Mustaqil ish mavzu: O’zbekiston hududidagi ilk shaxarlar. Bajardi: Qarshiboyeva Humora. Qabul qildi: Egamberdiyeva Nigora. Toshkent 2023 Reja


Download 36.3 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi36.3 Kb.
#1558611
Bog'liq
Qarshiboyeva Humora


Arxeologiya fanidan.



MUSTAQIL ISH

Mavzu: O’zbekiston hududidagi ilk shaxarlar.



Bajardi: Qarshiboyeva Humora.
Qabul qildi: Egamberdiyeva Nigora.
Toshkent 2023


Reja.
Kirish.

  1. O’zbekiston hududidagi ilk shaxarlar.

  2. Jarqo’tondagi ilk shahar.

  3. Antik davrda rivojlangan ilk shaharlar

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Qadimgi shaharlar haqida so‘z borganda odatda ishlab chiqarish qurollari, madaniy salohiyati yuqori bo‘lgan, maxsus professional hunarmandchilik va savdo funksiyalarini bajaruvchi qurilish inshootlari zich, yirik aholi punktlari tushuniladi. Ammo qadimgi qurilish inshootlari ham shahar bo‘la olmagan. Eneolit davri yodgorliklarida ana shu manzarani kuzatish mumkin edi. Namozgohtepa, Qoratepa, Oltintepalarning eneolit davriga oid quyi qatlamlari uyjoy xo‘jalik komplekslari qalin yirik aholi punktlari edi. Shuning uchun ham qadimgi shahar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy strukturasi sifatida tarixiy kategoriya va sotsial buyurtma hisoblanadi. Shuning bilan bir vaqtda uning struktura – funksional sohalari yagona sistema sifatida namoyon bo‘lib, bunga shaharning rivojlantirilishi, hajmi, ishlab chiqarish markazi, monumental qurilish binolari, shahar madaniyati singari elementlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘lishi, bu jarayon esa undagi yangi sifatiy jihatlari bilan xarakterlanadi (Masson V.M., 1973, 3). Shunday ekan, avvalo, dehqonchilik muzofotlarida yirik aholi punktlarining shahar darajasiga ko‘tarilish uchun dastlab ular maydonidagi zich grajdan qurilish binolari orasida baland monumental arxitektura inshootlarining bo‘lishi va yirik aholi punktlari atrofida mudofaa devorlarining paydo bo‘lishini taqozo qiladi. Qadimgi mudofaa inshootlari har xil funksiyani bajarishga qaratilgan edi. Xullas, mudofaa inshootining xarakteri qadimgi shahar qiyofasini belgilaydi. U birinchi navbatda ijtimoiy harbiy funksiyani hisobga olgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning mudofaa devorlari baland, qalin va murakkab mudofaa elementlariga, ya’ni burj, mustahqam darvoza, nishon tuynuklari singari jihozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Baland, monumental arxitektura ansambllariga kelganda, u bevosita ijtimoiy, diniy-ideologiya kvartallari joylashgan shahar markazi hisoblanadi. Bu markaz o‘z navbatida shahar hokimi xonadoni va qohinlar yashaydigan «aristokratiya kvartali» bo‘lib, uning asosini hokim saroylari, ibodatxona inshootlari tashkil etadi. Ingliz progressiv arxeologi G.Chayld ana shunday Ilk shaharlarda 5 mingdan kam bo‘lmagan aholi yashagan bo‘lishi kerak, deydi. Darhaqiqat, Qadimgi Sharqda maydoni 1-12 gektardan kam bo‘lmagan shahar davlatlar tashkil topgan bo‘lib, ularning aholi zichligi bir gektarga 400-500 kishidan iborat bo‘lgan. Lekin bulardan ancha kichik shaharlar ham bo‘lgan. Masalan, Kichik Osiyodagi Knos shahrining maydoni 3,5 gektar bo‘lgan holda, unda shahar struktura tuzilishiga xos bo‘lgan barcha elementlar mavjud edi. Qadimgi shaharlarga xos bo‘lgan yana bir muhim xususiyat – ularda maxsus mahallalar, magistral ko‘chalar va kanalizatsiya sistemasining tashkil etilishi bilan ham bog‘liqdir.

Bular qadimgi shaharlarga xos tashqi belgilar edi. shu bilan birga uning ichki strukturasi, mazmuni bilan bog‘liq elementlar ham borki, ularsiz shahar o‘ziga xos to‘liq ma’nodagi shahar bo‘lolmaydi. Shaharning ichki strukturasi birinchi navbatda uning rivojlanish bosqichiga bog‘liq (Asqarov A.A., 1984, 29-34). Dastlabki shaharlar qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq oazisning markazi sifatida shakllandi. Bunday shaharlar bir necha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, uning ichki mazmunini savdo – hunarmandchilik, harbiy-ma’muriy boshqarish tashkil etadi. Qadimgi vaqtlarda o‘z ichki mazmuni jihatidan qo‘proq savdo-hunarmandchilik funksiyasini bajaruvchi shaharlar ham bo‘lgan. Lekin ular doimo dehqonchilik va chorvachilik mintaqalari bilan faol aloqada bo‘lganlar. Qadimgi shaharlarning funksional tiplari hech qachon abstraqt holda vaqt va zamonda hamda tarixiy jarayonlardan tashqarida tashkil topgan emas, balki murakkab ijtimoiy organizm bo‘lib, u butun sotsial-iqtisodiy sistemaning asosiy qismi va buyurtmasi hamda uning muhim ichki yangi sifat mazmuni hisoblanadi (Masson V.M., 1973, 3). Qadimgi shaharlar har qanday joylarda ham tashkil topavermagan. Insonlar uchun, avvalambor, eqologik, tabiiy sharoiti ma’qul, oziq-ovqatga, suv zahiralariga serob hududlar hisobga olingan. Bu holat aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabi yo‘lidagi xo‘jalik ixtirolarini yaratishdan iborat edi. Bunday holat o‘z navbatida aholining dehqonchilik muzofotlarida bir markazga zichlashishiga imkon berardi. Ana shunday xo‘jalik ixtirosi ibtidoiy sayyoh ovchi xo‘jaligidan qo‘nim dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish, dehqonchilikda esa sun’iy sug‘orishni joriy etish, hunarmandchilikning qator sohalarini, jumladan, birinchi galda kulolchilik charxiga asoslangan hunarmandchilikning joriy qilinishi, metallurgiya, to‘qimachilik, zargarlik singari va boshqa sohalarning davriga nisbatan yuksak rivojlanishini taqozo etadi. Amerika arxeologi Brayvudning yozishicha, Qadimgi Sharqning dehqonchilik jamoalarida aholi zichligi termachiovchilar zamonasiga nisbatan 100 barobar ortgan (Asqarov A.A., 1984). Qadimgi shahar markazlarining vujudga qelishiga muhim turtqi bo‘lgan iqqinchi omil – hunarmandchilikning dehqonchilik xo‘jaligidan ajralib chiqishi edi. F.Yengelsning bu faqtori ibtidioy ishlab chiqarish jamoalarida sodir bo‘lgan iqqinchi yiriq ijtimoiy mehnat taqsimoti deb ataladi (Yengels F., 1981, 313-334 va 380-385). Ana shu tarixiy voqeliq tufayli hunarmandchilik xo‘jaligining marqazlashish jarayoni sodir bo‘ldi. Bu soha bo‘yicha qator professional mutaxassisliqlar vujudga qeldi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sistemasidan hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi, uning qator professional sohalarining tashkil topishi bilan bir vaqtning o‘zida shahar ichki strukturasining shaqllanishini ta’minladi (Asqarov A.A., Jo‘raqulov M.J., 1984, 157-162). Shahar madaniyatini shaqllantirish jarayonining uchinchi omili – jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning kelib chiqishi va shu bilan birga jamiyatni boshqarish organlarining o‘zgarishi hamda murakkablashib borishi edi. Dehqonchilik qadimgi shaharlarni tirikchilik oziqasi bilan ta’minlovchi asosiy baza hisoblanardi. Dehqonchilik esa qishloq xo‘jaligida mavsumiy va davriy qompaniyadir. Ayniqsa, O‘rta Osiyo sharoitida bu xo‘jalik ishi birlashgan katta quchni talab qilardi. Bu xo‘jalikni boshqarish, doimiy ravishda kengayib borayotgan dehqonchilik dalalariga ishlov berish, suv bilan ta’minlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan yirik magistral kanallar qazish, to‘g‘onlar qurish, ayniqsa, bahorgi suv toshqinlarini jilovlash, ekinzorlarni muntazam suv bilan ta’minlab turish singari qatta mehnattalab ishlar endilikda urug‘ jamoalarining qo‘lidan kelmas edi. Dehqonchilik vohalarida aholi zichligining tobora ortib borishi tufayli yangidan yangi yerlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talab oshib borardi. Bu voqeliq zaruriyati endi ibtidioy jamoalarni boshqarish tizimini tubdan o‘zgartirishni talab qilardi. Endi bu tabiiy zaruriyat tufayli avvalgi urug‘ jamoalarini boshqaruvchi urug‘ va qabila kadxudotlari o‘rnida yirik aholi punktlarini boshqaruvchi diniy va dunyoviy xokimiyat – qohinlar va muruvvatli aristokratiya vujudga keldi. Bu ijtimoiy hodisa shahar ijtimoiy-iqtisodiy strukturasida sodir bo‘lgan mulkiy tengsizlikning kelib chiqishi, sinfiy jamiyatning tug‘ilishi bilan va shaharning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq edi (Asqarov A.A., Jo‘raqulov M.J., 1984, 160).

0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. 0 ‘zbekistonning janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Samarqand, Farg‘ona, Qarshi vohasi hududlarida ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza davriga kelganda vujudga keldi. Ungacha bu hududlarda ko'chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni Andronova va Tozabog‘yob madaniyatlari aholisi yashab kelgan. 0 ‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi etakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza va ilk temir davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar va ular asosida qishloqlar tashkil etiladi. Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va unihg chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida sodir boMgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi. 0 ‘rta Osiyoning janubiy va janubi-g‘arbiy tumanlari dehqonchilik madaniyatining o‘choqlariga aylandi. Uning cho‘l va dasht zonalarida chorvadorlar va 0 ‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy, markaziy hududlaridagi daryo etaklarida dehqonchilik madaniyati tarkib topa boshladi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha boMib ajralib chiqishi qonuniy zaruriyat boMgan. Bronzadan yasalgan qurollari mehnat unumdorligini oshirdi, takroriy sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko‘paydi, yangi erlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari-metal- lurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida gMshtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari qurila boshlandi. Chorvadorlar zonasida ot va eshakdan transport sifatida foydalanishga o‘tildi. Gupchakli gMldirakli aravalar paydo boMdi, jamiyat hayotida monogam oila tarkib topib, hayotda otalar etakchi boMa boshladilar, patriarxat davri boshlanib, urug‘ jamoasi emirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakl- landi. Qo‘shni mamlakatlar. ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar oM'tasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda, bir-biri bilan aralashib, yangi etnoslaming shaklla-nishi va ulaming madaniyatlari vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg‘iziston, Qozoqiston cho‘llarida yashagan Andronova madaniyati chorva- dorlari miloddan avvalgi II ming yillik o'rtalarida 0 ‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog‘yob, Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan.


Jarqo‘ton yodgorligi sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar hisoblanadi. U Bo‘stonsoyning chap sohilicfa joylashgan boMib, 100 ga maydonni egallagan. Bu erning aholisi ham dehqonchilik bilan shug‘ullanib, kamida 500 yil shu erda yashaganlar. Jarqoton uch qismdan iborat. Uning arki 3ga maydonni egallagan. Arkning atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. U erda hukmdoming qarorgohi joylashgan. Mudofaa devori somon qo‘shilgan xom gMshtdan ishlangan. Devor qalinligi 3m, balandligi 5-6m boMgan. Hozirda saqlangan qismi 1 m gacha boradi. Devor kvadrat shaklidagi burjlar bilan mustahkamlangan. Arkka kirish darvozasi janub tomonda joylashgan. Arkda hukmdor saroyi alohida ajralib turadi. Saroyda ko‘p oddiy xonalar boMib, saroy maydonida 20kv.m supa joylashgan. Arkning sharqiy tomonida bir necha uy-joy massivlari topilgan. Ular 1,5 m qalinlikdagi supa ustiga qurilgan. Bu erda ko‘p xonali hovlilar ochildi. Har bir hovlida 2-3 ta o‘choq topilgan. Shaharning janubida 20 ga maydonni egallagan shahar qabristoni topilgan. JarqoMonda otashparastlik ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning atrofi 4,5 m qalinlikdagi devor bilan o‘rab olingan. Ibodatxona ikki qismdan - muqaddas ziyoratxona va xo'jalik qismlaridan iborat boMgan. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida boMib, 35x35 metrga teng. Uning tarkibida muqaddas olov, muqaddas quduqlar, altarlar va 4 bosqichga doir tosh yoMaklar boMgan. Bular erga, suvga, olovga s|gMnish unsurlari hisoblanadi. Ibodatxonaning ishlab chiqarish-xo'jalik qismida muqaddas ichimlik-xaoma tayyorlaydigan xona, mozor inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga ajratilgan oziq- ovqat ombori joylashgan. Ibodatxonada xech kirn yashamagan, u faqat olovga sig‘inish bilan bogMiq boMgan urf-odatlar va diniy marosimlar o‘tkazish markazi boMgan. Hozirgi kunda Janubiy 0 ‘zbekiston territoriyasida 20 dan ortiq bronza davri yodgorliklari topilgan. Bular Jarqo‘ton, Bo‘ston, Kultepa, Maydatepa, MoMali va boshqalar boMib, ular asosan, Surxandaryo viloyatining Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi hududlarida joylashgan. Bu yodgorliklami o‘rganish natijasida Sopollitepa madaniyati qadimgi Sharq sivilizatsiyasining ajralmas bir qismi ekanligini ko‘rsatdi.


Uzunqir - yodgorligi Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan. U mil.avv. VIII-VII asrlarda kichik manzilgoh sifatida shakllanib, mil.avv.VII-VI asrlarda 70 ga maydonni egallagan vohaning ma’muriy markaziga aylangan. To‘g‘ri burchakli burj, shinaklarga ega boMgan mustahkam mudofaa devoriga ega boMgan. Hozirgi paytda mudofaa devorining bir qismi saqlanib qolgan. Mudofaa devorining qalinligi 1,85 metr boMib, pastki qismi guvaladan, yuqori qismi esa paxsa va xom gMshtdan qurilgan.

Yodgorlik 1981 yilda ToshDU OMta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan sopol idishlar, bronza va temirdan yasalgan mehnat va harbiy qurollar shaharda hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqladi. Shuningdek, dehqonchilik va bog‘dorchilik ham rivojlanganligini isbotladi. Mil.avv. VII-VI asrlarda Navtaka deb atalgan viloyat markazi Uzunqir bo’lgan. Mil.avv. III-II asrlarda viloyat markazi yangi shaharga, ya’ni hozirgi Kitob shahri o‘rniga ko‘chadi. Uzunqir 0‘zbekiston hududidagi ilk shahar namunasi hisoblanadi.


Chust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela boshlagan. So‘nggi bronza davri shakllangan yirik qishloqlarida mudofaa devorlari barpo etiladi. Shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lib, ark va shaxriston ham mudoffa devori bilan o‘ralgan. Mudofaa devori qoldiqlari Chust qishlog‘ida va Ashkaltepadan topilgan. Chustda xom g‘ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5 metrga teng. Chust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi qatlamidan doira shaklida qurilgan ko‘plab o‘ralar topilgan. Masalan. Chust makonida 60 ta, Chimboyda esa 16ta shunday o‘ralar ochilgan. Bu o‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. Ba’zilari kulba desa, ba’zilari uni g‘alla o‘ralari deb talqin qiladi. Akademik A.Asqarov ham uni g‘alla o‘rasi deb hisoblab, ularning maydoni kulba uchun juda noqulay ekanligini ta’kidlaydi.
Mil.avv. VI asrda 0 ‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari «Katta Xorazm» qabilalar konfederaciyasi va Qadimgi Baqtriya podsholigi mavjud boMib, ular o‘ziga xos madaniyatni shakllantirganlar. Ilk davlatlar keyinchalik Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan boMsalarda, madaniy rivojlanishda mahalliy elementlar saqlanib qolgan. Faqat sopol idishlarining ishlash uslublari, arxitektura elementlari, davlatni boshqarish tartiblari va pul birliklari kirib kelgan. Bu davrning madaniy rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o‘rganilgan. Arxitektura, hunarmandchilik, dehqonchilik, zargarlik, tikuvchilik va kulolchilik kabi sohalar rivojlangan. Surxondaryo, Qashqadaryo, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vodiylarida yirik hunarmandchilik markazlari vujudga kelgan. Arxeologlar shu hududlardan yirik qal’alarning izlarini topishgan. Shulardan biri qadimgi Samarqand - Smarakansa ning qadimgi markazi Afrosiyob yodgor- ligidir. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Afrosiyobdan mil. avv. VI-IV asrlarga oid qadimgi shahar izlari topilgan. Uning umumiy maydoni 219 gektami tashkil qilgan. Bu erdan sopol idishlar, temir va bronzadan ishlangan ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlari va qurol yarogMar topilgan.

XX asrning 60-70 yillarida V.A.Shishkin va Ya.G‘.G‘ulomovlar rahbarligida keng koMamli arxeologik tadqiqotlar olib borilib, 1966 yilda Afrosiyobni «arxeologik qo‘riqxona» deb e’lon qildilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida shahaming yoshi, tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari va saroy qoldiqlari ochildi. Tadqiqotlar natijasida 1970 yilda Samarqandning 2500 yillik yubileyi keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida arxeologik va ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida o‘zbek arxeolog olimlari professor M.Isomiddinov, A.Anorboev va tadqiqotchi A.Otaxo‘jaevlar fransiyalik arxeologlar Pol Bemar va Franc Grene bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada Afrosiyobning eng quyi madaniy qatlamlarini o‘rganish jarayonida er sathidan 10-15 m. chuqurlikda miloddan avvalgi IX-VII asr o‘rtalariga oid ashyolar topildi; qoMda yasalgan rangli naqsh berilgan sopol idishlaming parchalari, 7 metr qalinlikdagi guvaladan tiklangan mudofaa devori qoldiqlari va boshqalar. Topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida ^‘rganildi va ular miloddan avvalgi VIII asr, ya’ni Samarqandning 2750 yoshga ega ekanligi isbotlandi. Qadimgi Xorazm hududidan Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Oybuyirqal’a va Dingilji qo‘rg‘onlari topib o‘rganilgan.




Xulosa.
O‘rta Osiyoda va xususan, O‘zbekistonda shaharlashish yoqi urbanizatsiya masalalarini o‘raganishda V.M.Masson, A.Asqarov, Yu.F.Buryakov, V.I.Gulyaev, A.S.Sagdullaev, P.Adams, V.I.Sarianidi, e.V.Rtveladze, Yu.V.Andreev, E.V.Sayko, T.Sh.Shirinov kabi olimlarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. Bu tadqiqotlar shuni qo‘rsatdiki, so‘nggi bronza davri va Ilk temir asrida O‘rta Osiyo janubiy mintaqalarida yashagan xalqlar tarixida muhim burilish davri bo‘lgan. Zero, bu davr ibtidioy jamiyat tuzumining jadal tarzda inqirozi, sinfiy munosabatlar va davlatchilikning vujudga kelishi bilan xarakterlanib, aynan shu davrda jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda dastlabki shaharlar paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyo ilk shaharlar tarixini qiyosiy o‘rganishda sivilizatsiyaning birlamchi o‘choqlari hisoblangan Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Mezoamerika va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, qadimgi sivilizatsiyaning dastlabqi o‘choqlari jahonning turli mintaqalarida va sharoit, xususiyatlari bilan bog‘liq holatda vujudga kelgan bo‘lsa-da, ular sinfiy jamiyatga, davlatchilik va shahar madaniyatiga o‘tish jarayonlarini yagona dialektik xususiyat birlashtirib turadi. Masalan, birinchi sivilizatsiyalar jamiyati sotsial strukturasini qaraydigan bo‘lsaq, bu jarayon eski va yangi dunyoning qaysi mintaqasida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, u tarixiy taraqqiyotning umumiy qonuniyati asosida namoyon bo‘ladi.1 Arxeolog, urbanolog V.I.Gulyaev yangi dunyodagi qadimgi Mayya jamiyatining sotsial strukturasini ochib berishda Mesopotamiya va Misr manbalaridan unumli foydalangan. Taniqli olim V.M.Masson ham turli qit’alarda tashkil topgan birinchi sivilizatsiyalarni boshqalari bilan taqqoslab o‘rganishni ma’qullaydi. Ammo V.M.Masson va ayrim tadqiqotchilar, jumladan, K.K.Lamberg – Karlovskilar O‘rta Osiyoda bronza davrida vujudga kelgan oazis (voha) sivilizatsiyasi birlamchi o‘chog‘ bo‘lmasdan, balki u qo‘shni mamlakatlar hududidagi sivilizatsiya, xususan, Mesopotamiya, Eron, Hindiston ta’sirida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, degan mulohazalarni olg‘a suradilar.2 Ammo taniqli arxeolog olimlardan A.Asqarov, T.Shirinov bunday tezislar jamiyat tarixiy taraqqiyoti umumiy qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kid etadilar, ya’ni bu mualliflar O‘rta Osiyo janubida tashkil topgan shahar madaniyati va sinfiy jamiyat mutlaqo mustaqil ravishda vujudga kelganligi va birinchi sivilizatsiya tashkil topgan mintaqalar singari u ham o‘sha qonuniyatlarni o‘zida to‘la aks ettirgan, degan yangi xulosalarni bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Egamberdieva N.A. Arxeologiya. (0 ‘zbekiston arx asosida). Metodik qo‘Hanma. -Т.: 2008.

  2. Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток // -М. – Л, 1964, 26 б.

  3. Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 21-22 бб.

  4. Лапко Г.М. географияеские подходы к изучению городов // Зоны и этапы урбонизации. ТД региональной конференции. –Наманган, т.: «Фан», 1989, 61 б.

  5. Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 22 б.

  6. Массон В.М. Древние цивилизации Средней Азии // Древние цивилизации. М.: «Мысль», 1989, 61 б.

Download 36.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling