220- A guruh Abdulaziz Qobilov Mustaqil ish mavzusi: Surunkali gepatitlar . Xolesterinlarda yog`lar hazmlanishining buzilishi (Streatoreya) Reja : 1. Surunkali gepatit va uning belgilari 2. Xolisterinlarda yog` hazm bo`lishini buzilishi ya`ni streatoreya kasalligi 3. Kasailklarning oldini olish yo`llari Surunkali gepatit- jigarni yallig‘lanishi bilan belgilanib, uning ishini buzilishi bilan, to‘qima va hujayralarni baravariga shikastlanishi bilan, distrofik zararlanishi bilan, pariyetal yo‘lining gistio-limfotsitlar hujayralar bilan qoplanishi hamda bu yerda oz miqdorda qo‘shimcha hujayralar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Surunkali gepatit kelib chiqish sabablari Surunkali gepatit kelib chiqish sabablari Surunkali gepatit rivojlanishida asosiy sabab oldinroq sariq kasali (Botkin kasali) bilan og‘rigan bo‘lishdir, ayniqsa bu yuqumli kasallikning og‘ir formasi bo‘lsa. Bundan tashqari spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, ko‘p miqdorda iste’mol qilish, har xil zararli moddalar ta’siri natijasida ham ushbu kasallik kelib chiqadi. Oshqozon , ichak, o‘t pufagi va oshqozon osti bezining surunkali kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin. Surunkali gepatit patogenezi Kasallikning rivojlanishida organizm himoya kuchini kamayishi, viruslarning qon orqali jigarga kelib, uning ishining buzilishi davom etishi, o‘tning yig‘ilib qolishi asosiy ahamiyatga egadir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra jigarda qon yig‘ilib, jigar hujayralarining buzilishiga olib keladi. Bulardan tashqari gumoral, immun va autoimmun hodisalarning ahamiyati ham kattadir. Surunkali gepatitni davolash Kasallikni davolashda 1chi navbatda parhezga ahamiyat berish zarur. Bundan yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r, nordon narsalar ta’qiqlanadi. Bemorlar sut, qatiq, yog‘siz qaymoq, shirin ho‘l mevalar, suvda pishirilgan go‘sht, mastava, qaynatma sho‘rva, shovla kabilarni iste’mol qilishlari lozim. Kasallik bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq o‘rnida yotib, kamroq harakat qilishi lozim. Dorilardan avvalo og‘riqni qoldiradigan (no-shpa, papaverin kabilar), jigar ishini yaxshilaydigan (essensial, karsil, vitagepat, glyukoza), har xil vitaminlar beriladi. Bemorlar ahvoli yengillashgach, fizioterapevtik usullar qo‘llaniladi. Kasalxonadan chiqgach ularga yengil ishlar bilan shug‘ullanish maslahat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |