Mustaqil ish mavzu: “Seminarga tayyorgarlik” Bajardi: Mamadaliyeva Munisa Tekshirdi


Download 70.27 Kb.
bet8/25
Sana20.09.2023
Hajmi70.27 Kb.
#1682830
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Iste\'dod va ijod Mamadaliyeva

3) DOKLAD TAYYoRLASh

Mustaqil ishning maqsadi: ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, nazariy tadqiqot metodlarini egallash, talabalar mustaqil tafakkurini shakllantirish.
Doklad - ma’lum vaziyatga tegishli tadqiqot yoki masala mazmunini o’zida ifodalovchi axborotni mujassamlashtirgan hujjat, rasmiy xabar hisoblanadi.


Doklad turlari:
1. Og’zaki doklad – amalga oshirilgan ish yuzasidan o’qiladi va uning natijalarini tushuntirishning samalari vositalaridan hisoblanadi.
2. Yozma doklad:
-qisqa ( 20 betgacha) – tadqiqot natijasida olingan eng zarur axborotni ifodalash imkoniyatini beradi;
-batafsil (60 betgacha) – matn bilan birgalikda diagrammalar, jadvallar, rasm, ilovalar, havolalarni o’z mazmunida aks ettiradi.
Topshiriqni bajarish

1) Doklad mavzusini aniq belgilab olish
2) Mavzuga oid adabiyotlarni tanlash va o’rganish (darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar, bibliografiya, ilmiy jurnallar,loyihalar, grafik-sxemalar, organayzerlar, ko’rsatkichlar, ma’lumotnomalar asosida)


3) Rejani tuzish;

4) Dokladni tuzishda quyidagi talablar qo’yiladi:
-doklad strukturasi mavzu dolzarbligini asoslovchi qisqacha kirish, asosiy matn, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’ladi.
- doklad mazmunida umumiy holatlar aniq misollarni tushuntirish va mustahkamlash orqali ifodalanishi lozim. Shuningdek darslik yoki o’quv qo’llanmalarning ma’lum bir boblari qaytadan takrorlanmasdan ularni ijodiy talqin etish va masala ezasidan o’zining shaxsiy munosabatini bildirish etakchi o’rinni egallashi lozim
5) Mustaqil ishni belgilangan talablar asosida bajarish


Mustaqil ish natijalari :
  • talabalar ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil etish va ularni aniq ta’limiy va tadqiqiy vazifalarni echishda qo’llash qobiliyatlariga ega bo’lishadi.


  • Tadqiqiy vazifalarning original echimini topishda shaxsiy kreativ qobiliyatlari namoyon bo’ladi;


  • Ijodiy ravishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ko’nikmalarini takomillashtirishtiradilar.






Download 70.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling