Mustaqil ish mavzulari Urug’mevali daraxtlarning monolioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Download 0.64 Mb.
bet10/20
Sana06.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1436055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari fitopotologiya

Qalqondor (Apus Concriformis Schaff) (Diaspididae qalqondorlar oilasi, Homoptera to‘g‘riqanotlilar turkumi)
Qalqondorlar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Zangiota tumani, O‘rta Chirchiq tumanida sholiga qattiq zarar yetkazadi. Bu zararkunanda qattiq zararlaganda sholini batamom nobud qiladi. Ko‘p hollarda hosilni 20–30%, hatto 50% siyraklatib yuboradi.
Qalqondorlar O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kavkazorti davlatlari, Shimoli-g‘arbiy Yevropa va Hindistonda uchraydi. Lekin bu zararkunandalar hasharotlar sinfiga kirmaydi.
Apus Concriformis tuban qisqichbaqasimonlarning barg oyoqli qisqichbaqalar (phullopede) turkumi, jabra oyoqlilar (Vranchopoda) kenja turkumiga kiradi.
Uning bo‘yi 2,5 sm keladi, tanasi 42 ta sigmentga bo‘lingan, oxirgi sigmenti ikki ayri shaklida bo‘lib, uzunligi 5 sm ga yetadi. Zararkunandaning old qismi 1,6–2,7 sm kenglikdagi qalqon bilan qoplangan, uning bargsimon oyoqlari nafas olish organi rolini o‘ynaydi, boshining old qismida ikkita ko‘zi bor. Uning rangi yashil, kulrang, ba’zan ochpushti rang bo‘ladi. Uning lichinkasi Nauplius deb ataladi. Naupliusda sigmentlar bo‘lmaydi, balki uch juft suzish oyoqlari bo‘lib, bu oyoqlar og‘iz teshigi yoniga o‘rnashgan. Tuxumi qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda, diametri 5 mm keladi. Qalqondorlar sholi maysalari hamda har xil chuvalchanglar, mayda baliqlarni yeb kun kechiradi.
Ularning sholi maysalarini yeb ziyon yetkazishdan ko‘ra, tez harakat qilib sholi ildizlarini uzib yuborishi bilan yetkazadigan zarari kattaroq bo‘ladi. Bunda shikastlangan o‘simlik suv betiga chiqib qurib qoladi. Zararkunanda kech ekilgan sholilarni 2–3 ta ildiz chiqarganda qattiq zararlaydi.
Apus conzriformis oqmaydigan yoki sayoz oqadigan suvlarda tez ko‘payadi, uning harakati kechasi susayadi. Kunning ikkinchi yarmida u aktiv harakat qiladi. Kun qattiq qiziganda, suv tagiga tushib balchiqqa ko‘milib ketadi. Uning urg‘ochisi iyun oyida tuxum qo‘yadi. Uning tuxum xaltachasida 77 tadan 110 tagacha tuxum bo‘ladi. Tuxumni kunning ikkinchi yarmida tuproqqa 3 sm chuqurlikka 27 tadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Sholipoyaga har gektarga suv sathi 5–10 sm bo‘lganda 200 kg ammoniy selitra solish yaxshi natija beradi. Sholipoyalarda karp balig‘i va o‘rdak boqish ham qalqondorlarni yo‘qotadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling