Mustaqil ish Mavzu: Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari Reja: Xufyona iqtisodiyot haqida tushuncha Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari


Download 28.59 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1342048
1   2   3
Bog'liq
Hujjat

Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari
20-asrning 70-yillar ikkinchi yarmi- 80-yillarning boshlarida rivojlangan mamlakatlar olimlari va siyosatchilari amaldagi iqtisodiyot ko‘lamlari rasmiy iqtisodiyot ko‘lamlaridan ortiqroq ekanligini aniqladilar. E. Feyg xufyona iqtisodiyot ko‘lami 70-yillarning oxirida AQSh rasmiy YaIM ning uchdan bir qismini tashkil etishini baholadi. Bu baho AQSh Kongressining Iqtisodiy qo‘mitasida maxsus muhokama qilindi. Faygning fikriga ko‘ra, har bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya’ni ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‘rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi. 1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Uning materiallari asosida rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalari nashr etilgan.
Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. to‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ihiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarni o‘z ichiga oladi.
2. Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
3. Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.
5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash
6. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va Qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning Alohida elementlarini baholash
Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini Ko‘rib chiqamiz.
1.Tafovut usuli. Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va Statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin.
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash. Ushbu usuldan xonadon xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar xajatlardan kam bo‘lib chiqadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash. Ushbu usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin Iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi.
Tovar oqimlari usuli. Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat) makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
2.Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul) “Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida) bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir. Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham ulrdan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir. Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi. Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu tarmoq yutug‘i shundaki, daromadlari to‘g‘risida so‘‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha insonkun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi. Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2) hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida.
3. Monetar usul. Ushbu usul yashirin iqtisodiyotning muhim bir jihatiga asoslanadi: agar qonuniy iqtisodiyotda anchadan beri deyarli barcha hisob-kitoblar naqdsiz pul yordamida amalga oshirilsa, yashirin iqtisodiyotda bitim tuzishda naqd pullardan foydalaniladi. Ushbu g‘oyadan konkret foydalanishning ko‘pgina variantlari mavjud. Bular – pul operatsiyalari hajmi tahlili, naqd pulga bo‘lgan talab tahlili, hamda ekonometrik usullar. Pul massasi hajmini kuzatish orqali yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasiga baho berish mumkin. Har bir mamlakatda pul massasi markaziy bank tomonidan emissiyalanadi va uning hajmi ma’lumdir. Ammo ushbu mezonni tanlash doimo ham to‘g‘ri emas, chunki foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar ko‘pgina jarayonlarga bog‘liqdir (masalan, inflyatsiyaga). Bir tomondan pul massasini va taqdim etuvchi veksellari hajmini, ikkinchi tomondan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi suratlarini taqqoslash ishonchliroqdir.
Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha ravishda daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini beradi. Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni ayrirboshlashda to‘lov vositasi sifatida taqdim etuvchining qimmatli qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir. Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin. Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar qo‘lidan o‘tib boradi.
4. Ekspert usuli. Ekspert baholashlardan foydalanish murakkab va kam o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi. Oddiy manbalardan ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab chiqiladi. Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki, malakali ekspertni topish qiyin.
5. Texnologik koeffitsiyentlar usuli elektr quvvati ishlab chiqarish va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi mumkin.
6.Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.
7. Tarkibiy usul ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga asoslangandir. Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida olingan ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda tebranib turadi. Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli, lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish. Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi. Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda kammchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning yo‘nalishlaridan sanaladi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda xufiyona iqtisodiyotning o‘rtacha darajasi YaIM 17,2 foizini tashkil qiladi, ammo bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda farq qiladi. Masalan, eng past ko‘rsatkich Shveytsariyada: 8,6 %, Xitoyda – 12,9 %, Rossiyada – 43,6 %, eng yuqori ko‘rsatkich Boliviyada – 66,4 %.



Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling