Gurux a’zolari soni.
Trening jarayonida guruh a’zolari soni 8-10 kishidan 19-20 nafargacha bo‘lishi ma’qul variant hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, eng ideal, ya’ni trener uchun ishlash yengil va yuqori samaraga erishish mumkin bo‘lgan guruh 13-15 kishidan iborat bo‘lgan guruhdir. Buni shunday izohlash mumkinki, ishtirokchilar ko‘p bo‘lgan guruhlarda quyidagi istalmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkin: vaqt ko‘p ketishi, zerikishning paydo bo‘lishi, o‘zaro ishonch muhitining tarkib topishi qiyinlashuvi, samimiylikning susayishi kabilar. Aksincha guruh a’zolarining soni (12 kishidan) kam bo‘lgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari ehtimoli mavjud. 13-15 kishilik guruhda esa guruh a’zolari va trener bir-birlarini tezroq tushunishi va ularning ahillashishlari oson kechganligi kuzatilgan. Ayrim hollarda, ayniqsa o‘quv-treninglarda tavsiya etilgan songa nisbatan ko‘proq ishtirokchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga ham to‘g‘ri kelib qoladi.
Agar guruhda ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilarni bir nechta guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi, ammo bunda ko‘p vaqt talab etiladi va ishtirokchilarning diqqati bo‘linadi. Shuning uchun aynan psixologik treninglar uchun bunday holatda mashg‘ulot o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki bu nafaqat kutilgan natijaga erishishga halaqit beradi, balki ishtirokchilarning noroziligiga ham olib kelishi mumkin. Bu esa trenerning statusiga putur yetkazadi.
3-rejani bajarish: Treninglarningda qo’llaniladigan o’yin turlari haqida ma’lumot berish.
O’yin turlari :
Rolli o’yinlar nima va kim tomonidan joriy etilgan?
|
Treningda tanishuvli o’yinlar nima maqsadda qo’llaniladi ?
|
Trening jarayonida qo‘llaniladigan rolli o‘yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o‘yinlar hisoblanadi. Ularning trening jarayonidagi maqsadi - shaxslararo munosabatlar harakterini anglatish va bu munosabatlarni yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Rolli o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar o‘zlari yoki boshqalar ijro etgan rollar asosida xulosa chiqarish, tajriba to‘plash, uni anglash va kundalik hayotga tadbiq etishi juda muhim natijadir. Bundan tashqari rolli o‘yinlarning ishtirokchilar erishadigan natijalariga ko‘ra quyidagi o‘ziga xosligi mavjud:
1. Ishtirokchilarga o‘zining yashirin his va hissiyotlarini bildirish, namoyon qilishga yordam beradi.
2. Ishtirokchilarga o‘zining shaxsiy muammolarini muhokama qilish imkonini beradi.
3. Ishtirokchilarga atrofdagilarning his-tuyg‘ularini chuqur his qilish va ularning motivasiyalarini tushunish imkonini beradi.
4. Xulq-atvorning turli xil shakllarini mashq qilib ko‘rish imkonini beradi.
5. Ishtirokchilarning ustanovkalarini o‘zgartirishga sabab bo‘lishi mumkin.
6. O‘zining his-tuyg‘ularini nazorat qilishga o‘rgatadi.
7. Rolli o‘yinlar: ishtirokchilarning ustanovkalari va his-tuyg‘ulari bilan ishlashning eng pozitiv va xavfsiz usuldir. Rolli o‘yinlar ishtirokchilarning ustanovka va his-tuyg‘ularini namoyon qilishida pozitiv va xavfsiz holat yaratadi.
Pozitivligi – muhokama va tahlil qilishning qonuniy predmeti sifatida tan olinganligi bo‘lsa, xavfsizligi – ishtirokchining shaxsiy xulq-atvori emas, balki o‘yin jarayoni namoyon etgan xulq-atvori tahlil qilinadi. Trener tomonidan o‘yin jarayonida ishtirokchilarning hech qachon salbiy jihatlariga urg‘u berilmasligining ta’kidlanishi ham bunga imkon beradi.
|
O‘yinlar o‘z maqsadiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Trening jarayonida o‘tkaziladigan o‘yinlarni ularning maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Tanishuv
Tana (taktil) to‘siqlarini bartaraf qiluvchi o‘yinlar
Guruhning kayfiyatini ko‘taruvchi o‘yinlar
Kuzatish va eshitish o‘yinlari
Ishonch muhitini hosil qiluvchi o‘yinlar
Ahillashtiruvchi
Sinchkovlikni oshiruvchi
Diqqatni jamlovchi.
har bir guruh bilan olib boriladigan mashg‘ulot, qanday maqsadda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, guruh a’zolari bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlari uchun ishtirokchilarning tanishishuvidan boshlanadi. Bu qismni o‘yin orqali tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Tanishuv o‘yinlarii — guruhning barcha a’zolari o‘zlarini har jihatdan qulay, dadil tutishlari, shuningdek, o‘zaro ishonch hosil qilishlari uchun birinchi va eng muhim qadam hisoblanadi. Ishtirokchilar bir-birlariga notanish bo‘lgan guruhlarda guruh a’zolari birbirlari bilan muloqоtga kirishishlari oson bo‘lishi va bir-birlarining ismlarini eslab qolishlari uchun yordam beruvchi o‘yin o‘tkazish lozim. Bu borada keng tarqalgan va katta samara beruvchi o‘yinlardan biri — "Qor uyumi" shaklidagi o‘yinlardir. Ayniqsa, "Qor uyumi" шаклида ishtirokchilar faqat ismlarinigina aytish bilan kifoyalanib qolmasdan, тренингни 2-3-4 кунларида o‘zining holati, kayfiyati va hatto harakterini ham ifodalay olishiga imkon beruvchi шаклда танишув o‘yinlarининг o‘tkazilishi treningda juda yaxshi samara beradi. Bunday o‘yinlarga “Ismlar fazilatlar”, “Men hech qachon ... maganman”, “Mening kayfiyatim”, “Holatimning rangi” kabi o‘yinlarni kiritish mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |