Mustaqil ish mavzu: ta`lim mazmuni reja


Download 83.68 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1796131
  1   2
Bog'liq
Ta`lim mazmuni




MUSTAQIL ISH


MAVZU:TA`LIM MAZMUNI
Reja:
1.Ta`lim mazmuni tushunchasing umumiy xususiyatlari.
2. Ta`lim mazmunini loyihalash tomoyillari va mezonlari.
3. Ta`lim mazmuni belgilab beruvchi meyoriy hujjatlar.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Xulosa .

Kirish:
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi.


Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.


Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.


Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra):
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.

Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:


Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasiham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari»1 deya sharhlangan.

Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.


«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»1.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib,
uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:

- didaktik maqsad asosida;


- ta’lim mazmuni asosida;


- o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;


- o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.


O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.


Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso‘y fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda etakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.

Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.


Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi
2)Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo‘yicha qo‘llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
1.Materialni og‘zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish o‘qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o‘ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o‘qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda o‘qituvchining o‘quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo‘yish, rejani e’lon qilish, o‘quvchilar faoliyatini boshqa oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o‘qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda o‘qituvchining o‘quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo‘yish, rejani e’lon qilish, o‘quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi.
2.Suhbat. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash va savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat.
O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
1.Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi. O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o‘quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda aks etadi
2. O‘qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O‘quvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o‘quvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi.
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
3.Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O‘quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo‘llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
4. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o‘zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O‘qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
5. Ijodiy mashq. Ushbu metod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o‘qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.O‘qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o‘zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko‘rsatish hamda to‘g‘rilashdan kabi holatlarda namoyon bo‘ladi1.Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo‘yicha tizimlashtirilgan metodlar – og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o‘zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to‘g‘ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq SHo‘ro umumta’lim maktablarining o‘quv jarayonida metodlarning cheksiz ko‘pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o‘quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to‘g‘ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g‘oya» mohiyat jihatidan noto‘g‘ri bo‘lishiga qaramay, o‘n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o‘rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo‘yicha ham, didaktik maqsadlar bo‘yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo‘llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab etildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab o‘quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o‘quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o‘zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o‘qituvchi holati ... bo‘yicha farqlanadi1.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o‘quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo‘lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko‘rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O‘qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
- Tushuntirish;
- Harakatni ko‘rsatish;
- Dalillardan xabardor qilish;
- o‘quvchining materialni anglab etishini rag‘batlantirishga yo‘naltiruvchi usullar;
- turli didaktik materiallardan foydalanish
- axborotlarni qabul qilish;
- o‘quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;
- o‘quv materialini tushunish
Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o‘quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishiga ularni ko‘a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang‘ich sinflarda o‘qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- avval o‘zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo‘yicha so‘rov;
- o‘quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;
- masalalarni echishdagi o‘quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;
-o‘quv harakatlari ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish
- turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;
- namuna bo‘yicha topshiriqlarni bajarish;
- mashqlarni bajarish;
- namunaviy masalalarni echish usullarini egallash;
- namunaviy masalalarni echish algortmini egallash
Evristik ta’lim metodini qo‘llashda o‘qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O‘qituvchi bilimlarning bir qismini o‘quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o‘quvchilar bilish topshiriqlarini echish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi, o‘zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o‘quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o‘quvchilarni masalaning mohiyatini o‘rganishga jalb etish;
- echim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko‘rsatish;
- masalani bosqichlarga ajratish;
-evristik suhbat
- evristik suhbatda qatnashish;
- masalani echish rejasini olg‘a surish;
- izlanuvchan harakat usullarini egallash;
- masalalar echish yo‘llarini izlab topish
Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va echishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin
Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. CHizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat echimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning echimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.

Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda echimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning echimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.


O’quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalash.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. Talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi.

Ta’lim jarayoni bo’yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat: ta’lim loyihasini tayyorlash va loyihani amalga oshirish.


1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o’qituvchi yoki ekspert a’zolari tuza olish faoliyatining mahsuli bo’lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida pedagog va talabalarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi.


Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma’lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta’lim mazmuni o’rganiladi, u yoki bu mavzuni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, pedagog va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo’yicha o’tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o’zlashtirish usuli oldindan belgilab qo’yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.


2. Ta’lim loyihasini amalga oshirish. Ta’lim loyihasi bevosita ta’lim sharoitida amalga oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:


- o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan talabalarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish, o’zlashtirish me’yorlarini aytib berish;


- talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag’batlantirish, ular diqqatini bo’lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o’rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg’otish, o’qish-o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish, emostiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to’liq o’zlashtirishga oid o’zgarish, qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;


- bo’lim yoki mavzu bo’yicha to’plangan bilimlarga ishlov berish.


Ta’lim jarayoni stoxastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqudlodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. O’rganilgan bilimlarga ishlov berish jarayonida ham joriy nazorat natijalariga asoslanib loyihaga yangi o’zgarish, qo’shimcha va tuzatishlar kiritiladi;


- bo’lim yoki mavzu bo’yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o’quv holatlariga tatbiq qilish, oraliq nazorat natijalariga ko’ra mavzu yoki bo’lim bo’yicha axborot to’plash, to’plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida talabalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, talabalarning bilim va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasidagi kamchiliklarini ko’rsatish, guruhdagi har bir talabaga yakuniy nazoratgacha bajariladigan qo’shimcha topshiriqlarni berish, ularni o’quv materialini yanada atroflicha o’zlashtirishga rag’batlantirish;


- yakuniy nazoratning asosiy vazifasi talabalarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o’zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o’zlashtirgan talabalarni ogohlantirish, qo’shimcha topshiriqlar berish kabilardan iborat.


2. Loyihalash jarayonining ob’ekti va muammolari. Loyihalash hozirgi kunda pedagogik jarayonning muhim tomonlaridan bo’lib, malakali ishlab chiqilgan pedagogik jarayon texnologiyasi va boshqa ob’ektlar o’qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilarni shaxs sifatida shakllantirishda salbiy ta’sir etuvchi faktorni yo’qotib, shu bilan birga har bir ta’lim oluvchiga pedagogik tizim tomonidan qabul qilingan individual sharoitlar yaratadi.


Pedagogik loyihalashning umumiy algoritmi quyidagilardan iborat:


· Loyihalash ob’ektining tahlili.


· Loyihalash shakllarini tanlash.


· Loyihalashtirishni nazariy ta’minlash.


· Loyihalashtirishni metodik ta’minlash.


· Vaqt bilan ta’minlash. (ma’lum vaqt va hajmda ishlash).


· Loyihalashni moddiy va texnik ta’minlash.


· Loyihalashni huquqiy ta’minlash. (pedagogik tizim va jarayonda)


· Kompyuter orasidagi aloqani yo’lga qo’yish.


· Hujjatlarni rasmiylashtirish.


· Loyihaga mutaxassislarning bahosi.


· Loyihalarni tasdiqlash va foydalanishga berish.


Loyihani tasdiqlashda birinchi o’rinda tayyorlangan loyiha kafedra himoyasiga beriladi, so’ngra tegishli markazlarga yuboriladi. Bu markazlar loyihaning yutug’i, maqsadi, o’quv materiallarining mazmuni, metodlari va shakllariga o’z bahosini chiqaradi.


3. Ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish


Ta’limda yoshlarni bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish jarayonida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash ta’lim tizimida foydalanilayotgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, talabalarning o’zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi. Albatta ta’lim tizimini samarali bo’lishi pedagog kadrlarning tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. Pedagog birinchi galda o’z kasbini sevishi, hurmat qilishi, talabaga katta qiziqish va mehr bilan qarashi, jamiyat oldidagi o’zining katta mas’uliyatini his qila olishi shart. Pedagog har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o’quv materiallarini to’g’ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan bo’lishi pedagogik vaziyatga qarab ulardan o’rinli foydalana olishi, o’z faoliyatini tahlil qila olishi va xulosalar chiqara olishi kerak.


Ta’lim oluvchilarning asosiy o’quv faoliyati bilimlarni o’zlashtirish bo’lib, quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: o’quv materiallarini qabul qilish, fikrlash, egallab qolish va qo’llash. Bu komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib, o’quv jarayonida ketma-ket qo’llanilib butun bir o’quv jarayonini tashkil etadi.


Ta’lim oluvchining o’quv materialini qabul qilishi.


O’quv materialini qabul qilish o’quv jarayonining eng muhim qismidir. O’quv materialini yaxshi qabul qilinishi o’quv ishlab chiqarish faoliyatida mustahkam fundament rolini o’ynaydi.


O’quv materialini samarali o’zlashtirishning ichki sharoitlari.


O’quv materialini samarali o’zlashtirish uchun eng avvalo ta’lim oluvchining ichki ehtiyoji bo’lishi kerak. Ichki o’zlashtirish javob bergandan imtihongacha esda saqlanib javob berib bo’lganidan keyin esdan chiqadi. O’zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim oluvchining faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi. CHunki ta’lim oluvchi berilayotgan materiallarga qiziqsa va o’z ustida ishlasa o’zlashtirishning eng yuqori cho’qqisiga erishishi mumkin.


O’zlashtirishning ichki faktlaridan yana biri berilayotgan materialni ta’lim oluvchi tomonidan tushunishdir. CHunki ta’lim oluvchi mavzuni tushunmasa, qancha o’z ustida ishlamasin, oldingi mavzular bilan bog’liq bo’lmasa, mavzuning o’zlashtirilishi sodir bo’lmaydi va juda sayoz bo’ladi.


Qabul qilishning tashqi faktorlari.


O’quv materialini qabul qilishning asosiy faktorlari asosan o’quv materialining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Uning qiyinligi, o’quv materialida qo’llaniladigan texnik materiallar aniq va abstraktligiga, amaliyotga bog’liqligiga qarab farq qiladi.


Eslab qolish.


O’quv materialini qabul qilishning eng muhim komponenti bu yangi materialni eslab qolishi va xohlagan vaqtda uni nazariy va amaliy qo’llay olishdir. Ta’lim oluvchi o’quv materiali bilan faol ishlaganda uni yaxshi eslab qolib, samarali qo’llaydi. Eslab qolishning eng asosiy samaradorligi ta’lim oluvchining irodaviy xususiyatlariga bog’liq.


Bilimlarni qo’llashda ko’nikma va malakalarni shakllantirish.


Bizga ma’lumki bilimlarni amaliy faoliyat davomida qo’llay bilish, bilimlarni egallaganlik darajasini ko’rsatadi. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay bilish, ya’ni laboratoriya ishlarini bajarish davomida egallagan bilimlar asosida uy vazifasini bajarish, bilimlarni mustaqil egallashdan iborat. Bu jarayonda bilimlar kengayib mukammallashib chuqur o’zlashtirilgan bilimga aylanadi.


Ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatini tashkil qilishda o’z ustida mustaqil ish olib borishi ham muhim ahamyait kasb etadi. SHaxsiy bilimlarni oshirish, ta’lim olishning alohida turi hisoblanib, o’z-o’zini o’qitish jarayoni ko’proq ta’lim oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik shartlar quyidagilar hisoblanadi:


Ta’lim oluvchining shaxsiy kasbiy malakasining yuqoriligi.


Mutaxassislarning bilim darajasi mehnatni raqobatbardoshligini ko’taradi.


Hozirgi zamon texnologiyalari va mutaxassislar faoliyati ishsizlikni keltirib chiqarib, ishsizlarni yangi mutaxassislik turiga qayta o’qitishni taqoza etadi.


Dunyo iqtisodiyotining rivojlanishi mutaxassis kadrlar bilimini mukammallashib boriga olib keladi.


Ta’limning samaradorlik mezoni


Asosiy samaradorlik kriteriyasiga mutaxassislik kiradi:


· malakaviy faoliyatda mustaqillik hissi;


· mehnat xavfsizligiga amal qilgan holda texnik talablarni bajarish;


· ishlab chiqarishda vaqt va normalarni bajarish;


· kasbiy faoliyatda fikrlash va o’z-o’zini nazorat qilib borish;


· mehnat madaniyatiga qat’iy amal qilish;


· mehnat faoliyatiga ijodiy yondoshish;


· bajarilgan ish uchun mas’uliyat his qilish kabilar kiradi.


4. Oiladagi tarbiyaviy majburiyatlar va vazifalar.

Oila jamiyatning bir bo’lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.


Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga ta’sirini ko’rsatganidek, oiladagi o’zgarishlar ham jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi.


Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. SHu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshqa oilani mustahkamlash bilan bog’liq masalalarga qaratildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv bo’lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.


Ko’rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli, tafakkuri chuqur - bir so’z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.


Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o’zi nima va uning maqsad, vazifalari nimalardan iborat?


Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.


Mo’’jazgina bir qal’a qurildi. Endi bu qal’ada bekinmachoq o’ynalmaydi. YOshlikdagi o’yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o’rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko’nikmasini his qilib, oila maqsad va vazifalarini tushunib, uqib bormog’i lozim.


Oila maqsadi – ikki jinsning o’zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.


Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo’jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan ta’minlash hamda jamiyatga sog’lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.


Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi majburiyatlari


Komil farzandli bo’laman, baxtli oila quraman degan maqsad bilan oila qurdingiz. Ammo bu maqsadga erishish farzand tarbiyalashdagi muhim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko’rishni taqozo etadi.



Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling