Mustaqil ish mavzu: pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari bajardi: O’ralboyev azamat tekshirdi: G’ofurov olimjon reja


Download 451.77 Kb.
bet6/10
Sana08.03.2023
Hajmi451.77 Kb.
#1248861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish TU-22 Azamat

Natural pullar
Jamiyatning dastlabki davrlarida to'lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko'rinishida bo'lgan.
Natural pullar - bu real ko'rinishga ega bo'lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o'zida aks ettirilgan bo'lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma'lum bir tovarning pul o'rnida foydalanishda uning iste'mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1.Hayvonlar shaklida: Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo'y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
2.Buyum shaklida: Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3.O'simlik shaklida; Bularning tarkibiga turli o'simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug'doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Natural pullarning paydo bo'lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o'rtada bo'lgan, birgalikda iste'mol qilgan, keyinchalik bir urug'ga mansub kishilar qabila - qabila bo'lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir - biriga yordam berishi, oziq - ovqatlarni baham ko'rishi kerak bo'lgan. Bu beg'araz tartibda amalga oshirilib, buning o'rniga ular bir - biridan hech narsa umid qilmagan, hammanarsa o'rtada bo'lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug'chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti - vaqti bilan ular o'rtasida dahshatli qonli to'qnashuvlar bo'lib turgan. Ushbu to'qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g'alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon-taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste'mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar o'rtasida bir tomonlarna ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar yerlarni o'zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo'la iste'mol qilingan bo'lsa, endi ma'lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o'rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o'rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi (l-rasmga qarang). Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo'lib, ular o'z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar - pullar hisoblanadi. Masalan, tosh asrida Yevropada eng ko'p tarqarIgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko'ra ular juda yirik bo'lib, ayrimlarini og'irligi 40 kg ni tashkil etgan. Yevropada kremnivie boltalar juda keng tarqalgan bo'lib, unga ega bo'lgan kishilar juda boy va mavqeyi yuqori hisoblangan. Agar Yevropada bolta juda keng tarqalgan to'lov vositasi hisoblansa, Rossiyada iste'mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan.
Masalan, iste'mol tovarlar ichida buqalar asosiy to'lov vositasi sifatida tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto yerlar ham buqalar bilan o'lchangan. Manbalarga ko'ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug'ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to'lov vositasi sifatida qo'ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi natijasida bug'doy o'lchov bililigi vositasida foydalanilgan. Bug'doyni uzoq saqlash imkoniyati bo'lmaganligi, u ma'lum muddat o'tgandan so'ng buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig'onoqlari, tosh bolta va shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan. Qadimda natural pullar turli ko'linishda bo'lib, ulardan to'lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta'sir qilgan.
Xususan:
- odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo'lgan buyumlar;
- mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
- kamyob buyumlar va ularni yetishtirishning murakkablik darajasi;
- uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.

Download 451.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling