Mustaqil ish mavzu: Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish


-rasm. O‘zbekistonda korxonalarning innovatsion faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili


Download 82.66 Kb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1299823
1   2
Bog'liq
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish

1-rasm. O‘zbekistonda korxonalarning innovatsion faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili

2. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari
O’zbekistonda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari asosida mamlakatimiz investitsion jozibadorligi uchun keng ko’lamda ishlar bajarilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investorlarni jalb etish uchun qulay shart sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi.
Aytish kerakki, O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator qulayliklarga ega. O’zbekiston jahon xamjamiyati oldida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Hozirgi kunda O’zbekistonning investitsion salohiyatini oshirish masalasiga iqtisodiy o’sishni ta‘minlash nuqtai nazaridan katta e‘tibor qaratilmoqda. Investitsiyalarning mavjudligi va yetarli darajadaligi – iqtisodiyot rivojlanishini asosiy shartidir. O’zbekistonning kelajakda rivojlanishining asosiy omillaridan biri – bu jalb etilgan va samarali o’zlashtirilgan investitsion resurslar miqdori hisoblanadi. Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oqilona foydalanishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmini shakllantirish, hamda investitsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish – bu davlatimizning eng asosiy strategik vazifalaridan biridir.
Bugungi investitsion siyosat kredit qo’yilmalarni jalb etishni ko’paytirishga qaratilgan bo’lib qolmay, balki to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarga qaratilgandir. Ular xususiy sektor faotiyatini aktivlashtiradilar, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradilar, yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanishni yengillashtiradilar.
O’zbekiston bozoriga to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalarni yanada jalb etish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy o’rganib chiqish;
- to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlarni amalga oshirish;
- qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining ishonchliligini oshirish;
- yirik ishlab chiqarish korxonalari qimmabaho qog’ozlarini birlashmalar, investitsion fondlar, kompaniyalar, banklar ishtirokida xalqaro fond bozorlarida joylashtirish va hokazo.


Xulosa
Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishning taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyoti tahlili ko‘rsatishicha, ushbu mamlakatlarda bozor mexanizmining amal qilishida davlat va xususiy sheriklik tamoyiliga ustuvorlik qaratilgan hisoblanadi.
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi, innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur.
Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling