Mustaqil ish mavzu: O'zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ishsizlikni o'ziga


Download 172 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi172 Kb.
#1613617
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ishsizlikni o\'ziga xos xususiyatlari

XULOSA


Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini bartaraf etish, ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz:ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va faol qatnashuvchi bo‘lishi zarur; mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan jadal hal etishni ko‘rsatmoqda.Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur.Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim:
iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga muvoffiq ravishda kasbiy-malaka tizimi bo‘yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga oshirish;korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini 
baholashni tashkil etish, kasbi va malakasi bo‘yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo‘lgan talabni ob’ektiv hisobini amalga oshirish;statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talabning to‘liq hisobini yuritish;Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari funksiyalarining to‘liq bajarilishi uchun mehnat bozorida raqobatchilik muhitini shakllantiruvchi va uning turli segmentlaridagi faoliyatlar samaradorligini ta’minlovchi ixtisoslashgan va universal davlat mehnat birjalarini yaratish hamda ularning davlat ish bilan bandlik xizmati organlari bilan ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro aloqadorliklarini va hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish zarur.




Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling