Mustaqil ish mavzusi: Trening. Reja: 1


Download 26.45 Kb.
bet2/4
Sana15.03.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1270444
1   2   3   4
Bog'liq
Trening mustaqil ish.2.

2-chi rejani bajarish: Trening o’tkazishga qo’yiladigan talablar haqida nimalar bilasiz ?
Xona.
Trening o‘tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan (ajratilgan) bo‘lishi shart, ya’ni begona shaxslar ularni bezovta qilmasligi va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak. Chunki trening mashg‘ulotlari hissiyotlarga boy jarayon hisoblanib, aynan bunday holatda kimningdir oddiygina eshikni ochib qarashi ham trener yoki ishtirokchilarni bu hissiyotdan chiqarib yuborishi, ular diqqatining bo‘linishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari guruhdagi doimiy bahs-munozaralar, o‘yin va mashqlar natijasi bo‘lgan shovqin atrofdagilarga xalaqit bermasligi kerak. Bunday sharoitlarni yaratish albatta, har bir trenerning imkon darajasidan kelib chiqadi.
Shuning uchun bunday xonaga ega bo‘lmagan holatlarda trening o‘tkazish mumkin emas, degan xulosaga kelish noto‘g‘ri. Oddiy jihozlanmagan xonada ham guruh a’zolarini doira shaklida joylashtirilgan stullar qo‘yib yoki yerga gilam solingan holda o‘tirib ham trening mashg‘ulotlarini olib borilishi mumkin bo‘ladi. Trening jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning doira shaklida o‘tirishiga qaratilishi kerak. Doira shaklida o‘tirishning afzalligi shundaki, hamma ishtirokchilar bir-birining borligini his qiladi va bir-birini ko‘rib turishiga imkon yaratiladi. Bu esa ishtirokchilarda bir-biriga bo‘lgan e’tiborning ortishi bilan birga mashg‘ulotlarga diqqat bilan munosabatda bo‘lish hissini, shuningdek o‘zaro ishonch, o‘zaro qiziqish kabi muhim holatlarni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, doira shaklida o‘tirish boshlovchi va ishtirokchilar orasida ham tenglik bo‘lishiga olib keladi va ularning o‘zaro erkin muloqotda bo‘lishlariga imkon beradi. Ayniqsa, o‘smirlar guruhi bilan ishlaganda, ular qarshisida o‘qituvchi emas, o‘zlari bilan bir qatorda o‘tirgan trenerning bo‘lishi o‘smirlarda haqiqiy tenglikni his etishga yordam beradi. Bu orqali guruh a’zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini ta’minlovchi psixologik muhit (iqlim) yaratiladi.
Xorijda ba’zi trening xonalari oddiy gilamlar to‘shalgan va ishtirokchilar gilamlarning ustida o‘tirgan holda mashg‘ulotlar tashkil etiladigan holatlar ham bo‘ladi. Lekin bizning mintalitetimizda bunday holda trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish ayrim noqulayliklarni (ayniqsa qarama-qarshi jins vakillaridan tashkil topgan guruhlarda) keltirib chiqarishi mumkin.
Vaqt.
Trening mashg‘ulotlarining davomiyligi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Haftasiga 4-5 kun, bir kunda 8 soatdan mashg‘ulot o‘tiladi (orada 30 yoki 60 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradigan trening mashg‘uloti hisoblanadi.
2. Haftasiga 2-3 kun, bir kunda 4-5 soat mashg‘ulot o‘tiladi. O‘rtacha samarali natija beradi.
3. Haftasiga 1 kun, 3-4 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bunday davomiylikda tashkil etilgan trening mashg‘ulotlari kamroq samara berishi kutiladi.

Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling