham sizlarga yaxshilik qilishadi». Dono xalqimizda «ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «nima eksang, shuni o‘rasan», «ota rozi – Xudo rozi» kabi ajoyib hikmatlar bor. Otalar ko‘nglini topish, hamisha xizmatiga shay bo‘lish, hadyalar berib, xursand qilish, har jabhada ular roziligini topish farzandning asosiy burchlaridandir. Farzand ota-onaga qancha yaxshilik qilmasin, o‘zining dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan zotlar mukofotini hech vaqt ado eta olmaydi. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Bola otasi mukofotini qaytara olmaydi, faqat otasi qullik azobida yurgan bo‘lsa-yu, farzand uni sotib olib, ozod qilsagina mukofotini qaytargan bo‘lishi mumkin». Solih ajdodlarimiz otalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatishda, ularni rozi qilib, farzandlik burchlarini sharaf bilan o‘tashda avlodlarga ibrat va namuna bo‘lishgan. Umar ibn Zar aytadi: «Agar kunduzi yursam, o‘g‘lim odob yuzasidan ortimda kelar, kechasi esa menga biron ozor yetishidan qo‘rqib oldimda borar, mendan yuqorida bo‘lmaslik uchun hatto men turgan uy tomiga ham chiqmas edi». Fazl ibn Yahyo Barmakiy otasi bilan tutqunlikda turganida havo sovuq bo‘lib, ertalabki izg‘irinda tahorat olishga otaning toqati yetmas edi. Shunda o‘g‘li Fazl suvli idishni isitish uchun ertalabga qadar uxlamay, chiroq yonida ushlab o‘tirar va iligach, otasi tahoratiga berar edi. Imom Tovus aytadi: «To‘rt toifa insonlarni hurmat qilish sunnatdir: olimni, oqsoqolni, sultonni va otani. Kishining ota ismini aytib chaqirishi qo‘pollikdir». Ota-onaning, ayniqsa, otalarning farzand zimmasidagi haqlari o‘ta muhim va e'tiborga loyiqdir. Shuning uchun har bir farzand hamisha ota ko‘nglini olish, duolariga sazovor bo‘lish, xizmatlarida kamarbasta turish, yaxshi ishlari, hadyalari bilan xursand qilish payida bo‘lishi lozim. Yaxshi farzandlar esa bunday yaxshiliklarni ota vafotidan keyin ham davom ettirishadi, duo va istig‘forda bardavom bo‘lishadi, uning do‘st va aqrabolarini yo‘qlab turishadi, solih amallari bilan sha'nini pok saqlashadi. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki oilada tartib va tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Har bir oila davlatning jamiyatning bir bo’lagi hisoblanadi. Shu tufayli oila mustahkamligini taminlash oilada tarbiyani oshirish har bir ota-onaning, har bir farzandning burchidir. Agarda oilada tartib bo’lmasa, tarbiya ustun bo’lmasa bunday oila parokandalikka yuz tutadi va kelajakdagi bir qancha oilalarning ham buzilishiga sabab bo’ladi. Chunki yomon tarbiya muhitida o’sgan farzandlar kelajakda ham yaxshi oila boshlig’i bo’la olmaydi. Shu tufayli har biro ta ona farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishi kerak. Tartib tarbiyali yoshlar bizning buyuk kelajagimiz asoschilaridirlar. Download 94.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling