Mustaqil ish mavzu: shtrixli kodlash
Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim
Download 103.35 Kb.
|
SHTRIXLI KODLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat kodi Davlat nomi
- Davlat nomi
Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim
davlatlarning EAN kodi
O‘zbekiston Respublikasida shtrix-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili O‘zstandart qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ‘ib etishdir Albatta, bunda xalqaro meyoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" nomli qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan iste’molchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi. Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi; ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi; resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi; hujjatlar aylanishini qisqartiradi; mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish mumkin; boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish. Xulosa Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi. Biroq xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish yordamida hal etilishi mumkin. Buning uchun sertifikatlashtirish yo‘li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablari ro‘yxatini kengaytirish lozim bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. M.N.Ziyaeva, G.A.Sultonova. Tibbiyot tovarshunosligi. O`quv darslik. ―Fan‖ nashriyoti, Toshkent, 2008, 318 bet. 2. М.Н.Зияева, Г.У.Тиллаева. Медицинское товароведение. Изд-во «Фан‖ Ташкент, 2008, 390 стр. 3. M.N.Ziyaeva. Tibbiyot tovarshunosligi. O`quv darslik. ―Cho‘lpon‖ nashriyoti, Toshkent,2012,318bet. 4. ‖Iste‘molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖ O‘zbekiston Respublikasi 1996y.26.04. Qonuni. Yunusxodjaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati. 1-kitob. T., 2001 5. Закон РУз ―Об охране здоровья граждан‖от 29 августа 1996г. Yunusxodjaev A.N. O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati. 1-kitob. T., 2001 Download 103.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling