Suvli isitish tizimida kengaytirish sig‘imi Suvli isitish tizimida kengaytirish sig‘imi Tabiiy aylanma harakat qilayotgan issiq suv qurilmalarida o'rnatilgan kengaytiruvchi idishning vazifasi quyidagilardan iborat: 1.barcha issiqlik qurilmalaridan havoni chiqarib yuborish; 2.suvning isitilishi natijasida hosil bo'lgan hajmiy kengayishni o'z ichiga qamrab olish 3. issiqlik qurilmalarining suvga to'lganligini nazorat qilish. Bundan ko'rinadiki, kengaytiruvchi idish issiqlik qurilmalarining asosiy bo'linm as bir qismi ekan ∆V=α*Vs*∆t bu erda: ∆V - suvning hajmiy kengayishi, m3; α= 0,0006 - suvning hajmiy kengayish koeffitsiyenti; Vs - isitish tizimining barcha bo'limlaridagi suv hajmi, m3; ∆t - isitish tizimini ishga tushirishdan ilgarigi harorati bilan tizimdagi hisobiy haroratlar o'rtasidagi arifmetik farq. Suvning hajmiy kengayishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Issiq suvni isitish tizimlarida harakatga keltiruvchi asosiy uskuna nasoslar hisoblanadi. Nasoslar qozon qurilmalarida elevator tugunlariga yordamchi uskuna sifatida o 'rnatiladi. Ularning bir turi ishlab turuvchi ishchi nasos, ikkinchi turi zaxira nasoslar deb yuritiladi va ular vaqti-vaqti bilan almashtirilib ishlatiladi. Nasoslar qaytaruvchi issiq suv magistral quvurlariga ulanadi. Suv bilan isitish tizimlaridagi nasoslarning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi; VN =(3,6Qi.t )/c(ti-tq)pis bu yerda: VN - nasosiarning haydashi lozim bo‘lgan suv m iqdori, mVsoat; Qi.t - isitish tizimining issiqlik quvvati, Вт; ti - issiq suvning boshlang‘ich harorati, °C; tq - issiq suvning qaytishdagi harorati °C; p - issiq suvning zichligi kg/m3; с - suvning solishtirm a issiqlik sig‘imi, dJ/(kg °C).
Do'stlaringiz bilan baham: |