Mustaqil ish mavzu: sanoat mahsulotlarining material va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishlari


Download 335.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi335.09 Kb.
#1505517
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH

2. Neft sanoati. 
Neft-mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb qiladi. Undan 
xalq xo`jaligining turli tarmoqlari uchun bir necha o`nlab muhim 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904 
yilda Farg`ona vodiysi (Chimyon)da ochilgan edi. O`sha paytda undan 
278 m. chuqurlikdan sutkasiga 130 t. neft qazib olingan. Shu yilning 
o`zida Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ish 
boshladi. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda 
Farg`ona vodiysi (Janubiy Olamushuk, Polvontosh Andijon)da va 
Janubiy O`zbekistonda (Xaudak, Lalmikor) yangi neft konlari ishga 
tushirildi. Koplab neft konlarining o`zlashtirilishi bilan 1959 yilda 
Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Biroq har ikkala zavodning 
ishlab chiqarish quvvati kam bo`lib, neft mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj 
chetdan keltirish hisobiga qondirilar edi. Mustaqillik tufayli neft 
sanoatida keskin burilish yuz berdi. Buxoro va Qashqadaryo 
viloyatlarida ko`plab yirik (jumladan, Ko`kdumaloq) konlarning ishga 
tushirilishi natijasida neft qazib olish keskin o`sdi. Agar 1960 yilda 1,6 
mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olingan bo`lsa, 1980 
yilda-1,3, 1990 yilda-2,8, 1997 yilda-7,9 va 2004 yilda-6,6 mln. tonna 
neft qazib olindi. Neft mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni to`la ta`minlash 
va neft mustaqilligiga erishish maqsadida 1993 yildan boshlab 


12 
Fransiyaning "Teknep" firmasi, Yaponiyaning "Marubeni" va "Jey-Ji-
Si", Turkiyaning "Gama" kompaniyalari sarmoya va mutaxassislari bilan 
hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida neftni qayta 
ishlash zavodini qurish boshlandi. Mazkur zavodning birinchi navbati 
1997 yilning 22 avgustida ishga tushdi. Farg`ona neftni qayta ishlash 
zavodi ham chet el firmalari ishtirokida batamom yangi jihoz va 
texnologiya bilan qayta ta`mirlandi. Endilikda mamlakat neftni qayta 
ishlash sanoati korxonalarida jahon andozalariga mos keladigan 50 dan 
ortiq xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda: yuksak oktanli benzin 
(shu jumladan, B-92 aviabenzin), aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel 
yoqilg`isi, koks, parafin, motor moylariga qo`shilmalar, yengil 
avtomobillar uchun motor va surkov moylari, kerosin, bitum, mazut va 
h.k. Bu mahsulotlar mamlakat ichki ehtiyojini qondiribgina qolmay, 
ularning ayrimlari xorijiy davlatlarga eksport ham qilinmoqda. 
Respublikada neftning asosiy qismi (92 foizi) Qashqadaryo 
viloyatida qazib chiqariladi. U biroz miqdorda Andijon, Surxondaryo, 
Farg`ona, Buxoro viloyatlarida ham qazib chiqariladi. 

Download 335.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling