Mustaqil ish mavzusi: Trening. Reja: 1
Ishtirokchilar yoshi, jinsi
Download 26.45 Kb.
|
Trening mustaqil ish.2.
Ishtirokchilar yoshi, jinsi.
Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng (masalan, 7 ta ayol 6 ta erkak yoki 6 ta ayol 8 ta erkak) bo‘lishi trening guruhlarida ijobiy muhit yaratilishiga olib kelishi tajribalarda isbotlangan. Chunki qaysidir jins vakili ko‘proq va qaysisidir kam bo‘lishi guruhning o‘zaro erkin munosabatda bo‘lishiga va ular orasida ishonch muhitining vujudga kelishiga xalaqit berishi mumkin. Bundan tashqari guruhda erkaklar sonining ko‘p (masalan, 10ta erkak 5ta ayol) bo‘lishi olib borilayotgan bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo‘lishiga, aksincha holat (masalan, 12 ta ayol 4-5 ta erkak) esa ayollarga xos fikrlarning ustunlik qilishiga olib kelish ehtimolini oshiradi. Natijada trenerning kutilgan natijaga erishishi qiyinlashadi va trening samarasi pasayish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Trening ishtirokchilarining yoshi borasida ham mutaxassislar orasida tortishuvlar mavjud. Aksariyat holatlarda trening ishtirokchilarining yoshi iloji boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Lekin o‘tkaziladigan trening mashg‘ulotining maqsadiga va hal etiladigan muammolariga qarab turli xil yoshdagi ishtirokchilarni taklif etish ham foydadan holi bo‘lmaydi (masalan, qaynona-kelin, ota-ona va farzand, pedagog va o‘quvchi nizolari). Amerikalik mutaxassis Lekinning fikricha, guruhdagi yosh va boshqa jihatdan farqlar o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘lishi mumkin, masalan, “keksa bir ishtirokchi qolganlar uchun “qariya” degan unvon bilan “taqdirlanishi”, qora tanli ishtirokchi esa oq tanlilar uchun kuzatish ob’ektiga aylanishi mumkin (Lakin 1972). Bu misol bizning mentalitetimizga xos bo‘lmasada, lekin bizda ham guruh ishtirokchilaridan ma’lum bir farqi bilan keskin ajralib turadigan kishilarni guruhga taklif etmaslik maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, alohida qayd etish lozim, 50-55 yoshdan kattalar uchun trening mashg‘ulotlari juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo‘lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin. Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling