Mustaqil ish mavzusi: Farmatsevtik xodimlarni dorixona xaridorlari bilan munosabatlari


Download 124.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.03.2023
Hajmi124.2 Kb.
#1287842
Bog'liq
12-mustaqil ish



Mustaqil ish mavzusi: Farmatsevtik xodimlarni dorixona
xaridorlari bilan munosabatlari.
Kasb-hunarlar orasida tibbiyot xodimi, farmatsevt kasbi eng
nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir
ustida ishlaydilar. Binobarin, bu ikki tomon nutq madaniyati yoki nutq
odobi bir-biriga chambarchas bog‘langanligini ko‘ramiz. Bilvosita biz
odob tushunchasining mohiyatini eslaylik. Odob jamiyatda, kishilar bilan
muomilada o‘zini tuta bilish; axloq tarbiya va uning normalaridir. Biz
ko‘zda tutgan nutq tabiiyki, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta, tibbiyot
ilmi bilan ham bog‘liqdir. Odob tushunchasi esa axloq, tarbiya, uning
normalari bilan izohlanadi. Shu ma'noda, yuqorida keltirilgan fikrlar
tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek,
farmaеsevt, shifokor va bemorlar orasidagi turli munosabatlarni namoyon
yetuvchi muhim tushunchalardir. Ularning zamirida esa tibbiyot
deontologiyasi mujassamligini ko‘ramiz. Albatta, tibbiyot deontologiyasi
– tibbiyot xodimlarining burchi, odobi haqidagi fan bo‘lib, shifokorlar,
farmatsevtlar uchun ma'naviy va mafkuraviy dastur amalidir. Yana shu
o‘rinda takidlash muhimki, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiy
majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va
korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini
takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
yil 7 dekabrdagi 5590-sonli «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash
tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini
amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 5-bandi ijrosini ta'minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019
yilning 17 iyulida 161-sonli buyrug‘iga asosan, «Tibbiyot xodimlarining
odob-axloq kodeksi» tasdiqlandi.


Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur «Odob-axloq Kodeksi» (keyingi o‘rinlarda
«Kodeks» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
yil 7 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini
tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
PF-5590-son Farmoni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, kasbiy odob-
axloqning umumiy tamoyillari va O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
shaklidan qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot muassasalari
xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ushbu Kodeksga rioya qilish barcha tibbiyot muassasalarining
rahbarlari, xodimlari va jamoa a'zolari uchun majburiydir.
1. Tibbiyot xodimining Kodeksga rioya etishi uning kasbiy
faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri
hisoblanadi.
2-bob. Maqsad va vazifalar
1. Ushbu Kodeksning maqsadi tibbiyot xodimlari tomonidan
huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish. ular sodir etilishining sabab
va shart-sharoitlarini bartaraf etish, tibbiyot muassasasi rahbar va
hodimlarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga,
fuqoralarning huquq va erkinliklariga qat'iy rioya qilishini mutaxassislar
ruhiga singdirishni ta'minlash.
2. Ushbu
Kodeksning
asosiy
vazifalari
O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik shaklidan qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan
barcha tibbiyot muassasalari xodimlarining Kodeksga rioya etishlari
orqali kasbiy faoliyatini hamda xizmatdagi xulq-atvorini baholash,
shuningdek, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va
oila oldida o‘z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi


siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor,
zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida
namoyon etgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni uyg‘oq
mutaxassislarni tarbiyalashdan iborat.
3. Kodeks O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik shaklidan
qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot muassasalari (tibbiyot
davolash-profilaktika, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari hamda
korxonalar) xodimlarining tibbiy deontologiya hamda kasb etikasini
mukammal egallab, unga sidqidildan amal qilishini ko‘zda tutadi.
3-bob. Tibbiyot xodimlarining xizmatdagi xulq atvorining asosiy
tamoyillari va qoidalari
Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi
1. Tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi tamoyillar
asosida amalga oshiradi:
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi;
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramanda bo‘la
olishi;
profilaktika chora-tadbirlarining ustuvorligi;
sog‘ligini yo‘qotgan taqdirda fuqoralarning ijtimoiy himoya
qilinishi.
1. Tibbiyot xodimlari quyidagilarga majbur:
xizmat vazifalarini bajarishda mazkur Kodeks tamoyillari va
talablariga qat'iy rioya etish;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;


yuqori turuvchi davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning
o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror (topshiriq)larini o‘z vaqtida
va sifatli bajarish;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar
yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning
ta'siridan mustaqil bo‘lish, fuqoralarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l
qo‘ymaslik;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi biror-bir
shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan
xatti-harakatlarga barham berish;
normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarda belgilangan ichki
qoidalarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini lavozim vakolatlari
doirasida og‘ishmay bajarish;
o‘z hizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi
mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek, o‘z obro‘siga
yoki muassasaning nufuziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
xizmat mavqeidan davlat organlari, ularning mansabdor
shaxslari, shuningdek fuqoralar faoliyatiga noqonuniy ta'sir ko‘rsatish
uchun foydalanmaslik;
davlat organida xabarlar va xizmat axborotlarini taqdim
qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish.
1. Siyosiy va iqtisodiy jihatdan manfaatdorlik, shuningdek,
shaxsiy vajlar va boshqa sub'ektiv sabablar tibbiyot xodimlarining qonun
hujjatlari talablari va Odob-axloq Kodeksini buzishi uchu n asos bo‘la
olmaydi.


1. Tibbiyot xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi
munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy va
yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlanadi.
2. Tibbiyot xodimlari korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi
va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.
Tibbiyot xodimlari biror-bir shaxslarning ularni huquqbuzarlik
sodir etishga og‘dirish maqsadida qilgan murojaatlari tug‘risida,
shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan sodir etilgan
huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma'lum bo‘lgan har qanday holatlari
haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor
qilishi shart.
Tibbiyot muassasasi rahbari shaxslarning qonunchilik buzilishi
faktlari to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoki professional
faoliyat yuzasidan qilgan tanqidi yoxud bildirgan fikri uchun ishdan
bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta'qib qilinishiga yo‘l
qo‘yilmasligini ta'minlashi kerak.
1. Rahbar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan muassasada:
Xodimlarga yuqori professionalizm va adolatda o‘rnak bo‘lishi;
Xodimlarni samarali boshqarishi;
Jamoada ijobiy ma'naviy-psixologik muhitni shakllanishiga
ko‘maklashishi;
Xodimlardan ularning vakolati doirasidan tashqari topshiriqlarni
bajarishni talab qilmasligi;
Qonunga xilof xatti-xarakatlarni sodir etilishining oldini olishi;
Kadrlarni qorindoshchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy
sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l
qo‘ymasligi;
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishi va ularni tartibga solish
yuzasidan tezkor choralar ko‘rishi;


Korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;
O‘ziga ishonib topshirilgan mulk va moliyaviy mablag‘larga
nisbatan oqilona munosabatta bo‘lishi hamda ulardan maqsadli ravishda
foydalanishi shart.
Rahbar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan muassasada xodimlarning
xulq-atvor qoidalarini buzishga olib kelgan xatti-harakatlari uchun javob
beradi.
1. Tibbiyot xodimlari boshqa davlat tashkilotlari xodimlari
bilan xizmat doirasidagi o‘zaro samarali hamkorlikka erishish uchun
o‘zlarining namunali xulq-atvori va mehnatsevarligini namoyon etishi
kerak.
Tibbiyot xodimlari xushmuomala, odobli, e'tiborli, fuqoralar va
hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi
shart.
Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatida ularga bevosita murojaat
qilgan har bir fuqoraga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, ularning sha'ni va
qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
Tibbiyot xodimlarining tashqi ko‘rinishi umum qabul qilingan
ish uslubiga mos kelishi kerak.
4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi
1. Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga
sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari
kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi tibbiyot xodimlarining shaxsiy
manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz
bajarishiga ta'sir ko‘rsatadigan yoki ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
holatlarda paydo bo‘ladi.
Tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan
o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek, ularga yaqin yoki


ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har
qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda tibbiyot
xodimlari o‘z rahbarini darhol xabardor qilishlari kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotni
olgan rahbar ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan chora
ko‘rishi shart.
1. Tibbiyot xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini yuqori
professional darajada bajarishlari, bemorlarga zarar yetkazishi mumkin
bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi, shuningdek, lavozimni suiste'mol
qilmasligi kerak.
Tibbiyot xodimlari har qanday holatda o‘z mavqei va vakolati
doirasidan tashqari bo‘lgan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.
5-bob. Tibbiyot xodimi va jamiyat
1. Inson salomatligini muhofaza qilish va uning shaxsiyati,
qadr-qimmati, insoniy fazilatlarini hurmat qilish tibbiyot xodimining
vazifasi hisoblanadi. Tibbiyot xodimi faoliyati yuqori darajadagi odob-
axloq va deontologik qoidalarga asoslanadi. Bu talablar bemor vafotidan
so‘ng ham o‘zgarmay qolishi lozim.
2. Bemorning jinsi, yoshi, irqi, dini, millati va ijtimoiy kelib
chiqishi, moddiy ta'minlangani, siyosiy qarashlari, jamiyatdagi obro‘-
e'tiboridan qat'i nazar tibbiyot xodimi diagnostika va davolash
amaliyotlarining barchasini vijdonan bajarishi shart.
3. Tibbiyot xodimi bemorlarga sifatli, samarali va xafsiz tibbiy
yordam ko‘rsatishi shart. U o‘z faoliyati davomida diagnostika va
davolash usullarining afzalliklari, kamchiliklari, oqibatlarini hisobga
olishi lozim. Agar tibbiyot muassasasida zaruriy sharoit yoki resurs
bo‘lmasa, tibbiyot xodimi bemorni munosib tibbiyot muassasasiga
yo‘naltirishi kerak.


4. Tibbiyot xodimi zarurat tug‘ilganda tibbiyot muassasasidan
tashqarida bemorga yoki jarohatlangan og‘ir holatdagi insonlarga tibbiy
yordam ko‘rsatishi lozim.
5. Tibbiyot xodimi har qanday sharoitda, jismoniy va yuridik
shaxslar tomonidan bosim o‘tkazilganda ham qonunga, axloqiy
qoidalarga zid ravishda harakat qilishni rad etishi va kasbiy burch
tamoyillariga sodiq qolishi lozim.
6. Tekshirilayotgan yoki davolanayotgan jazo muddatini
o‘tayotgan yoki jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan bemorlarning
jismoniy va psixologik holatiga har qanday holatda (bevosita yoki
bilvosita) tajovuzkorona ta'sir o‘tkazish taqiqlanadi. Agarda tibbiyot
xodimi jazo muddatini o‘tayotganlarning axloq-tuzatish muassasalarida
qiynoqqa solinganligi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha'ni va
qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi taziyqqa duchor etilganini
sezsa, bu holat to‘g‘risida o‘z rahbariga va tegishli davlat organlariga
xabar berishi lozim.
7. Fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, uning
sog‘ligining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis xususidagi hamda uni
tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma'lumotlar tibbiyot
xodimi sirini tashkil etadi. Tibbiyot xodimi siri hisoblangan
ma'lumotlardan o‘qish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil
vazifalarni bajarish paytida xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning bu
ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor
qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (22-bandda belgilangan holatlar bundan
mustasno).
8. Tibbiyot xodimi siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaro yoki
uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga ahvoli og‘irligi sababli o‘z
xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash
maqsadida, yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish


xavfi tahdid solganida, tergov yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati
bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so‘rovi
bo‘yicha, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan (O‘zbekiston
Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi «Bola huquqlari kafolatlari
to‘g‘risida»gi
139-sonli
Qonuniga
asosan)
shaxsga
yordam
ko‘rsatilyotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish
uchun, fuqaroning sog‘lig’iga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz
tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud
bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi.
9. Har bir tibbiyot xodimi o‘zining tibbiyot sohasidagi
ko‘nikma va bilimlarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga,
malakasini hamda professionallik darajasini oshirishiga ko‘mak
beradigan tadbirlarda muntazam qatnashishi kerak.
10. Tibbiyot xodimi kasbiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan barcha
kodeks, qonun va qonun osti hujjatlari bilan tanishib chiqishi va ularga
amal qilishi, mavjud barcha standartlar, protokollar va klinik
tavsiyalardan xabardor bo‘lishi hamda professionallik darajasi va klinik
vaziyatdan kelib chiqqan holda qo‘llashi zarur.
1. Tibbiyot xodimi ommaviy axborot vositalari, internet
tarmoqlari (internet-sahifalar, internet-gazeta va jurnallar, forumlar va
boshqalar) orqali sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishi lozim. Tibbiyot
xodimlari ommaviy axborot vositalaridagi harakatlari va bergan
maslahatlari uchun fuqarolar va tibbiyot jamiyati oldida to‘liq javobgar
hisoblanadilar.
2. Tibbiyot xodimlarining o‘zaro, farmatsevtlar hamda boshqa
jismoniy va yuridik shaxslar bilan barcha ko‘rinishdagi noqonuniy
kelishuvlar tuzishi va korrupsion munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.
3. Tibbiyot xodimiga noto‘g‘ri va noaniq xulosa berish,
shuningdek, firibgarlikning barcha turlari qat'iyan taqiqlanadi.


4. Tibbiyot xodimining bemorlar shaxsiy va oilaviy hayotiga
asossiz aralashishga haqi yo‘q.
5. Zamonaviy davolash va diagnostik usullarni keng qo‘llash
tobora rivojlanib borayotgan jarayonlarda har bir tibbiyot xodimi
bemorlar uchun eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlashi lozim.
6. Dori vositalarining nojo‘ya ta'siri va asoratlari aniqlanganda
tibbiyot xodimi bu haqida davolash-profilaktika muassasasi rahbariga va
vakolatli davlat organlariga xabar berishi zarur.
7. Fuqarolarning hayoti va sog‘ligini ta'minlash maqsadida
tibbiyot xodimi yashirin tarzda profilaktika va davolash usullari hamda
vositalarini qo‘llashi, targ‘ib etishi mumkin emas.
8. Tibbiyot xodimi kasallik tarixi, hisobatlar, tibbiy va boshqa
hujjat shakllarini to‘ldirishda beg‘araz va haqqoniy bo‘lishi lozim.
9. Mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta'minot, ma'muriy va jinoiy
javobgarlik va boshqa sohalarda tibbiyot xodimlari o‘z huquqlarini tibbiy
professional nodavlat tashkilotlar hamkorligida himoya qilishi mumkin.
10. Tibbiyot xodimi o‘z kasbiga hurmatni susaytiradigan va
tibbiyot xodimi shaniga dog‘ tushiradigan harakatlardan o‘zini tiyishi
lozim.
6-bob. Tibbiyot xodimi va bemor munosabatlari
1. Tibbiyot xodimi davolash va tashxis qo‘yish jarayonini
tashkil qilishda, shu jumladan, dori-darmon bilan ta'minlashni o‘zi va
tibbiy muassasaning manfaatini ustun qo‘ymagan holda yuqori sifatli
tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim.
2. Tibbiyot xodimi bemorning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat
qilishi hamda davolashda uning shaxsiyatining barcha xususiyatlarini
hisobga olishi, bemorni o‘z sog‘ligiga g‘amho‘rlik qilishga undashi lozim.
3. Agar bemorning sog‘ligi yoki unga tibbiy yordam ko‘rsatish
bilan bog‘liq bo‘lgan manfaatlari boshqa shaxslarning manfaatlariga zid


bo‘lsa, u bemorning o‘ziga yoki atrofdagilarga bevosita shikast
yetkazmaydigan bo‘lsa tibbiyot xodimi bemorning manfaatlarini ko‘zlab
harakat qilishi kerak. Agar bemor boshqa tibbiyot xodimi ko‘rigida
davolanishni davom ettirishni istasa, tibbiyot xodimi uning tanlash
huquqini hurmat qilishi lozim.
4. Tibbiyot
xodimi
bemorning
tibbiy
bilimlarining
yetishmasligi, kasallikdan qo‘rqishi, ishonuvchanligini suist'emol
qilmasligi va o‘zining professional mahoratidan moddiy manfaatdor
bo‘lish maqsadida foydalanmasligi kerak.
5. Tibbiyot xodimi bilan bemor o‘rtasidagi munosabatlar
o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralik tamoyillariga asoslanishi kerak.
Tibbiyot xodimi maqbul usulda bemorni uning sog‘ligi holati,
kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash
usullari va bu usullar bilan bog‘liq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning
ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan
davolashning natijalari haqida xabardor qilishi lozim.
Tibbiyot xodimi bemorning olgan ma'lumotdan qoniqqanligiga
ishonch hosil qilishi va zarurat tug‘ilganida qo‘shimcha tavsiyalar,
ma'lumotlar va axborotlar berishdan qochmasligi kerak.
1. Tibbiyot xodimi davolashning innovatsion, zamonaviy
usullari va texnologiyalarini bilgan holda, klinik samaradorlik va shaxsiy
tajribasini qo‘llab tibbiy yordam ko‘rsatishi zarur.
Kasbiy qiyinchiliklarga duch kelganda tibbiyot xodimi
hamkasblariga yordam so‘rab murojaat qilishi, unga murojaat qilgan
hamkasblariga yordam berishi lozim.
1. Fuqaroning o‘z kasaliga doir ma'lumotlarni bilgan holda o‘z
ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Fuqaroning ahvoli o‘z hohish-irodasini izhor etishga imkon
bermaydigan, tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal


qiladi, basharti konsiliumga yig‘ilishning iloji bo‘lmagan taqdirda esa,
keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini
xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal
etadi.
1. Tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoshlarining
iltimosiga ko‘ra bemorga evtanaziya qo‘llash, shu jumladan, o‘limni har
qanday vositalar yoki harakatlar (harakatsizlik) bilan sun'iy tezlashtirishi
qat'iyan taqiqlanadi.
7-bob. Tibbiyot xodimi va bemorning qarindoshlari
1. Tibbiyot xodimi bemor qarindoshlarining sha'ni va qadr-
qimmatini hurmat qilishi va ularning ruhiy xolatini inobatga olgan holda
muloqatda bo‘lishi, bemorning sog‘ligiga g‘amxo‘rlik qilishga undashi,
ularning shaxsiy hayoti ma'lumotlarining sir saqlanishiga bo‘lgan
huquqini hurmat qilishi lozim.
2. Agar bemorning jismoniy yoki ruhiy holati ishonchli
munosabatlar qurishga yo‘l qo‘ymasa, tegishli munosabatlar bemorning
yaqin qarindoshlari bilan o‘rnatilishi kerak.
Fuqaroning sog‘ligi haqidagi ma'lumotni uning o‘ziga, o‘n to‘rt
yoshga to‘lmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sog‘ligi to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika
muassasasining davolovchi shifokori, bo‘lim mudiri yoki tekshirish va
davloshda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.
Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu
haqida fuqaroga, basharti uning o‘zi oila a'zolariga xabar qilishni
taqiqlamagan va (yoki) bunday ma'lumot berilishi uchun biror shaxsni
tayinlamagan bo‘lsa, bemorning oila a'zolariga tibbiy odob-axloq
me'yorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.


1. Voyaga yetmagan yoki birovning qaramog‘ida bo‘lgan
bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiyot xodimi (shoshilinch va
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar bundan mustasno) bolaning ota-onasi
yoki uning qonuniy vakilining roziligini olishi kerak.
2. Tibbiyot xodimi bolaning yaqinlari uning sog‘ligidagi
muammoni yetarli darajada tushunmayapti yoki unga lozim darajada
g‘amxo‘rlik qilmayapti deb hisoblasa, har qanday qonuniy yo‘l bilan
bolaning huquqlarini himoya qilishi kerak.
8-bob. Tibbiyot xodimi va tibbiy jamiyat
1. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatning sharafi va ezgu
an'analarini himoya qilishi zarur. Tibbiyot xodimlari bir-biriga kasb
etikasi doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, o‘z bilim, ko‘nikma
hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz ulashishga tayyor bo‘lishi kerak.
2. Tibbiyot xodimi o‘z ustozlariga, minnatdorchilik bilan
munosabatda bo‘lishi va hurmat saqlashi lozim.
3. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatni mustahkamlashda,
professional jamoat tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etishda,
hamkasblarining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishda o‘ziga bog‘liq
bo‘lgan barcha imkoniyatlarini ishga solishi kerak. Tibbiyot xodimlari
murakkab vaziyatlarda bemor manfaatlarini inobatga olgan holda bir-
biriga yordam berishlari kerak.
4. Tibbiyot xodimining hamkasblariga qaratilgan har
professional e'tirozlari bemorning manfaatlarini himoya qilish uchun
yo‘naltirilgan, oqilona va asosli bo‘lishi lozim.
5. Bir nechta tibbiyot xodimi diagnostika va davolash
jarayonida ishtirok etayotganda, olingan natijalar to‘g‘risida bir-birlarini
xabardor qilishlari lozim.


6. Tibbiyot xodimlari aholi sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek,
tibbiy yordam ko‘rsatish bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar va boshqa kasb
vakillarini hurmat qilishlari lozim.
9-bob. Tibbiyot xodimi va ilmiy-tadqiqot ishlari, bioetika
1. Tibbiyot xodimi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi bemor
yoki jamiyat salomatligi va xavfsizligiga zarar yetkazmasligi kerak.
Fan va jamiyat manfaatlari inson manfaatlaridan ustun turmaydi.
1. Insonni ob'ekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot
o‘tkazishga faqat laboratoriya tajribalari o‘tkazilganidan va fuqaroning
yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sog‘liqni saqlash tizim
muassasalarida yo‘l qo‘yiladi. Insonni biologik-tibbiy tadqiqotlarda
qatnashishga majburlash mumkin emas.
2. Biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga fuqarodan rozilik
olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo‘shimcha oqibatlari,
ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan
natijalariga oid ma'lumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan
bosqichida undan qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
3. Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o‘tmagan
profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini targ‘ib
qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek
javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Tibbiy amaliyotda yangi tibbiy
texnologiyalar va usullar, innovatsiyalar, tibbiy va immunobiologik dori
vositalari faqatgina mavjud qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
10-bob. Yakuniy qoidalar
1. Tibbiyot muassasasi rahbar va xodimlari tomonidan ushbu
«Kodeks»ning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.


2. Tibbiyot xodimi tomonidan mazkur Odob-axloq kodeksiga
rioya etilishi attestasiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga
tayinlash uchun kadrlar zahirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
3. Maxsus tarkibiy bo‘linma ushbu Kodeks qoidalari
buzilishining oldini olish yuzasidan choralar ko‘radi va ularga rioya
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Odob-axloq qo‘mitasining maqsadi, vazifa va funksiyalari,
huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etish tartibi davlat
organi tomonidan tasdiqlanadigan Odob-axloq Qo‘mitasi to‘g‘risidagi
nizomda belgilanadi.

Download 124.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling