Mustaqil ish Mavzu: Oquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yonalishlari va ularni qollash
Mavzu: Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish
Download 57.17 Kb.
|
Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish
Mavzu: Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish
Taqdimot muharrirlarining maqsadi turli jarayonlar uchun taqdimotlar yaratishdan iborat. Bu maqsadda MicroSoft firmasi foydalanuvchilarga Power Point dasturini yaratgan. Slaydlar yaratishning usullarini Power Point 2016 varianti orqali tanishamiz. Power so‛zining ma’nosi “biror bir narsaga jon bag‛ishlash” yoki “qurilmalarni yoqish” kabi ma’nolarni anglatadi. Point so‛zining ma’nosi esa “nuqta” degani. Demak, Power Point so‛zining ma’nosi “nuqtani ishlatish”, “nuqtaga jon kiritish” ma’nolari bilan mos keladi. Power Point taqdimot yaratish dasturlari ichida eng yaxshisi va qulay dastur hisoblanadi. Sababi WORD, Excel dasturlari bilan ishlashni o‛rgangan foydalanuvchilar uni tez o‛zlashtiradilar. Ma’ruzachi biror axborotni tinglovchiga yetkazishda namoyish materiallaridan foydalanadi. Namoyish materiallari qog‘oz, elektron, plyonka, va prospektlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Power Point ushbu ko‘rinishdagi namoyish materiallarini tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy dastur hisoblanadi. Power Point dasturida inson faoliyatidagi (biror sohada) namoyish uchun to‘plangan materiallarni slaydlarga joylashtirish, ularni multimedia (matn, audio, video, animatsiya va grafik ob’yekt)lardan foydalanib shakllantirish, masalan: matn mazmunini rasm ko‘rinishida tasvirlash, maxsus effektlar yordamida bezash orqali tezkor taqdimotlar yaratishni ta’minlaydi. Power Point dasturi vа uning ish оynаsi Power Point dasturida ikkita asosiy tushuncha mavjud, slayd - multimedia tizimlarini ko‘rsatuvchi sahifa va taqdimot - slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, u bitta faylda saqlanadi. Power Point boshqa dasturlar bilan chambarchas bog‘langan. Power Point taqdimotlarini yaratishda Word matnlarini, Excel elektron jadvallarini va grafikani bog‘lash mumkin. MS Power Point dasturi yordamida turli mazmundagi ma’ruzalar, hisobotlar, dasturlar va shu kabi hujjatlarni slaydlar tarzida tayyorlash mumkin. POWER POINT dasturining imkoniyatlari quyidagilardan iborat:: • Taqdimot (prezentatsiya) va slaydlar tashkil qilish; • Rasm va grafiklarni slaydlarga joylashtirish; • WEB uchun taqdimot (prezentatsiya) tashkil qilish; • Internetda hamkoplikda ishlash; • MS OFFICE dasturlari bilan hamkoplikda ishlash. Power Point 2016 dаsturini ishga tushirish Power Point 2016 dаsturini yuklаshdаn оldin Windows 10 аmаliyot tizimi dаsturini yuklаsh lоzim. Bu esа sоddа, yа’ni hоzirgi pаytdа kоmpyuter yuklаnishi bilаn аmаlgа оshаdi. Power Point dаsturini yuklаsh jаrаyoni quyidаgichа: “Sichqоnchа” ko‘rsаtkichi ekrаnning quyi qismidа jоylаshgаn Пуск (Start) tugmаchаsigа keltirilib chаp tugmаsi bоsilаdi. So‛ngra ekranda hosil bo‛luvchi dasturlar ro‛yxatidan PowerPoint 2016 tanlanadi va “sichqоnchа” chap tugmasi bosiladi: Natijada kompyuter ekranidagi quyidagi boshlang‛ich oynadan dastur taklif qilayotgan slaydlarning ko‛rinishlardan biri, masalan, [Пустая презентация] tanlanadi. Natigada ekranga Power Point 2016 dasturining ish oynasi hosil bo‛ladi: Tez foydalanish paneli– foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez-tez foydalanib turiladigan buyruqlarning belgisini joylashtirish va zarur bo‛lganda foydalanish imkonini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo‛shish uchun panelning oxiridagi tugmaga kelib “sichqoncha” chap tugmasini bosish kerak. So‛ng ro‛yxatdan kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sarlavha satrida ayni vaqtda tayyorlanayotgan hujjatning (faylning) nomi va muharrirning nomi aks etadi. Excelda tayyorlanayotgan taqdimot (презентация) deb nomlanadi. Download 57.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling