Kurash choralari. Sitrus o„simliklari vegetatsiya davrida gullagandan so„ng Danadim, 40% em.k. (3,0 ga/1), Fufanon, 57% em.k (2,4-3,6 ga/1), Benzofosfat, 30% n.kuk (4,0-5,0 ga/kg), Zolon, 35% em.k (4,0-6,0 ga/1) preparatning biri bilan purkaladi.
Hosil yigishga 5 kun qoiganda - Fufanon, 40 kun qoiganda - Zolon, Danadim, Benzofosfat preparatlari bilan purkash to„xtatiladi.
2. Issiqxona tripsi va qarshi kurash choralari.
(Trialeurodes vaporariorum Westw.) (tengqanotlilar - Homoptera turkumi, aleyrodidlar - Aleyrodidae oilasiga kiradi). Voyaga yetgan hasharotning tanasi sargish, oichami 1-1,5 mm, ikki juft unsimon oqqanotli. Tuxumi ovalsimon, 0,24 mm, dastlabki bosqichda ular och sariq tuslidir. Tuxumi substratga kichik poyachasi bilan yopishadi. Nimfasining oichami 0,8 mm, yapaloq ovalsimon, tukchalar bilan qoplangan. Tuxumdan chiqqan lichinkasi yapaloq, kam harakatchan. Lichinka birinchi yoshda 0,3 mm, dastlabki 15 soat davomida oid yopishadigan qulay joy izlab faol harakat qiladi, keyin oziqlana boshlaydi va harakatsiz boiib, mum qavat bilan qoplanadi. Lichinkaning ikkinchi yoshida tanasi yaltiroqligi sababli uni bargda kuzatish qiyin, oichami 0,4 mm.
Lichinka uchinchi yoshida, ancha xiralashadi, oichami 0,52 mm, to„rtinchi yoshida nimfaga aylanadi, oichami 0,75-80 mm. Hasharot asosan bargning yoritilmaydigan ostki qismida oziqlanadi. Ulaming voyaga yetgan zotlari 2-3 kun ichida jinsiy qo„shiIadi.
Oqqanotning urg„ochi zotlari 20-28 kun yashaydi va 150-300 donadan tuxum qo„yadi.
0„simlikni. asosan, lichinkalar zararlaydi, qolaversa, “yopishqoq modda” ajratib o„simlik barg va mevalarini ifloslaydi. Shirada saprofit zamburugiar rivojlanadi, barg va mevalarning ustki qora qurum bilan qoplanadi. 0„simlikning fotosintez jarayoni sustlashadi. Yil davomida 9- 10 nasi beradi. Ochiq sharoitda ham tarqalib, ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasi vakillari oilasi o„simliklarini kuchli zararlaydi.
Issiqxona oqqanoti g„o„za, pomidor, bodring, baqlajon, loviya, kungaboqar, tamaki va boshqa ko„pgina ekinlarga zarar yetkazadi. Nimfalik fazasida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |